Mavzu: XX asrning boshlarida turkiston. Birinchi rus inqilobining turkistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga
Download 284.63 Kb. Pdf ko'rish
|
7 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Document Outline
Samarqand: bu quzgolon ilk bor Xujand shahrida yuzaga kelgan edi. 4 iyul
kuni xalq ommasi politsiya idorasiga tuplanib mardikorlikka olishni darhol to‘xtatishni qat’iy ravishda talab qildi. Ma’muriyat vakillarining olomonni tinchitishga qaratilgan harakatlari natija bermay baqiriq-chaqiriqlar davom etabergan. Politsiya xizmatchilari olomonni tarqatishga harakat qilganda qarshilik ko‘rsatildi va toshlar otildi. Sungra olomon bir guruh askarlarni qurshab miltiqni tortib olishga harakat qildilar. Hatto, olomon tomonidan uq otilgan. Bunga javoban soldatlar ularni o‘qqa tutdilar, natijada qo‘zg‘olonchilardan ikki kishi o‘ldirib, bir kishi jarohatlandi.2 Shundan keyin olomon darhol tarqaldi. Ammo soldatlarning qurolsiz aholiga hujumi va kishilarning o‘ldirilishi sabr kosasi to‘lib-toshgan xalqni qo‘rqita olmadi. 1916 yil 5 iyudsa olomon Sieb, Mahallin, Ahrorxo‘ja va Angor volostlarida «biz mardikorlikka bormaymiz», «biz ochmiz» va shunga uxshash so‘zlar bilan quzg‘olon ko‘tardilar. Ular uchta qishloq oqsoqollarini uldirmoqchi ekanliklarini shovqinsuron bilan izhor etdilar. Uezd boshlig‘i o‘sha oqsoqollarni ishdan bo‘shatganidan keyin olomon tinchidi.3 5 iyulda Urgutda ikki ming kishilik olo mon ma’muriyat idorasiga bostirib kirib, mardikorlik ruyxatini yuq qilib tashladilar. Shuningdek, ayrim ellikboshilar, kotiblar va oqsoqollar kaltaklandi. Olomonni talabi ostida volost oqsoqoli Mulla Azim Qobilboev ishdan olindi.1 Quzg‘olon birin-ketin bir-birlariga ulanib ketaberdi. 7 iyulda Dahbit qishlog‘ida juda katta xalq olomoni Mulla Usmon Abdurasulov boshchiligidagi volost oqsoqoli Haydar Qosimjonov va kotibi Saidmurod Mirza Qobilovlardan mardikorlik ruyxatini talab qildilar. Ruyxat berilmagandan keyin kotib dupposlandi va uldirildi. Haydar Qosimjonov esa olomondan otilgan uq orqasida oegidan jarohatlanadi va qochishga ulgurdi. Quzg‘olonni tashkil qilishda Gaday Abduqodirov, Xolmumin Xolmurodov, Azizqul Murodov va Muxtor Hafizov singari ellikboshilar ham faol qatnashdilar.2 Viloyatda xalq harakatlari tobora qizib bordi. Shuning uchun Samarqand viloyatining harbiy gubernatori S. Lnkoshin uz boshlig‘iga yuborgan axborotida «Aholini kup joylarda ixtieriy ravishda mardikorlikka borishlariga umid oz, safarbarlikni harbiy kuch bilan amalga oshirishga tug‘ri keladi» — deb yezgan edi.3 Shuningdek u ayrim joylarda bozorlarda volost boshliqlari qishloq oqsoqollari va kotiblarini olomon tomonidan kaltaklash hollari yuz berganligini ta’kiddab utdi. Olomon mahalliy «ma’muriyat vakillarini haddan tashqari rus hokimiyatiga berilishlaridan» norozi bulgan. Quzg‘olon ayniqsa Jizzax shahrida va uezdda qizg‘in tus oldi. Abdurahmon Abdujabborov, Nazirxuja, Mulla Mahamat Raim, Sharifboyvachcha Xudoyberdiev, Bobobek Abdujabborov va boshqalar qo‘zg‘olonga boshchilik qildilar. Ular mardikorlikka Toshkentda va Samarqandda qanday munosabatda bulinaetganligini bilish uchun u yerlarga o‘z odamlarini jo‘natganlar. Masalan Nazirxo‘ja Toshkentga, Qosimxo‘ja Asatullaev esa Samarqandga yuborildi.2 12 iyulda Nazirxo‘ja Toshkentdan qaytib u yerda xalq mardikorlikka qarshi qo‘zg‘olon ko‘targanligi haqidagi xabarni tarqatdi. Bu xalqni ruhlantirib vaziyatni yanada keskinlaiggirdi. Natijada 13 iyulda Jizzax shahrida Nazirxo‘ja boshliq xalq olomoni oqsoqol Mirzaer Xudoerovni do‘pposlab o‘ldirdi. Bundan xabar topgan uezd boshlig‘i Rukin katta oqsoqol Xidir Yo‘ldoshev va mirshab Komil Soyibboev bilan birgalikda rus shaharchasidan eski shaharga zudlik bilan yo‘lga chiqdi. Ularni orqasidan soldatlar komandasi ham otlandi. Rukin o‘z xayrixohlari bilan eski shaharga yaqinlashganda qo‘zg‘olonchilarga duch keldi. Olomondagilar qahrg‘azab bilan Rukinga, politsiya pristavi Zotoglovga, tarjimon Zokirjonovga va mirshab Komiljonga hujum qildilar va hammasini o‘ldirdilar. Manbalarda yezilishicha «olomon taeqlar, ba’zilari esa qilichlar bilan qurollangan bo‘lib miltiqlari bo‘lmagan. 40— 50 metrli masofada olomon bilan harbiy komanda yuzma-yuz turgan. Ularga tarqalish haqida gapirilganda ko‘nmay soldatlar tomon bosib kelaberganlar va taeqlari bilan urmoqchi bo‘lganlar. Shu onda soldatlar olomonga qarata o‘q uzdilar. Ammo, bunga yul berilmagandan keyin ular qochdilar. Soldatlar quzg‘olonchilarni rus shaharchasiga quymaslik uchun orqaga yurib yo‘lni tusib turdi. Hamda u yerdagi ruslarga cherkovga kirib mudofaada turishlari haqida xabar yuborildi. Ayniqsa rus shaharidagi miltiq va patronlarni saqlash buyurildi. U yerda Avstriya asirlari ham yashardi. Baribir olomon soldatlar bilan to‘qnashdi. Natijada tub aholidan 2 kishi o‘ldirildi» .1 Shu kuni Kavkazga poezdda ketaetgan 100 soldatlardan iborat komanda Jizzahda qoldirilganligi va qurollantirilganligi ma’lum bo‘ldi. Ular praporvdik Grigorev boshchiligida eski shaharga yaqinlashganda yulda uezd boshlig‘i Rukinni, tarjimonni, mirshabni, politsiya pristavini, murdalarni ko‘rganlar. Ular shu darajada kaltaklanib jarohatlanganlarki, tanishni iloji bo‘lmagan. Faqat kiyimlaridan kimligi aniqlangan. Usha 13 iyulda qo‘zg‘olonchilar Jizzax-Milyutin, Jizzax-Lomakin temir yullarini, telegraf aloqalarni buzib tashladilar. Ko‘prik va Jizzax stansiyasidagi neft ombori yendirildi.2 Qo‘zg‘olonchilar Jizzax va Obruchev stansiya oralig‘idagi ko‘priklarni yendirib telefon simlarini uzganlar.3 Jizzax shahrida qo‘zg‘olon bostirilgandan keyin xalq g‘alaenlari butun uezdni qoplab oldi. Ayniqsa Bogdan, Sanzar va Zomin volostlari qo‘zg‘olonning markaziga aylandilar. Jizzaxdagi mag‘lubiyatidan keyin qo‘zg‘olonchilarni talay qismi Bogdan volostidagi Kursk qishlog‘iga borib o‘rnashdilar. Bu yerda ular Abdurahmon Jevachi boshchiligidagi qo‘zgolonchilarga qo‘shildilar. Bu vaqtda quzg‘olon shu darajada keng quloch yeygan ediki, u Forish, Fistalitau, Ko‘ktepa va Ota-Qo‘ryun volostlarini ham qamrab olgan edi. Abdurahmon Jevachini harakati bilan qirg‘izlar ham qo‘zgolonga qo‘shildilar/ 18 iyulga kelib Sintob volostiga qarashli Majrum, Forish volostining Sarimsoq va Saforota singari qishloqlaridagi tojiklar, Sauryuk aholisi Narvandagi urug‘lari Abdurahmon Jevachini atrofiga jipslashdilar, hamda shu zahotibq Jizzax shahriga yurish masalasi muhokama qilindi».' Bu vaqtda turli volostlarning bir guruh nufuzli kishilari Abdurahmon Jevachiga qo‘shilgan edi. Masalan, Zulfuqor Yuldashev, Janqobil Rahmonqulov, Sattorxo‘ja, Qalandarxo‘ja, Navtaxo‘ja, Ismoyil Allaev, Ibrohim Allaev, Mulla Olloberdiev, Daurinbay Mirzaboev, Umar Imomov, Umar Abdusayidov, Qobil Kattabeklev, Sattor Ishmatov, Musa Tog‘aev va boshqalarni kursatish mumkin. Abdurahmon Jevachi Jizzax shahridagi nufuzli odamlarni ham uz atrofiga jipslashtirdi. U o‘zining ukasi Bobobek Abdujabborovni Jizzax shahriga yuborgan. Bu kishi bilan shahar vakillari sifatida Eshon Nazir xo‘ja, Imom Mulla, Mahamad Rahim, Sharifboyvachcha Xudoyberdiev va boshqa kishilar kelib Abdurahmon Jevachiga qo‘shildilar. Mazkur shaxslar qatnashuvida Abdurahmon Jevachini xonadonida o‘tkazilgan kengashda Jizzax shahriga hujum qilish uzil-kesil hal etildi.2 Samarqand viloyatining harbiy gubernatorining ta’rificha «tus-tupolonlar kuchayib bordi. Goh u goh bu yerda to‘qnashuvlar va uldirishlar sodir bo‘laberdi. Mahalliy hokimiyatning tushuntirish va tinchlantirishga qaratilgan harakatlari foyda bermadi. Pirovardida, ular chor hukumatiga qarshi qo‘zgolonlarga aylandi.3 Abdurahmon Jevachi Bogdan volostining hokimi Mavlon Mahmudrizaevni o‘limga hukm qildi, lekin u qochishga ulgurdi. Uni tomoniga oqsoqollardan (starshinalardan) Kursk jamoasining oqsoqoli Zulfiqor Yo‘ldoshev, Asmonsoy qishlogining oqsoqoli Janqobil Rahmonqulov, Sarimsoq Sattor Xo‘ja, Qalandarxo‘ja va Katgaxo‘jalar o‘tgan. Bundan tashqari Bogdan volostidan: Ismoil Allaev, Ibrohim Allaev, Mulla Alloberdiboev, Aurunboy Mirzaboev, Sindar Davronboev, Umar Imomov, Umar Abdusayidov, Qobil Kattabekov, Qunoqboy Kaymurodov, Yamg‘irchi Qodirov, Saggor Eshmatov, Musa Tog‘aev, Saunboy Eshmatov, Davron Fozilov, Ergash Abdusattorov, Umar Rizaqulov, Jo‘ra Sulaymonov, Baxtiboy Sulaymonov, Mulla Shaymon, Hamroqul Murod Sufiev; Ilon chomdan: Jura Abdug‘afurov, Jaynoq Abdurasulov; Safar Otadan: Mulla Vaks Iskandarov; Mullachinni Yuldashev, Janadil Jabborov, Kattabek Turov, ellikboshi Ishman, Haydar Nazarov; Sintab volostidan: Xujaniez Shirbaev, Mulla Kamolitdin, Mahamat Yusupov, Egambaev, Hikmatilla Sunnatilabaev, Rajabboki Abdunabiev, Nurtay Yorboev va Turush Umarov singari kishilar qo‘zgolon targ‘ibotchilari hisoblangan» .1 Viloyatning Zomin volosti qo‘zgolonining yirik uchoqlarining biri sifatida namoen bo‘ldi. Karimqul Arziqulov boshchiligida Yam volostiga qarashli Qirq qishloq aholisi Kunbek va Narcha ismli ikki ellikboshini uldirdilar. Bu vaqtda usha volostdagi Oqtoshda oqsoqol jarohatlantirildi. Turdibek Xudoynazarov rahbarligidagi qo‘zg‘olonchilar oqsoqol Mulla Mahkam Mulla Roziqulovni o‘ldirdilar. O‘sha kuni Zomin bo‘lim pristavi Sobolev soqchilar Protsenko va Sarevich bilan usha joylarga voqeani tekshirish uchun bordilar. Bu yerda 7 kishini hibsga olib Zomin volost boshlig‘i Mulla Fozilov bilan Zominga ketaetganda orqasidan xalq olomoni quvlab kelaberdi. Zomin qishlog‘iga yaqinlashganda Qosimxuja qo‘l ostidagi olomon ularga qo‘shilishib pristav Sobolevga hujum qildilar. Natijada volost oqsoqoli Mulla Fozilov o‘ldirildi, Sobolev va soqchilar qochishga ulgurdilar. Bu kishilar Zomin qishlogini bozorida joylashgan bolxonaga o‘rnashib oldilar. Eshon Qosimxujani buyrug‘i bilan ularga qarshi uq otildi va Sobolev uldirildi. Ikki soqchi esa qochdilar. Shundan keyin ertasiga 14 iyulda Zominni bosh maschitida bir kunlik ro‘zani bekor qilishib katta ziefat berdi va uzini «Zominbek» deb quzgolonchilarga e’lon qildi. 16 iyulda olomon Abdurahmon Jevachi boshchiligida Bogdan bulim pristavi Barilloni uyini va idorasini ostin-ustun qilib mol-mulkini taladilar. Eshik va oynalarini sindirdilar, hujjatlarni yendirdilar. Bu ishlarni amalga oshirishda uni uzi bilan birga ug‘illari Norbek va Doston, Matlab Kunyakboev, Saurin Hasanbaev, Tuli Musabaev, Mullabobo Murod, Chalabaev Mulla, Qubay Turanboev, Tursunboy Suyundikov va Ergash Rizaqulov degan kimsalar faol qatnashdilar. Olomonda Yamchin, Oqbuloq, Uchming va boshqa joylardan kelgan kishilar bor edi. 1 Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra 16 iyulga kelib buzilgan temiryullar va telegraf aloqalari tuzatilgan. Ammo bu vaqtda Bogdan va boshqa volostlarning xalq olomoni Jizzaxning eski shaharini egallab tuzatilgan temiryullarini va kupriklarini yana buza boshlaganlar.2 Biroq 19 iyulda polkovnik Ivanov boshchiligidagi harbiy qism qo‘zgolonchilarga hujum qilib shaharni egalladilar. Qo‘zg‘olonchilar shahar atrofidagi qishloqlarga chekindilar. Shundan keyin rus harbiy qismi Zomin tomon yurib Zomin-Ravot-Jizzax yo‘lini egalladi.3 Shundan keyin soldatlar bilan qo‘zg‘olonchilar o‘rtasida bir necha bor to‘qnashuvlar bo‘ldi. Bu vaqtlarda Sanzar volostida ham qo‘zg‘olon keng quloch yeydi. Bu yerda Sanzar qozisi To‘raqul Turadbekov va uning ukasi Ishonqul qo‘zg‘olonni uyushtirishda jonbozlik ko‘rsatdilar. Xonlik davrida ularni tog‘asi Sanzar beki lavozimida ishlagan edi. Otasi esa Qoraulbek mansabini o‘tagan. Shu bois To‘raqul Turadbekovlar oilasi jamoa orasida «katta obro‘ga va hurmatga sazovor bo‘lgan» kishilar hisoblangan.4 13 iyul kuni kechqurun Jizzax shahridagi qo‘zg‘olon ta’sirida Sanzardagi bir guruh nufuzli kishilar To‘raqul Turadbekov boshchiligida maslahatlashib xalqni bosh ko‘tarishga da’vat etishdi. Shu ravishda quzg‘olon yuzaga kelib Turaqul Turadbekov, Ishonqul Juraboev, Muhammad Uratov, aka-ukalar Husainovlar va boshqalarning rahbarligida 14 kishidan iborat statistika bo‘yicha ishlovchi kishilar uldirildi. Bu vaqtda Sanzar volostining boshlig‘i qochib ketgan, lekin Kaltay qishlog‘ida ushlandi va o‘ldirildi. Qo‘zg‘olonchilar Ku-jar, Terakli degan joylarda ham dushmanlardan o‘ch oldilar. 18—19 iyulda Vodopyanov boshchiligidagi harbiy qism Rabot qishlog‘i tomon yurdi. Bundan xabar topgan qo‘zgolonchilar usha tomonga yo‘l oldilar va Zomin olomoni bilan birlashdilar. Ular 12 kishilik rus razvedkachilariga hujum qildilar. Natijada dushman Lomakin stansiyasigacha chekinishga majbur bo‘ldi. Bu yerdan ular o‘z harbiy qismlariga borib qo‘shildilar. Shundan keyin qo‘zg‘olonchilarga qarshi 20 tadan iborat soldatlar kelib jang qildilar. Bunda qo‘zg‘olonchilar mardonavor kurashib dushmanni xavf ostida qoldirdilar. Shuning uchun Rabotga yetib kelgan podpolkovnik Vodopyanov qo‘zg‘olonchilarga qarata to‘plardan o‘q otdirdi. Qo‘zg‘olonchilar to‘p o‘qlaridan qo‘rqmasdan, 21 iyul kuni ertalab soldatlarga qarshi yana hujum qildilar. Faqatgina to‘plardan surunkasiga o‘klarni yegdirilishi orqasida bardosh bera olmagan qo‘zg‘olonchilar tarqalishga majbur bo‘ldilar. 1 Xullas, 25 iyulda Bogdan, Sanzar va Zomindagi qo‘zgolon shafqatsizlarcha bostirildi. 18 iyulda Kattaqo‘rgon uezdiga qarashli «Mingariq volostida 2000 kishilik olomon volost boshlig‘iga hujum qilib uni jarohatlantirdi. Kechqurun u yerga podpolkovnik Shirakov soldatlar bilan keldi. Qo‘zgolonchilar ularga o‘q otganlar. Kattaqo‘rgon garnizoni to‘rt pulemet va ikki to‘p bilan kuchaytirish lozimligini boshliqlardan so‘ralgan» .2 19 iyulda Mingtepa volostini chegarasidagi Akchurachasi va Gadoytopmas qishloqlarida to‘plangan 1500 kishilik olomon praporshik Vladimirov boshliq harbiy qismga hujum qildi va o‘qlar otdi. Ammo soldatlar qo‘zg‘olonchilarga qarshi javob hujumini uyushtirib, ularni Juma va Oqtepa qishloqlarigacha quvib bordi. Olomondan bir kishi halok buldi va uning qatnashchilari tarqatib yuborildi.1 20 iyulda Kattaqo‘rg‘on shahar aholisi mardikorlikka qarshi chiqib tus-tupolon ko‘tardi. Bunday ogir vaziyatdan qurqqan ellikboshilar va oqsoqollar mardikorlikka safar etiladigan kishilarning ro‘yxatini tuzishdan bosh tortdilar. Shuning uchun ular (9 kishi) rus harbiy ma’muriyati tomonidan hibsga olindi. Bu holat shahar aholisining qahr-gazabini quzg‘atib, ochiqdanyuchiq qo‘zgolon ko‘tarilishiga olib keldi. Ko‘p sonli olomon eski shahar ko‘chasi buylab rus shaharchasi tomon yurdilar. Praporshik Steblyuk soldatlarni jangovar holatga keltirib qo‘zg‘olonchilarning yo‘lini to‘sdi. Biroq olomon bostirib kelaberdi. Taxminan, 30—40 masofa qolganda soldatlar ularga qarata uqlarni yeg‘dirdilar. Shunga qaramay, boshqa tarafdan ham ikkinchi olomon tudasi bosib kelaberdi. Ammo qo‘zg‘olonchilar dushmanning o‘q yemg‘irlariga bardosh berolmay qochdilar. Quzg‘olonchilardan 5 kishi o‘ldirildi va bir necha odamlar jarohatlandi. Quzg‘olonlarning birin-ketin mag‘lubiyatga uchrashiga qaramay xalq ommasi bosh ko‘tarishdan qaytmadi. Chunonchi, 19 iyulda Mingariq volostining Jumabozor qishloq aholisi maschitda nomoz paytida qo‘zg‘olon ko‘tarib volost boshlig‘i Usmon Qoraboevni o‘ldirish payiga tushdilar. U kishi qochib ketgandan keyin olomon uning Oqchurachasi qishlog‘idagi uyini va idorasini buzib tashladilar.2 Bu voqeada Botir, Abduraimmergan, Abduqodir Xo‘ja, Safar xuja, Usta Muhammadali va Ikrom Mulla Donaliev va boshqa kishilar jonbozlik ko‘rsatganlar. Qo‘zg‘olonchilar taeqlar, qilichlar, ov miltig‘i va tupponcha bilan Qurollangan edilar.3 Bu qo‘zg‘olon ham tarqab ketgan edi. Mahalla volostidagi Oqmasjidsa qo‘zgolon ko‘tarilib volost boshlig‘i va qozisini o‘ldirishga harakat qildilar. Samarqand viloyatdagi qo‘zg‘olon alangasi Fargona viloyatiga ham katta xavf tug‘dirdi. Chunki mag‘lubiyatga uchratilgan quzg‘olonchilarni talay qismi Fargona vodiysiga o‘tish uchun yo‘lga chiqqanlar. Bu xususda Fargona viloyatining harbiy gubernatori A. I. Gippusning harbiy vazirlikka yuborgan axborotida shunday deyilgan: «Qo‘qonga kelganimda qo‘shni Samarqand viloyatining Jizzax, Zomin va Shahristondan odamlarni Fargona viloyatining tog‘lik joylariga kelganliklari haqidagi xabarni oldim. Ular bu joylardagi aholini qarshilik ko‘rsatishlariga chaqirmoqda. Bu bosqinchilar yaxshi kayfiyatdagi Fargona viloyatining aholisini talashi va bularni ham qochishga olib kelishi mumkin... Qurolsiz bo‘lsalarda aellarni va bolalarni ham qamaymiz va Qo‘qonga jo‘natamiz, qarshilik qilganlarga nisbatan qurol ishlatamiz. Ayni bir vaqtda soldatlarni eng katga yo‘llarga joylapggirib bosqinchilarni katta Samarqand viloyatiga jo‘natishni rejalashtirdik».' Xullas, Samarqand viloyatidagi 1916 yilgi qo‘zgolon shu darajada keng quloch yezib qizg‘in tus oldiki u deyarli barcha volostlarni qamrab oldi. Chunonchi, Turkiston general-gubernatori tomonidan Jizzax uezdida sodir bo‘lgan qo‘zgolonlarni o‘rganish hamda aybdorlarni mol-mulkini musodara qilish bo‘yicha tuzilgan maxsus komissiyaning ma’lumotiga ko‘ra quyidagi shahar va volostlarni qo‘zgolon qamrab olgan edi: 1. Jizzax shahri 12. 2. Uzbek volosti 13. 3. Rabat volosti 14. 4. Zomin volosti 15. 5. Qoratosh volosti 16. 6 . Sanzar volosti 17. 7. Sauryuk volosti 18. 8 . Bogdan volosti 19. 9. Forish volosti 20. 10. Yangiqo‘rg‘on volosti 21. 1 1 . Ko‘ktepa volosti 2 2 . 1 Qo‘rgontepa volosti Sintab volosti Yam volosti Fistalitauek volosti Usmat-qatortol volosti Chashmab volosti Xo‘ja Muqur volosti Ota Qo‘rg‘on volosti Qizilqum volosti Chordora volosti Norut volosti. Document Outline
Download 284.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling