H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Qimmatli qog‘ozlar bozori


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Qimmatli qog‘ozlar bozori. Qimmatli kog‘ozlar bozori kapital bozori 
bilan mustahkam bog‘liq, chunki u mavjud kapital – aksiyalar, obligatsiyalar, 
veksellardan iboratdir. Aslini olganda, kapitalning ikkiga - chinakam va soxta 
kapitalga bo‘linishi sodir bo‘lmoqda, ularning har biri o‘zaro bog‘liqligiga 
qaramay, mustaqil harakat, muomala kasb etadi. Chinakam kapital bu - 
korxonaning fondlari (binolar va inshootlar, mashinalar va dastgohlar, xom 
ashyo va materiallar). Soxta kapital chinakam kapitalni qimmatli qog‘ozlarda 
aks ettiradi, ular mustaqil tovar sifatida o‘z yo‘li bilan harakat qiladi, har 
qanday tovar kabi o‘z qiymatiga ega, bu qimmatli qog‘ozlar kursi, deb ataladi. 
Qimmatli qog‘ozlar bozorida qimmatli kog‘ozlar savdosining ikki 
tashkiliy ko‘rinishi mavjud: avvalgi chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar (asosan, 
aksiyalar) 
muomalada 
bo‘lgan 
fond 
birjalari 
va 
aksiya 
hamda 
obligatsiyalarning yangi emissiyalarini (turkumlarini) birlamchi joylashtirish 
amalga oshiriladigan, shuningdek, yirik bo‘lmagan korporatsiyalarning 
avvalgi chiqarilgan aksiya va obligatsiyalari sotiladigan hamda sotib 
olinadigan birjadan tashqari oboroti. Qimmatli qog‘ozlar harakati 
kapitallarning bir ishlab chiqarish va tarmoqqa olinib, yanada ko‘proq foydani 
ko‘zlab, boshqa ( ishlab chiqarish va tarmoqlarga safarbar etilishini, bu demak, 
iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. 
Pul bozori. Pul bozori alohida o‘rin tutadi. Agar odatdagi tovar bozorida 
pul tovarlarni almashish vaqtida vositachilik vazifasini bajarib, tovar narxiing 
o‘lchovi sifatida namoyon bo‘lsa, moliya bozorida pulning o‘zi to‘la huquqli 
tovarga aylanadi, undan foylalanish bahosi bozor qonuniyatlariga muvofiq 
talab va taklif asosida belgilanali. U qarzga berilgan pul uchun olinadigan 
ustama foiz, ya’ni daromad ko‘rinishini qabul qiladi. Pul taklifi, eng avvalo, 
aholining omonatlari, shuningdek, korxona va tashkilotlarning jamg‘armalari 
hisobiga shakllanadi.
Aytish kerakki, pul taklifi pul egalarining ustama foiz olishga intilishi 
bilan izohlanadi. Demak, pul taklifi vaqtincha erkin pul mablag‘larining 
mavjudligi bilan bog‘liq, deb xulosa chiqarish mumkin. Pulga talab xo‘jalik 
agentlarida hamda davlatda u yoki bu xo‘jalik loyihasini va dasturini 
moliyaviy ta’minlash uchun o‘z mablag‘lari yetishmay qolgan hollarda 
vujudga keladi. Shuning uchun pulga talab xo‘jalik agentlarida va davlatda pul 
resurslarinig yetishmovchiligi bilan bog‘liq. 
Shunday qilib, pul bozori shunday bir sohaki, unda ikki arama-qarshi qutb 
birlashadi, ularning manfaatlari muvozanatga keltiriladi. Bir qutbda erkin pul 
resurslari jamlanadi, ikkinchi qutbda esa, pul yetishmovchiligi xis etiladi.
Har ikki tomon kredit bitimga kirishib, o‘z manfaatlarining qondirilishiga 
erishadi: birinchisi pul resurslarini qo‘lga kiritadi, ikkinchisi berilgan qarz 


257 
uchun ustama foiz ko‘rinishida daromad oladi, ana shu ustama foizni ma’lum 
muddatdan so‘ng qarz oluvchilar qaytarishi kerak.
Bozorni boshqa mezonlar bilan ham tasniflash mumkin. Jumladan
mahsulot tarmoqariga ko‘ra (avtomobil, po‘lat, neft, kompyuterlar bozori), 
savdo jihatiga ko‘ra (ulgurji va chakana savdo bozorlari), hududiy 
joylashishiga ko‘ra (mahalliy, mintaqaviy, milliy, jahon bozorlari), raqobat 
xususiyatiga ko‘ra (mukammal va nomukammal bo‘lmagan raqobat). 
Bozorlarning yuqorida ko‘rib chiqilgan turlari kabi bozorlarning mazkur 
ko‘rinishlari ham asta-sekin, iqtisodiyot nazariyasi kursi bilan tanishish 
davomida tahlil qilib beriladi.
Ma’lumki, oxirgi yillarda sivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiga o‘tish 
davridagi ilmiy munozaralarda bizga iqtisodiyotda fan­texnika taraqqiyotining 
samarali rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etishni ishlab chiqish zarurligi 
bo‘yicha juda ham ko‘plab fikrlar bayon etilgan edi. Shunday bo‘lsa ham, 
bunday mexanizmlarni yangidan o‘ylab chiqarish kerak emas edi. Bu juda ham 
ma’lum, sababi tabiiy yo‘l bilan insoniyatning har xil xo‘jalik yuritishida 
paydo bo‘lgan, u o‘zining harakatchanligini va universalligini dalillab bergan 
va hozirgi vaqtda juda ham katta muvaffaqiyat bilan iqtisodiyot amaliyotida 
ko‘pchilik davlatlarda va sayyoramizning xalqlarida foydalanilmoqda.
Endi bozorni unga xos bo‘lgan raqobati to‘g‘risida biz ega oladigan 
bo‘lsak, o‘sha raqobatni, u to‘g‘risida oldindan XIX asrning o‘rtalarida asosiy 
iqtisodchilarning biri: «shunday umumiy munosabatlar borki, unda biz hozirgi 
vaqtda o‘zimizning ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantiramiz», deb yozgan 
edi. Shunday qilib, bu yerda gap aynan FTT ni rag‘batlantirish mexanizmlari 
haqida ketayapti.
Bozor, tovar ishlab chiqarish, raqobat ancha oldin mavjud bo‘lgan, ammo 
yodan chiqarmaslik kerakki, insoniyatning juda katta qismi o‘zining tarixini 
bozorsiz, natural xo‘jalikning podishohligi ostida yashagan. Ma’lum 
bo‘lishicha, bu xo‘jalik modeli resurslar va mehnat ustidan to‘g‘ridan­to‘g‘ri 
buyruqbozlikda jamoa, oilalarning aniq xo‘jalik vazifalari va yaratilgan 
mahsulotlarni tenglashtirilgan taqsimot asosida qurilgan edi. Bu yerda shuni 
esga olish o‘rinli, ya’ni bu o‘zining tenglashtirilganligi bo‘yicha, ya’ni alohida 
shaxslarning tengligi bo‘yicha natural xo‘jalik boylarniki emas, balki 
kambag‘al, faqirlar jamiyatining asosi bo‘lgan edi.
Albatta, 
insoniyatning 
oldingi 
tarixidan 
farqlanishida, 
hozirgi 
sivilizatsiyalashgan jamiyat natural xo‘jalikda emas, balki tovarlashgan, bozor 
xo‘jaligida, ya’ni, bevosita aloqalarida emas, balki bilvosita aloqalar afzalligi 
dunyosida yashamoqda.


258 
Ammo bu degani, ya’ni to‘g‘ridan­to‘g‘ri boshqaruv (bevosita 
«taqsimlanadigan») hozirgi zamon amaliyotidan to‘liq istisno qilingan 
deganmikan? Albatta, yo‘qda. Buning ustiga, tarix jamiyatga o‘zini oqlamagan 
iqtisodiyotdagi asosiy munosabatlarning barchasi alohida olingan davlatlarda 
to‘g‘ridan­to‘g‘ri direktiv aloqalari prinsipida to‘laqonli tovar – pul 
munosabatlari vositasining yordamisiz qurishga urunganligini biladi. Bizning 
oldingi mamlakatimizdagi joylashgan xo‘jalik mexanizmlarimizni bekorga 
«ma’muriy buyruqbozlik», «direktivga oid – byurokratik», «buyruqbozlik 
asosida taqsimlovchi» tizim (ba’zan esa, ayniqsa, izzat­ikrom bilan – 
Ma’muriyatga oid Tizim) deb aytilgan.
Qani endi o‘zimizga shuni aniqlaymiz, ya’ni hozirgi zamon iqtisodiyotida 
ikkala shakli ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilik aloqalari foydalaniladi, 
mavjud va o‘zaro harakatda bevosita (taqsimlanadigan, direktivga oid
majburan o‘rnini to‘ldirishni, ya’ni ekvivalentlik munosabatini) va bilvosita 
(bozorga oid, oldi­sotdi aktlari bilan, ya’ni ekvivalentlik almashuviga 
asoslanadi). Bunga muvofiq ikkala – rejali va bozorli boshlanishning 
birlashuvi kuzatib turiladi. Birinchisi o‘zini avvalambor alohida xo‘jalik 
birliklari ichida ishlab chiqarish jarayonida moddiy resurslarni va mehnatni 
(mikrodaraja), hamda davlatning tartibga solish faoliyatida, shu jumladan
ijtimoiy­iqtisodiy 
dasturlarni 
bajarishda 
(makrodaraja) 
foydalaniladi. 
Ikkinchisi resurslarni va tayyor mahsulotlarni qo‘ldan­qo‘lga berishda 
aktlarning ko‘pchilik qismiga xizmat qiladi, ya’ni jamiyatda iqtisodiy 
aloqalarning asosiy shakllari rolini bajara turib ijtimoiy hayot faoliyatining 
markazida turadi.
Shunday qilib, hamma narsa iqtisodiyotda bevosita va bilvosita shakldagi 
aloqalarni ularning rejali va bozorli boshlanishini birlashtirishdan iborat. 
Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishida rejalisining ustunligi bitta modelni beradi 
(ma’muriy buyruqbozlik tizimi), shunga muvofiq bozorga oid bo‘lgan 
rivojlanishning ustunligi prinsipial ravishda farqlanadigan modelni (bozor 
iqtisodiyoti) beradi.
Bozorning kuchi nimada? Nima uchun hozirgi vaqtda biz ham bozor 
iqtisodiyoti foydasiga hal qiluvchi tanlovni qilamiz, uni nafaqat oldingi 
qatordagi jamiyatning ijtimoiy maqsadini ta’minlash bilan moslashishni, 
ammo uning muvoffaqiyatli realizatsiyasiga muvofiq eng yaxshi, deb 
hisoblaymiz?
Ushbu savollarga ishonarli javob berish uchun, avvalambor, bozorning 
prinsiplarini va mexanizmlarini ko‘rib chiqish kerak, ya’ni bozorni aniq tizim 
sifatida tadqiq qilish lozim.

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling