H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
Qisqacha xulosalar O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy islohotlar konsepsiyasi mustaqillik yillarida respublikamiz iqtisodiyotida misli ko‘rilmagan, Markaziy Osiyoda tengi yo‘q yangi-yangi texnika-texnologiyalar paydo bo‘ladi. Qaytadan barpo etilayotgan davlatimiz avvalo, umumjahon sivilizatsiyasiga, davlat qurilishi sohasida boshka xalqlar erishgan tajribalarga va milliy an’analarga, faqat o‘zbek modeliga, ijtimoiy qadriyatlarga asoslanmokda. O‘zbekistonda sobiq ittifoqning iqtisodiy parchalanganidan keyin mustaqillikka erishishi natijasida birinchi Prezident I.Karimov tashabbusida bevosita o‘tish davri iqtisodiyoti O‘zbekiston millatining tarixiy an’analaridan, urf - odatlaridan, milliy xususiyatlaridan va nihoyat mentalitetidan kelib chiqqan holda aniqlab berdi hamda yagona O‘zbek modelini ishlab chiqdi. Bu yerda milliy modelning asl mag‘zi, mohiyati, asosi, ya’ni o‘tish modelining kvintessensiyasi ishlab chiqildi. Ushbu kvintessensiyaning talabi nazariy ishlab chiqilib, amalda ijobiy o‘z vazifasini bajarayotganligiga mana necha yillar davomida dunyoning barcha davlatlari va ulardagi iqtisodchilarning qiziqishi tomonidan ijobiy ma’qullandi – hatto, dunyoda ro‘y berayotgan «inqiroz – retsessiya – depressiya – turg‘unlik – jonlanish – yuksalish» kabi iqtisodiy qonun va kategoriyalar ta’limotining kvintessensiyasi ham muvafaqiyatli bajarilmoqda. Albatta, yana bir marta buni qaytaradigan bo‘lsak yomon bo‘lmaydi, ya’ni ushbu yangi bozor iqtisodiyotiga (sobiq ittifoq tarkibidan chiqqan va boshqa sobiq sotsialistik davlatlar uchun) o‘tish milliy modelining ilmiy asoschisi O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimovdir. Bu yerda asosan, bozor iqtisodiga o‘tish ikki bosqichdan iborat bo‘lib va har bir bosqichda 4 ta vazifa qo‘yilgan edi. Birinchi bosqichda g‘oyat muhim va asosiy darajadagi chora-tadbirlar hamda ustuvor yo‘nalishlar sifatida: moliya va soliq siyosati sohasida; kredit–pul siyosati sohasida; narx–navo bo‘yicha va pulning qadrsizlanishiga qarshi siyosat sohasida; qishloq xo‘jaligidagi agrar islohot iqtisodiy o‘zgarishlarning eng muhim bo‘g‘ini, deb belgilandi. 293 Shuningdek, davlat mulkini hususiylashtirish hamda ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakillantirish, o‘tish jarayonining huquqiy asoslarini shakillantirish, islohotlarning qonuniy–xuquqiy bazasini mustahkam rivojlantirish. Umuman, birinchi bosqichda ikkita hal qiluvchi vazifani birdaniga amalga oshirishga to‘g‘ri keldi: • ma’murmy buyruqbozlik tizimining og‘ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish; • respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda, bozor munosabatlarining negizlarini shakillantirishdan iborat edi. Ikkinchi bosqichning vazifalari va ustuvor yo‘nalishlaridan iborat qilib bu yerda mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish borasida oldimizda turgan asosiy vazifalar bayon etilgan, asosan – xususiylashtirish va raqobatchilik muhitini shakillantirish jarayonlarini chuqurlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, milliy valyutani mustahkamlash; iqtisodiyotning tarkibiy strukturasini tubdan o‘zgartirish, ijtimoiy kafolatlari kuchli bo‘lgan demokratik davlatni shakillantirish, modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash vazifalaridan iboratdir. Qisqacha qilib aytganda, iqtisodiy rivojlanishning «O‘zbek modeli», deb nomlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning asosi bo‘lgan beshta tamoyil batafsil ko‘rib chiqildi. Umuman, bu yerda shuni alohida ta’kidlash kerak, ya’ni birdan sakrab o‘tib, yangi oldi-sotdi «erasida» bo‘lib qolish aynan biz uchun to‘g‘ri kelmadi, shu sababli biz bosqichma-bosqich (gradualizm) bozorga o‘tish yo‘lini tanlab oldik, bunday ijobiy tanlov yo‘llarini O‘zbekistoning milliy an’analari, milliy mentaliteti talab qildi. Shu qiska muddat ichida bunday misli ko‘rilmagan siyosiy, ma’naviy, madaniy, iqtisodiy o‘zgarishlarning faqat o‘ziga ishongan millat va uning rahbari uddasidan chiqishi mumkin edi. Shu yillarda Prezidentimiz tomonidan juda ham ko‘p, haqiqatan ham inqilobiy nazariy asarlar yoziladi va ular amaliyotda o‘z samarasini berdi. Tanlab olgan taraqqiyot yo‘li – modeli konstitutsion asosga ega. Bu yo‘l mamlakatimiz barcha aholisi manfaatlariga har jihatdan mos keladi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling