H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Rejali iqtisodning tangligi va boshqa tizimga o‘tish zarurati


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Rejali iqtisodning tangligi va boshqa tizimga o‘tish zarurati 
O‘zbekistonda rejali iqtisodning o‘zoq vaqt hukm surganligi, birinchidan, 
rejali iqtisod chindan ham yuzaki bo‘lsa ham bir qator ijobiy jihatlarga egaligi; 
ikkinchidan, ularni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar mavjud 
bo‘lganligi bilan izohlanadi. Rejali iqtisodning ana shu jihatlariga resurslarni 
ma’lum darajada markazlashtirish qobiliyati, yuksak safarbarlik, 
buyruqlarning tezda bajarilishi, makroiqtisodiy rejalashtirish va bashorat qilish 
imkoniyati v.h.lar kiradi. Ishlab chiqarishning tuzilishi nisbatan soddaligi, bu 
demak, xo‘jalik aloqalarining ko‘p sonli emasligi, iqtisodiy o‘sishning 
ekstensiv usuli ustuvorligi, sotsialistik g‘oyalar keltirib chiqargan va mehnatga 
rag‘batlantiruvchi omil bo‘lgan tashabbuslarning nisbatan qisqa vaqt amal 
qilishi ana shu imtiyozlarning namoyon bo‘lishi uchun xo‘jalik yuritishning 
qulay shart - sharoitlari edi. Mazkur shart - sharoitlarning o‘tkinchi xususiyati, 
ularning xalq xo‘jaligi murakkablashib borishi, iqtisodiyotda tezkor 
jarayonlar, insonning ishlab chiqarishdagi ijodiy faolligi rolining oshishi 
sababli kuchayib borishi ana shu shart - sharoitlar yo‘qolib borgani sayin rejali 
iqtisod tanglikka uchrashini anglatadi. Shu narsani ta’kidlash kerakki, 
makroxo‘jalik yuritishning yuqorida aytib o‘tilgan holatlari aholining, ayniksa, 
qishloq aholisining iste’mol darajasi past bo‘lgan sharoitlarda kuzatilgan. 
Rejali iqtisodning tangligi -uning tizim sifatidagi tangligi demakdir. 
Uning mohiyati rejali iqtisodning ijtimoiy ishlab chiqarish, umuman, jamiyat 
samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qodir emasligidir. Rejali 


301 
iqtisodning fan - texnika taraqqiyoti yutuqlarini qabul qilmaganligi, ularning 
ma’muriy - buyruqbozlik aloqalari shart - sharoitlari tomonidan inkor etilishi 
ana shu tanglikning ko‘rinishlari bo‘ldi. Bu mamlakatning texnika va 
texnologiya sohasida ortda qolishga, ishlab chiqarish omillarining 
samaradorligi pasayishiga, mahsulot birligiga moddiy va mehnat resurslari 
sarfi bozor iqtisodiyotiga qaraganda ko‘prok bo‘lishiga, o‘sishning ekstensiv 
usuli ustuvorligi ta’minlanishiga, iqtisodiyotni tezkor rivojlanish yo‘liga 
o‘tkazish borasidagi urinishlarning behuda ketishiga; xalq iste’molining 
pasayishi va shu sohada bozor tizimi hukmron bo‘lgan mamlakatlardan ortda 
qolishning 
kuchayib 
borishiga, 
totalitar 
tizimning 
inson 
ijodiy 
tashabbuskorligini bo‘g‘ishiga, hozirgi zamon sharoitlarida, ayniqsa muhim 
bo‘lgan mehnatga ichki layoqatning susayishiga, jahon bozorida rejali tizim 
mamlakatlarining raqobat qobiliyati pasayib ketishi va hokazolarga olib keldi. 
Yuqoridagi fikr rejali iqtisodning tangligi «to‘satdan» paydo 
bo‘lmaganligini anglatadi. U asta-sekin kuchayib bordi. 50-yillaridayoq 
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi xodimlarini rag‘batlantirish borasida jiddiy 
harakatlar qilindi, mahalliy tashabbuslarni rivojlantirish maqsadida alohida 
viloyatlar doirasida xalq xo‘jaligi kengashlari to‘zildi. 60-yillarning 
o‘rtalaridagi islohotlar yana rejalashtirish va boshqaruvning tarmoq tamoyiliga 
olib keldi, vaholanki, ko‘zlangan maqsad ishlab chiqarishning boshlang‘ich 
bo‘g‘inlari - korxonalarning mustaqilligini kengantirish edi. 70 - va 80 - 
yillarda ham xo‘jalik yuritishning rejali tizimini takomillashtirishga urinishlar 
bo‘ldi. Bu urinishlar kuchayib borayotgan tanglikni yengish maqsadida qilindi. 
Islohotlar muvaffaqiyatsiz chiqdi: ma’muriy - buyruqbozlik tizimi barcha
ilg‘or yangiliklarni qabul qilgani yo‘q, chunki bu rejali iqtisodning asosiy 
tamoyillariga mos emasdi. Tarixiy tajriba rejali tizimning tanglikdan chiqishi 
uning islohotlari bilan bog‘liq emasligini ko‘rsatdi. Bu rejali tizimdan voz 
kechish, boshqa tizimga o‘tish birdan - bir yo‘l, degan xulosaga olib keldi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling