H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Raqobatchilik. Yuqorida qayd etilgan savolga javob shuki, bozor 
tizimida kapitalistik shaxsiyatparstlikka qarama-qarshi kuchli raqobatchilik 
mavjuddir. U ishlab chiqaruvchilarning iste’molchilar talabi musobaqasida 
turadi, u o‘z navbatida ularning daromadlari bilan hamma vaqt qattiq 
cheklangandir.
Ishlab chiqaruvchilarning tijorat manfaatlari ularni sifatsiz mahsulotlarni 
ishlab chiqarishga, narx-navoni oshirishga va boshqalarni tushuntirishga 
qobiliyatli, ammo raqobatchilik ularni iste’molchilar uchun foydali faoliyat 
yo‘nalishlarini qidirishga majburlaydi, demak, jamiyat uchun ham. 
O‘zbekistonda hozircha faqat asta-sekinlik bilan bo‘lsa ham raqobatchilik 
muhitini shakllantirish jarayonlari ketmoqda.
Jamiyatda raqobatchilik mexanizimning harakatiga birinchi bo‘lib A.Smit 
o‘zining (1776 y.) «Xalqlar boyligining sabablari va tabiati to‘g‘risida 
tadqiqot» kitobida e’tibor bergan, bozorning «ko‘rinmas qo‘l», deb nomlangan 
prinsipini shakllantirgan. Ishlab chiqaruvchi o‘zining foydasini ko‘zlaydi, 
ammo bunga yo‘l kimning iste’molini qondirish orqali yotadi. Agar 
iste’molchiga sizning molingiz (tovaringiz) yoqmasa, agar siz iste’molchining 
ko‘nglini topmasangiz, siz kerakli tushumni, daromadni ololmaysiz. Natijada, 
ishlab chiqaruvchilarning barchasi «ko‘rinmas qo‘l» ning qandaydir harakati 


247 
tufayli faol, samarali va ixtiyoriy ravishda jamiyatning barcha manfaatini 
amalga oshiradi, shu bilan birga, ko‘pincha bu to‘g‘risida o‘ylamasdan, faqat 
o‘zining manfaatini ko‘zlaydi.
Bozor va narx-navo mexanizmi o‘z-o‘zini tartibga solish sifatida 
Bozor iqtisodiyotining barcha ko‘rib chiqilgan o‘ziga xos xususiyatlari 
bozorda ro‘y beradi. Bozor – bu xaridorlar va sotuvchilarni hmda tovar va 
xizmatlarning oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish uchun birlashtiradigan 
jamiyat institutidir. Bozorning roli uning vazifalarida yuzaga keladi. Birinchi 
vazifasi – axborotga oid, qo‘zg‘atuvchanlik. Axborot bozorga tovarlarning 
narx-navo tanqisligi va ortiqchaligi to‘g‘risida axborot beradi. Ushbu 
munosabatda bozor iqtisodiyotini tartibga soluvchi aniq mexanizm sifatida 
yuzaga chiqadi. Agar bozorda tovarlar sotilmasdan ko‘paytirilib yuborilsa
narx-navo pasayib ketsa, bu albatta, barcha bozor sub’ektlari uchun xabar 
bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchilarga bunday tovarlarni ishlab chiqarish foydasiz 
bo‘lib, ular taklifni qisqartiradi. Xaridorlar uchun aksincha, narx-navoning 
pasayishi xarid qilishni kengaytiradi. Shunday qilib, tovarlarning ortiqchaligi 
asta-sekin kamaytiriladi. 
Bozorning ikkinchi vazifasi – taqsimotchi­nazoratchi yoki tartibga 
soluvchilikdir. Aynan bozorda ishlab chiqarish jarayonlarining pirovard 
natijasi paydo bo‘ladi: iste’molchilar uchun faqat mantiqiy ma’qul bo‘ladigan 
narxdagi tovarlar sotiladi.
Tovarga bo‘lgan talab, uning xarakteriga bog‘liq, demak, pirovard 
natijada uning narxiga ham. Yaxshi, muvaffaqiyatli mahsulotni ishlab 
chiqarish foydali, bu o‘z navbatida uning ko‘payishiga olib keladi. Shunday 
qilib, bozor mexanizmlari yordamida iqtisodiyotda bunday tovarlar foydasiga 
resurslar qayta taqsimlanadi va shu bilan birga, tovar ishlab chiqarishda bozor 
talabiga chidam bermaydigan tovarlar ishlab chiqarilmaydi.
Bozorning uchinchi vazifasi – integrallashmoq yoki birlashtiruvchilikdir. 
Aynan bozor ishlab chiqaruvchilarni va iste’molchilarni birgalikda bog‘laydi 
va har xil mahsulotlarni ishlab chiqarishga jalb etadi. Natijada, bu iqtisodiyotni 
bir butunlikda bilashtiradigan markaz bo‘lib qoladi.

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling