H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
12.4. Milliy g‘oya. Milliy g‘ururning milliy iqtisodiyot o‘sishi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
278 12.4. Milliy g‘oya. Milliy g‘ururning milliy iqtisodiyot o‘sishi konsepsiyasidagi mezoni Ushbu bobning birinchi qismida aytilgan konsepsiyaga binoan katta tarixiy voqealarga va hodisalarga boy bo‘lgan XX asr poyonida O‘zbekiston milliy xususiyati va tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqqan holda o‘zining mantiqiy rivojlanishi bilan Markaziy Osiyo iqtisodiyotida asosiy bo‘g‘in bo‘ldi. O‘zbekistonning ta’siri Markaziy Osiyoning rivojlanishida hamma vaqt katta bo‘lgan sobiq ittifoq tarkibida munosabatlarini shakllantirishida yaqqol ko‘rinib turibdi. O‘zbekistonning anchagina iqtisodiy resurslari, demografik, fan-texnika, madaniy salohiyatga uning Markaziy Osiyodagi yetakchilik rolini aniqlab berdi. O‘zbekiston bugungi kunda Markaziy Osiyoning 11,2% maydonga, 42% aholisiga, 44% yalpi ichki mahsulotiga ega bo‘lgan katta hududi hisoblanadi. Lekin O‘zbekiston o‘z mavqeini yanada mustahkamlash va katta yutuqlarga erishish uchun mana shu mustaqillik yillarida har xil sabablarga ko‘ra qiskartirilgan imkoniyatlarni yanada tiklashi lozim. Ehtimol O‘zbekistonning bu ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi o‘rni Markaziy Osiyodagi umumiy-siyosiy vaziyatlar bilan ham bog‘liqdir. Hozirgi vaqtda har xil jarayonlarning rivojlanishi, murakkab ijtimoiy- siyosiy va iqtisodiy sharoitlar, Markaziy Osiyodagi beqarorlik bilan islohotlarni o‘tkazish natijalari mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi salbiy jarayonlar ham saqlanib qolmoqda. O‘zbekiston iqtisodiyoti mustaqillikning birinchi yillarida ayrim sabablarga ko‘ra juda bir mushkul ahvolga tushib qolgandi, bu jamiyatning va iqtisodiyotning hamma tomonini qamrab olgan edi. Tanglikning asosiy sabablari: • iqtisodiy o‘zgarishlarning tugatilmaganligi; • iqtisodiyotda bozor unsurlarining ojizligi; • iqtisodiy munosabatlarning chet davlatlardan keladigan importga ilg‘or texnologiyaga ega asbob-uskunalar, mashinalarga bog‘liqligi, aholi iste’mol tovarlarini xom ashyo, energiya resurslari eksprotiga almashtirish saqlanib qolganligi; • hududlarning rivojlanishi baravar emasligi; • ishlab chiqarishning pasayib ketishi va hokazolar bo‘lgandi. Shu yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotini tubdan o‘zgartirishga asos solindi. Bir tomondan, iqtisodiy islohotlarni o‘tkazish yillarida rejali taqsimot tizimi o‘zgartirildi va iqtisodiyotni erkinlashtirish amalga oshirildi; davlat mulkini xususiylashtirish davom etdi; tovar va xizmatlar, qimmatbaho qog‘ozlar-fond bozorlari va bozor infratuzilmasining boshqa elementlari faol shakllantirildi, ishlab chiqarish tizimlari, investitsiya-innovatsiya 279 jamg‘armalarida ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi, oxirgi vaqtlarda inflyatsiyaning kamayishi yuz bermoqda. Ikkinchi tomondan, ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, ham korxonalar, ham tarmoqlarning, umuman, davlatning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligiga erishilmoqda. Bundan tashqari, dastlabki moliyaviy barqarorlik siyosatining hamma ijobiy vaziyatlarini saqlab qolgan holda, uni samarali sanoat siyosati bialn to‘ldirib, iqtisodiy o‘sishni boshlash kerak edi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling