H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Mehnat bozori. Mehnat bozori barcha ishlovchilar xizmatining, shu 
jumladan, malakasiz va malakali ishchilar, boshqaruvchilar, firma rahbarlari 
xizmatining oldi-satdisidan iborat. Mehnat bozori vazifasi va tashkiliy 
tuzilishiga ko‘ra ish bilan bandlik sohasidagi davlat siyosati tamoyillarini, 
mehnat munosabatlari huquqiy boshqaruvini, kadrlar tayyorlash tizimini, ishga 
yollash tizimini, xodimlarni qayta tayyorlash va qayta ixtisoslashtirish 
tizimini, mehnat birjalarini o‘z ichiga oladi. 
Ana shu bozorning eng muhim mexanizmi mehnat birjasi hisoblanadi, 
turli xil ishchi kuchiga talab va taklif bevosita shu birjada shakllanadi. Mehnat 
birjasida mehnat bozoridagi talab va ehtiyojga doir axborotlar bo‘ladi, mavjud 
ishchi kuchi zahirasi va bo‘sh o‘rinlar qayd etiladi, u jamoat ishlarini tashkil 
etish bilan shug‘ulanadi, ishga joylashish vaqtida maslahatlar bilan yordam 
beradi. Mehnat birjasi -davlat muassasasi bo‘lib, mehnat vazirligiga 
bo‘ysunadi. Ular bilan bir qatorda, ishga joylashishda vositachilik qiluvchi 
pulli xususiy agentliklar, kasaba uyushmalari, diniy va yoshlar tashkilotlari 
huzuridagi ishga joylashtiruvchi vositachi byurolar faoliyat ko‘rsatadi. 
Har qanday boshqa bozorda bo‘lganidek, mehnat bozorida ham talab va 
taklif qonuni amal qiladi, ana shu qonunga muvofiq ishchi kuchiga (mehnatga) 
narx (ish haqi) belgilanadi. Ishlab chiqruvchi kuchlar, ijtimoiy mehnat 
taqsimotining doimiy dinamikasi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar bir 
vaqtning o‘zida ortiqcha ishchi kuchini va uning yetishmovchiligini, ya’ni 
bo‘sh ish o‘rinlari bo‘lgani holda ishsizlarning mavjud bo‘lishini izohlaydi. 
Gap shundaki, ayrim tarmoqar va mintaqalar ishchi kuchi yetishmovchiligini 
his etayotgan bir paytda, boshqa tarmoqlar va mintaqalarda ular keragidan 
ortiqcha bo‘lishi mumkin. Mehnat bozorida ham raqobat mavjud, ana shu 


254 
mexanizm orqali eng layoqatli va tadbirkor xodimlarni saralab olish, malaka 
oshirilishini, bilimlarning yangilanishini rag‘batlantirish amalga oshiriladi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling