H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
Bandlik
kursatkichlari bo‘yicha baholash. Bunday usullar “italiyaliklarga” oid nomni olganlar. Xufyona sektorlarning rivojlanishi rasmiy sektorlardan norasmiy sektorlarga ish kuchining tovlanishi bog‘liq. Bular uchun o‘y jo‘jaliklarida rasmiy tekshiruv ma’lumotlarning ahborot manbalari xizmat ko‘rsatadi. Xufyona iqtisodiyotida shunday yo‘l bilan aniqlangan ishchilar sonini tarmoqlar mehnat unumdorligining o‘rtacha o‘lchamiga ko‘paytiriladi. Natijada xufyona iqtisodiyotdagi ishlab chiqarishning umumiy hajmi aniqlanadi. Ushbu usulning kamchiligi xufyona jarayonlarda taqsimot, almashuv va iste’mol sohalarida hisob-kitobning yo‘qligi hisoblanadi. O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun “italiyaga oid usullar” asosan ish haqining 287 maxfiy, yashirin (sir tutilgan)ligini aniqlash uchun ko‘llanilishi mumkin bo‘ladi. Farqlanish usullari (tafout). Harxil manbalardan keladigan iqtisodiy ahborotlar solishtiriladi: davlat budjetiga soliq tushumlarining aholi tomonidan va soliq hizmatlardan tuzilishi; davlat bojxona hisoboti va firmalarning buxgalteriya hisoboti; aholining mehnat haqi shaklidagi xarajatlari va ularning daromadlari; aholining yashash minimumidan yuqori yashaydiganlar, hamda oliy o‘quv yurtlarida to‘lov asosida ta’lim olayotgan talabalar ulushi va boshqalar. O‘zbekistonda xufyona oborotni nazorat qilish uchun yuqorida sanalgan usullarni birgalikda ko‘llanilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. 4. Davlat tomonidan resurslar xufyona oborotining cheklanishi. Xo‘jaliklarning rivojlanishiga bir necha ijobiy ichki turtki (impuls) beraturub (santexnikalar, maishiy texnikalar, kvartiralar, bir qator xizmatlarda iste’molchilarning talabini 15-20% qondirishda; aholining noqonuniy va shunday bo‘lsada ishchi kuchi o‘rinlarini va mehnat shakllarini tashkil etishda) xufyona iqtisodiyot: a) aholining og‘ir-og‘irlikda, ya’ni paraxo‘rlik o‘rab olinishi; b) kishilarda davlatga nisbatan uning ojizligiga ishonmaslik tug‘iladi; v) mamlakatda kriminal elementlarning zo‘rligiga olib kelishi; g) xalqaro iqtisodiy hamkorlikning bo‘zilishi va jahon hamjamiyatida mamlakat obrusining mahrum bo‘lishi. Natijada hukumat iqtisodiyotning haqiqiy - real qudrati tasavvur etishi va uni samarali tartibga solishi haqidagi qobiliyatining yo‘qolishi. Mamlakatda jo‘da katta soliq yukining to‘lmay qolishining yuzaga kelishida davlat budjetining aql-idroqli shakllanishiga to‘sqinlik qilinishi va soliq og‘irligining bevosita taqsimlanishi; bozorda iste’molchilarning aldanishidan va zo‘ravonlikdan, o‘zboshimchalikdan himoya qilinishi; mulkdorliklarning ko‘pincha o‘g‘irlikdan himoyalanishiga kafolatning yo‘qligi, ularning xususiy mulkini bosib olishi va o‘g‘irlash. Mamlakat bozor iqtisodiyotning boshlanishida yaxshi rivojlanishi uchun doimo xufyona “oborot darajasini nazorat qilish va uni babbarobar, yonma-yon, muvoziy iqtisodiyot xolatigacha yetkazmaslik zarurdir. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston uchun xufyona iqtisodiyot bilan kurashiga kelgusi choralar faoldir: • Jamiyatga zarar keltirmaydigan xufyona oborotining qismini legallashtirish (rasmiylashtirish); 288 • Davlat xukmronlikorganlarida korrupsiyaning asosiy manbalaridan biri bo‘lgan iqtisodiyotdagi monopoliya bilan kurash; • Mutahamlik, qollablikni tugatish (piramid, ehron, lotereya va boshqalarni yaratish); • Kriminalga oid biznes to‘sib ko‘yish (giyohvandlik, pornografiya – jinsiy hayotni behayolarcha tasvirlovchi adabiyot va san’at asarlari, fohishalik, buzuqlik, g‘arlik va boshqalar); • Bank sohasida moliyaviy suiiste’mol va hiyla-nayranglar bilan kurash (pullarni suiiste’mol qilmoq, kapitallarni afshorlarga olib ketmoq); • Ko‘rqituv va korrupsiya bilan kurash; • Alkogolga, tabaklarga, doridarmonlarga oid bozorlarni tartibga solish; • Reyderlikka (firmalarni ko‘lga olish)larni to‘sib qo‘yish; • Naqd va naqd pulsiz oborotlarni oqilanitashkil etish; • Qimmat baho qog‘ozlari bozori haqidagi bozorlarni mukammalashtirish va boshqalar. Kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmini oshirish vazifasi oldimizda turibdi. 2030-yilga borib bu boradagi natijalar quyidagilarda yaqqol aks etishi lozim: ❖ aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad bo‘yicha daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirishga puxta zamin yaratish; ❖ 2023-yilning oxirigacha inflyatsiya darajasini 5 foizga tushirish. Davlat budjeti taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2,5 foizdan oshmasligini ta’minlash; ❖ mamlakatimizga yangidan jalb qilinadigan yillik tashqi qarz miqdori 5 milliard AQSh dollaridan oshmasligini ta’minlash; ❖ yurtimizga kapital olib kirish bo‘yicha mavjud cheklovlarni qayta ko‘rib chiqib, barcha uchun qulay sharoitlar yaratish va fond bozori hajmini 7 milliard AQSh dollariga yetkazish; ❖ xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish strategiyasini qabul qilib, kelgusi besh yilda 120 milliard AQSh dollari, jumladan, kamida 70 milliard AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb etish choralarini ko‘rish; ❖ davlat-xususiy sheriklik asosida transport, yo‘l qurilishi, suv xo‘jaligi va boshqa sohalarga 14 milliard AQSh dollari miqdorida investitsiya jalb etish; ❖ mamlakatimizning eksport salohiyatini 1,7 barobar oshirish va 2026- yilda 30 milliard AQSh dollariga yetkazish; 289 ❖ eksport tarkibidagi xomashyo ulushini hozirgi 46 foizdan 23 foizga kamaytirib, tayyor mahsulotlar hajmini 2,5 barobar ko‘paytirish; ❖ Yevropa davlatlariga GSP+ tizimi doirasida 2 mingdan ziyod turdagi tayyor mahsulot eksport qilishni yo‘lga qo‘yish; ❖ xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga, eksport bo‘yicha esa, 60 foizga yetkazish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ko‘rish; ❖ bank tizimini transformatsiya qilish orqali xususiy banklarning jami ulushini bank aktivlarining 60 foiziga yetkazish; ❖ iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni ko‘paytirish maqsadida kelgusi 5 yilda fond bozori hajmini 200 million AQSh dollaridan — 7 milliard AQSh dollariga yetkazish. Bunda mamlakatimizga kapital olib kirish bo‘yicha mavjud cheklovlarni qayta ko‘rib chiqib, barcha uchun qulay bo‘lgan shart- sharoitlarni yaratish; ❖ 2026-yilgacha xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha alohida strategiya qabul qilish; ❖ Davlat korxonalarining transformatsiyasini hamda xususiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish; ❖ samarasiz korxonalar davlatdan qo‘shimcha yordam olmasdan, xususiy sektor kabi “o‘z aravasini o‘zi tortishi” shart. Bunda mashinasozlik, kimyo, neft-gaz, energetika, kon-metallurgiya, transport kabi tarmoqlardagi 23 ta yirik korxona xalqaro kredit reytinglarini olish orqali ichki va tashqi moliyaviy bozorlarga mustaqil chiqib, investitsiya loyihalari uchun o‘zi mablag‘ jalb qilishiga erishish; ❖ energiya resurslari bozorini erkinlashtirib, sohaga xususiy investitsiyalarni keng jalb etish. Natijada 2026-yilga borib elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini yiliga qo‘shimcha 30 milliard kilovatt soatga oshirish va jami 100 milliard kilovatt soatga yetkazish; ❖ tabiiy gaz bo‘yicha ham erkin bozor tamoyillarini joriy etish jarayonlarini boshlash; ❖ elektr energiyasi va tabiiy gaz bozorlarini erkinlashtirish bilan birga, ehtiyojmand aholini himoya qilish uchun ijtimoiy iste’mol normalarini kiritish. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling