H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Eng yuksak naflilik nazariyasining evolyutsiyasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
10.6. Eng yuksak naflilik nazariyasining evolyutsiyasi. Neoklassik sintez nazariyasi. XIX asrning 70-80yillarida naflilik nazariyasining paydo bo‘lishi va rivojlanishi marjinalist inqilobining birinchi bosqichiga taalluqlidir. Marjinalist inqilobining ikkinchi bosqichi XIX asirning 90yillaridan boshlandi. Bu bosqichda marjinalizmning izchil ta’limotiga aylantirgan neoklassik iqtisodiy nazariya, deb ataluvchi nazariya shakllanadi. O‘ta naflilik nazariyasi neoklassik iqtisodiy tahlil nomini olgan ta’limotning poydevorinigina yaratadi. Butun ta’limot qurilishini tugatish uchun naflilikni ijtimoiy xarajatlari bilan birlashtirish natijalari va sarflarini solishtirish umumiy nazariyasini barpo etish zarur edi. Faqat mana shu narsani barpo etgandan so‘nggina, yangi nazariyani hamma tan oldi va iqtisodiy nazariyada yangi, deb ataluvchi ikkinchi klassik vaziyat vujudga keldi (birinchisi, deganda A.Smit va D.Rikardolar davridagi vaziyat nazarda tutiladi). Yangi klassik vaziyatni barpo etishga A.Marshall, J.Klark, K.Vikselllar eng ko‘p hissa qo‘shdilar. Neoklassik tahlil metodologiyasi funksional nazariyada «absolyut» kategoriyalarga o‘rin yo‘q, degan qoidaga asoslanardi. Unda faqat «nisbiy», 237 o‘zaro bog‘liq va inson tomonidan belgilanadigan – ishlab chiqaruvchi va iste’molchi tomonidan kategoriyalargina qolishi kerak. O‘ta naflilik nazariyasi qiymat bu tovarga immonent xos bo‘lgan narsa, degan g‘oyadan voz kechib, yangi paradigmalarga asos soldi. Ammo uning asoschilari yangi binoning faqat poydevoridagina to‘xtadilar. Ular yangi qoidani butun xo‘jalik tizimi tahlili uchun yoymasdan, uni faqatgina individual iqtisodiy tanlovgagina qo‘lladilar. Neoklassik tahlil vakillari bu qoidani iqtisodiy fanning barcha sohalari uchun qayd etdilar. A.Marshall ayniqsa, qimmatli g‘oyalarni kiritdi. A.Marshall «kembridj» maktabining asoschisi bo‘lib, u so‘nggi mahsulotlar va ishlab chiqarish omillarini bir vaqtning o‘zida baholash muammosini yechdi. Uning mashhur naflilik va xarajatlarni qaychining ikki tig‘iga o‘xshatmasi esa, quyidagicha ma’noga ega: bir bo‘lak qog‘ozni qaychining ustki yoki ostki tig‘i kesishi to‘g‘risida munozara qilishga asos bulmaganidek, qiymatning naflilik yoki ishlab chiqarish sarflari bilan tartibga solinishi ustida ham munozara yuritishga asos yo‘q. Uning g‘oyasi har ikki qiymatni ham o‘zaro va bir vaqtning o‘zida belgilash uslubidan foydalanish zaruratidan iboratdir. Talab va taklif muvozanat nuqtasi va unga muvofiq qiymat va narx naflilik va xarajatlar teng huquqli va mustaqil kuchlar sifatida o‘zaro harakat qilganda belgilanadi. XX asrning eng yuksak naflilik nazariyalarida alohida iste’molchini tanlash nazariyasi asoslari ishlab chiqarishda e’tibor qilinadi. Tanlash muammosi avvalo, eng yuksak naflilik kategoriyasini tushunish va o‘lchash bilan bog‘liqdir. Iste’molchi talabining dinamikasi va tizimini ham alohida tovarlar bo‘yicha, birikkan holda amaliy o‘rganish imkonini beradigan iqtisodiy matematik modellar ishlab chiqilgan. Bu elemetlarning muhim jihati sifatida narxlar bo‘yicha talabning elastiklik koeffitsiyentlari (unga kesishgan elastiklik koeffitsiyenti ham kiradi) va talabning daromadga qarab elastikligi ham ishlatiladi. Ushbu modellardan bozordagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot olishda, uning hajmidagi o‘zgarishlarni baholashda (bu o‘zgarishlar narxlar va boshqa omillarning o‘zgarishi bilan bog‘liq) foydalaniladi. Barcha iqtisodiy agentlarning xatti-harakatiga ta’sir qiladigan yangi narxsiz omil sifatida axborot belgilangan. K.Errou (AQSh) Nobel mukofotini olayotgan vaqtda o‘qigan «Axborot va iqtisodiy xatti-harakati» nomli ma’ruzasida iqtisodiy agentlar xatti-harakati va bozor muvozanatiga tavakkallik va noaniqlik omillarning ta’siri ustida to‘xtaldi. Shaxs va firmalar iqtisodiy xatti-harakatini belgilovchi asosiy omil sifatida narxning oshishi, shaxs va firmalar mana shu narx asosida naflilik va foydani maksimallashtirishga qarama-qarshi o‘laroq axborot sifatidagi narxsiz omillar ham kiritiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling