H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Iqtisodiy erkinlik. Xususiy mulkchilik iqtisodiy erkinlikni ikki asosiy 
yo‘nalishlari bo‘yicha ro‘y berishini oldindan belgilab beradi:
•Erkin tadbirkorlik. 
• Erkin iste’molchi tanlovini. 
Iqtisodiy erkinlikning amalga oshirilishi ham tadbirkorlik bilan, ham 
iste’molchilik bilan shaxsiy manfaatning ustunligini taxmin etadi. Erkin 
tadbirkorlik faoliyati deganda, yalpi ishlab chiqarishni tashkillashtirishga qaror 
qiladi. Nima, qancha miqdorda, qanday texnologiya yordamida ishlab 
chiqarish kabi savollarini hal etish uning suveren huquqidir. Albatta, mutlaqo 
erkinlik bo‘lmaydi, uning doirasi qonun bilan va uning davlat himoyasida 
turganligi bilan ifoda etiladi.
Tadbirkorlik erkinligi uzoqqa tarqalishi bilan birga, ya’ni tadbirkor 
(jismoniy va huquqiy shaxs) u nafaqat daromad olib kelmaydigan, balki 
korxonalarning harob bo‘lishiga ham olib kelishi mumkin bo‘lgan noto‘g‘ri 
qarorlarni qabul qilish huquqiga ham ega.
Bozor mexanizmlari normal ishlashi uchun iste’molchi tanlovi 
erkinligining ham naqdligi zarurdir. Bu deganimiz, iste’molchi o‘z ixtiyoriga 
o‘zining talabini o‘z qo‘lida tutmog‘i lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida hech 
qanday «eng yuqori» darajada tushunish (ziyonli, foydali, ilmiy asoslangan­ 
asoslanmagan va boshqalar) iste’molchini aniq tanlovga majburlashi mumkin 
emas, garchan albatta, qandaydir me’yorda unga ta’sir ko‘rsatishga qobiliyatli. 
Shu ma’noda iste’molchiing qabul qilgan qarorining suvereniteti to‘g‘risida 
gapirish mumkin, buni uning o‘zidan boshqa hech kim yo‘q qila olmaydi. 
Shuning uchun iste’molchining qaroriga barcha ishlab chiqaruvchilarning 
moslashmog‘i shart.


246 
Davlat tomonidan iste’molchi suverenitetini qo‘llab-quvvatlash, aynan 
huquqini himoya qilish va aniqlash zarurdir. Bunga, xususan, iste’molchining 
huquqini himoya qilishi, raqobatchilikda insofsizlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaslik 
haqida O‘zbekistonda ishlab chiqilgan va harakatdagi qonun xizmat qilmoqda.
Davlatning o‘zi, talon yoki ta’minot varaqasida (kartochkada) qandaydir 
iste’mol normasini belgilab kiritishi iste’molchining suverenitetiga suiqasd 
qilishi shart emas. Bunday vaziyatlar faqat urush vaqtida, tabiiy halokat yoki 
noiqtisodiy tabiiyotlarning keskin tanqisligi sharoitida ro‘y beradi.
Bozor iqtisodiyotinig kelgusi prinsipi bo‘lib shaxsiy manfaat ustunligi 
hisoblanadi. Shaxsiy naflilikning sababi tanlashning juda ham kuchli manbasi 
bo‘ladi, shuning uchun har qanday tadbirkor o‘ziga nima foydali bo‘lsa faqat 
o‘shani amalga oshiradi.
Jamiyat ham shu bilan qanoatlanadi. Agar birga ular harakati qonunga zid 
bo‘lmasa, unda bozor tizimida u har qanday harakat qilishi mumkin, hatto 
butun iqtisodiyotga ziyon keltirishiga qaramasdan, milliy valyuta kursiga putur 
yetkazishga urinsa ham. Nega bunday shaxsiyatparastlik bilan yondashuvga 
qaramay jamitda tartibsizliklar chiqmaydi?

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling