H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


O‘zbek modeli islohotlarining xalqaro maydonda tan olinishi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

O‘zbek modeli islohotlarining xalqaro maydonda tan olinishi 
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tishdagi o‘zbek modelini 
amalga oshirish natijalari birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan ilmiy 
asoslab bergan va amalda tatbiq etilgan mustaqillikning eng birinchi yillarida 
shakllantirilgan beshta tamoyilga asoslangan, bu o‘z navbatida taassurot 
qoldiradigan natijalari, yuqori sur’atdagi iqtisodiy o‘sishda ifoda etilgan 
mustahkam makroiqtisodiy barqarorlik iqtisodiyotning qayta o‘zgarish 
strukturasi miqyosi, eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarning qo‘shilgan 
qiymat bilan o‘sishi va diversifikatsiyalash, chet el investitsiyalarini dinamik 
sur’atda jalb etish va boshqalar bayon etilgan.
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti 
Hozirgi vaqtda iqtisodiy munosabatlar jihatidan oldingi qatordagi 
mamlakatlar birinchi navbatda o‘z oldiga qo‘ygan vazifalar ijtimoiy masalalrni 
xal qilishga qaratmoqdalar. Ijtimoiy yo‘naltirilgan iqtisodiyot – bu iqtisodiy 
tizim sifatida insonga, shaxsni rag‘batlantirishga, jamiyatning ijobiy 
salohiyatini realizatsiya qilishga qaratilgan. Bunday iqtisodiyotning maqsadi – 
alohida insonlarning va jamiyatning manfaatini butunlay garmonizatsiya 
qilishga erishishdir. 
Ijtimoiy yo‘naltirilgan iqtisodiyot asosan kishilarning ahloqiy ideallariga 
mos keladi, u xo‘jalik yuritishning ko‘proq dinamik va samarali shakli bo‘ladi. 
Hozirgi sharoitda aynan inson uchun mo‘ljallanganlik iqtisodiy o‘sishning 
omili hisoblanadi. Bu jahon iqtisodiyotining innovatsion rivojlanish bosqichiga 
kirganligi bilan bog‘liq, bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarishning yuqori 
darajada fan-texnika asosida rivojlanishi, uning uzluksiz jarayonlarining sifatli 
mukammallashishi bilan xarakterlanadi, bu ishchilaridan yangicha darajada 
malakaviy ishlashini, ijodiy qabul qilishni va keladigan axborotlarni tahlil 
qilishni talab qiladi. 
Ijtimoiy yo‘naltirilgan iqtisodiyotni qurish vazifasi juda ham ko‘p 
mamlakatlarda hal bo‘lgan. Bu yo‘nalish bo‘yicha ancha ko‘proq oldinga 
ketgan mamlakatlardagi tajriba tahlili shuni aks ettiradi va quyidagi vazifalarni 
hal qilishga ijozat beradi: 
- shunday darajadagi farovonlikka erishish bo‘yicha har bir inson 
ijtimoiy-iqtisodiy malakasiga qaramasdan o‘zining qobiliyatini realizatsiya 
qilishi mumkin; 


272 
- mehnat resurslarining professional-malakaviy darajasini oshirish va 
to‘g‘irlash; 
- iqtisodiyotda ijodiy faoliyatni kengaytirish va intensifikatsiyalash 
hisobiga mehnat sifatini o‘zgartirish.

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling