H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- MULK SHALLARI Kapitalistik xususiyat Umumiy birliklar (davlatlashtirish) Xususiy mehtat Qo‘shma korxonalar
12.3. Xususiylashtirishdan keyingi mulk shakllari Eng oddiy va boshlang‘ich mulkchilik xususiy mehnatga asoslangan bo‘ladi. Bu hamma fuqarolar uchun qulay bo‘lgan mulkchikdir. Butun dunyo iqtisodiyotining tarixiy tajribasi shuni ko‘rsatadiki, agar inson mulkdor bo‘lsa, u, boyliklarini ko‘paytirish uchun ijodkorlik qobiliyatlarini to‘liq ochish imkonini beradi. Mulkka egalik qilmoq, foydalanmoq, o‘zlashtirish va tasarruf etmoq huquqi davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvidan ozod qiladi, mulkning umumiy qismi rivojlanishi tufayli xo‘jalik demokratiyasi kengayadi. Bunday turdagi o‘zlashtirishga aksiyadorlik jamiyatining, kooperativlar, xo‘jalik uyushmalari (konsernlar, konsorsiumlar, ittifoqlararo, tarmoqlararo, MULK SHALLARI Kapitalistik xususiyat Umumiy birliklar (davlatlashtirish) Xususiy mehtat Qo‘shma korxonalar Umumiy qism 276 mintaqaviy uyushmalar, xo‘jalik shirkatlari) kiradi. Shunday qilib shaxsiy, jamoa va jamiyat manfaatlari mustahkam birlashadi. Davlat mulkini isloh qilishning boshlanishi davlat sotsializmidan yangi ijtimoiy-iqtisodiy tizimga o‘tishni anglatadi. Albatta, buning natijalari haqida gapirish uchun hali ertaroq, lekin O‘zbekistonda shu qisqa vaqt ichida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasiga erishilgan ko‘rsatkichlar, tarixda teng yo‘q o‘zgarishlar ko‘p narsadan darak beradi. Sof kapitalizm modelidan farqli ravishda, bizning iqtisodimizni aniqrog‘i, aralash iqtisodiyot deb tavsiflasa bo‘ladi. Bozor tizimi asosida xususiy sektorning harakat qilishi davlat sektorlarining boshqacha ko‘rinishidir. Shunday qilib, hozirgi hamma bozor tizimlari – bu aralash tizimdir, ya’ni qayerda, nima ishlab chiqarish, qancha va kim uchun, degan savollarga javobni hukumat va bozor birgalikda beradi. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni o‘tkazish davrida bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining davlatdan ma’lum darajada erkin bo‘lishi to‘g‘risidagi fikr ustun turadi: davlat buyurtmalarining kamayishi, qishloq xo‘jaligining davlat tomonidan to‘liq moliyalashtirish, xususiy sektorlar ishiga davlatning aralashuvi, tadbirkorlar faoliyatini erkinlashtirish, ularni bank kreditlari bilan ta’minlash va hokazolar shular jumlasidan. Albatta, bozor munosabatlariga o‘tish davrida va umuman, aralash iqtisodiyotda davlatning roli so‘zsiz yuqori turadi. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ish bilan bandlik va inflyatsiya miqdorini, iqtisodiy o‘sish darajasini nazorat qilish bularning hammasi davlatning asosiy vazifasidir. Shu bilan birga, quyidagilar uning vazifalari sirasiga kiradi: –Bozor tizimining samarali harakat qilishiga ta’sir qiluvchi hukumat bazasini ta’minlash. –Raqobatni himoya qilish; antimonopoliya qonunlarini chiqarishi. –Aholi o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash. –Strategik tarmoqlarda tabiiy muhit himoyaga resurslar taqsimotini ta’minlash. Shuning uchun ham sobiq ittifoqdan mustaqil bo‘lib ajralib chiqqan, o‘z yo‘llarini tanlagan davlatlar, jumladan, O‘zbekiston ham yangi iqtisodiy munosabatlar tizimini yaratish, iqtisodiy o‘yin qoidasiga rioya etgan holda shaxsiy manfaati uchun qonun doirasida harakat kilib, O‘zbekiston davlati va xalqining mustahkam rivojlanishi va iqtisodiy o‘yin qoidasi aynan O‘zbekistonning xususiyatlarini: ham geografiyasini, ham iqlimini, ham tarixini, ham falsafasini, ham dinini, ham genofondini, ham ko‘pgina boshqa omillarini hisobga olishi shart. Biz faqat shundagina erkin iqtisodiy sharoitda ravnaq topishimiz mumkin. 277 Shu maqsadda, O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish uchun davlat asosiy tartibga solish rolini ko‘chaytrimoqda va chora-tadbirlar qo‘llamoqda. Iqtisodiyotda quyidagi tarkibiy o‘zgarishlar ta’minlanmoqda: Davlatning bu aralashuvi asosan, investitsiya loyihalarida tanlov va kontrakt tizimlaridan samarali foydalanib, ularni realizatsiya qilishga umumdavlat ehtiyoji uchun mahsulotlarni yetkazib, buyurtmalarni kerakli joylarda joylashtirgan yuksak texnologiyalarni rivojlantirish va ishlab chiqarishda ilm-fan rolini qo‘llab-quvvatlashda kichik va o‘rta biznesga ko‘maklashishdan iborat. Iqtisodiy islohotlar ikkinchi va asosiy bosqichining vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari bu davlat mulkini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga yetkazishdan, ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, ham korxonalar, ham tarmoqlarning, umuman, davlatning iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishishi, milliy valyuta – so‘mning yanada mustahkamlash va iqtisodiyotimiz tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish, xomashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish, uning sifatini va raqobatga bardoshligini jahon bozori talablari darajasiga yetkazishdan iborat edi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak islohotlarning birlamchi natijalari quyidagilardan iborat: • Davlatning mustaqillikka erishishi va uning mustahkamlanishini. • Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining shakllanib borayotganligini. • O‘z taraqqiyot yo‘liini aniqlab olgani, bozor islohotlarini muvaffaqiyatli o‘tkazib borayotganligini. • Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirlayotganligini. • Jamiyatning ma’naviy yangilanayotganligini. • Madaniy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishni. • Insoniyat, jamiyat kelajagi bo‘lgan sog‘lom avlod uchun kurashni. • Mamlakat xalqaro obro‘-e’tibori oshib, jahon miqyosida aloqalarning rivojlanayotganligini. • Siyosiy barqarorlik, fuqarolar osoyishtaligi va millatlararo hamjihatlikning saqlanib turganligini. • Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tilayotgani va kuchli yaratuvchi shaxs - inson omili va inson kapitaliga asosiy e’tibor qaratilayotganini. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling