H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


 Haqiqiy bozor munosabatlarini shakllantirish - o‘tish


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

13.3. Haqiqiy bozor munosabatlarini shakllantirish - o‘tish 
iqtisodiyotining mazmun - mohiyati 
Rejali iqtisodiyotda tovar - pul munosabatlari rasman mavjud bo‘lgan. 
Ammo pul, narx-navo, oldi-sotdi bitimining tashqi ko‘rinishi ortida haqiqiy 
bozor mexanizmi turmas edi. Talab narx-navoga ta’sir o‘tkazmasdi, 
muvozanatli narxlar, raqobat bo‘lmagan. Narxlar markazlashgan holda sarf-
xarajatlar asosida shakllanardi, ular jahon bozoridan ajralib kolgandi. Nisbiy 
narxlar ishlab chiqarish mutanosibligini aks ettirardi. Shuning uchun bozor 
ko‘rinishlarini ma’muriy - buyruqbozlik (rejali) tizimi ta’siridan ozod qilish, 


303 
ya’ni iqtisodiyotni, erkinlashtirish haqiqiy bozor munosabatlariga o‘tish 
yo‘lidagi asosiy chora bo‘lishi lozim. 
Iqtisodiyotning ichki erkinlashtirilishi 
Xalq xo‘jaligida iqtisodiyotning ichki munosabatlarini erkinlashtirish uch 
shart bilan bog‘liq. Birinchidan, narx - navoning shakllanish jarayonini 
markaziy boshqaruvdan ozod qilish - erkinlashtirishning eng muhim, 
birlamchi shartidir. Ikkinchidan, jismoniy va huquqiy shaxslar uchun savdo 
erkinligi joriy etilishi kerak. Uchinchidan, erkinlashtirishning tub va murakkab 
sharti - ishlab chiqaruvchilarning faoliyatini bozor talablariga (ehtiyojga) 
bo‘ysundirishdir. Ana shu o‘zgarishlarning hammasi rejali iqtisodiyotda 
mavjud bo‘lgan xo‘jalik yuritish tizimini, odamlarning turmush tarzi va 
tafakkurini keskin o‘zgartiradi, jamiyatda murakkab muammolarni va 
ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. 
Narx-navoning «qo‘yib yuborilishi» darhol ularning jiddiy ko‘tarilishiga 
olib keladi, bu odamlarning haqiqiy daromadlari qisqarishini, aholi turmush 
darajasi pasayishini, iste’mol tuzilishining o‘zgarishini anglatadi, korxonalar 
uchun xom ashyo va materiallarni xarid kilishda, maosh to‘lashda jiddiy 
muammolarni keltirib chiqaradi. Masalan, 1992 yilning faqat yanvar oyida 
iste’mol narxlari 1991 yilning dekabr oyiga qaraganda 3,5 barobar ko‘tarildi, 
ayni vaqtda shu davrda haqiqiy maoshlar atigi 40 ga ko‘paydi. 1992 yilning 
yanvarida tovar oborotining jismoniy hajmi 1991 yilning yanvaridagi 
hajmning uchdan bir qismini tashkil etdi. Umuman 1992 yil mobaynida 
iste’mol narxlari 25 barobardan ziyodga ko‘tarildi. Nazariyada narxlarni 
qo‘yib yuborishning ikki varianti: biryula (shok holatiga soluvchi) va asta - 
sekin (darajalashtirib) qo‘yib yuborish variantlari ajratiladi. Aslida haqiqiy 
erkinlashtirish siyosati «aralash» xususiyatga ega bo‘lib, u yoki bu variant 
tomoniga egib turadi. Erkinlashtirishdan avvalgi bozor munosabatlari naqadar 
sust rivojlangan bo‘lsa, «shok holati» variantining samarasi shu qadar kam 
bo‘ladi. Shu ma’noda olganda, O‘zbekistonda narxlarni erkinlashtirish jarayoni 
nisbatan qisqa vaqtda o‘tgan bo‘lishiga qaramay, Markaziy va Sharqiy 
Yevropadagi ko‘pgina mamlakatlarga nisbatan qiyinroq kechdi. 1992 yilning 
yanvariga kelib ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tovarlar (elektr quvvati va 
transport narxi bundan mustasno) narxining 80 foizi, iste’mol tovarlari 
narxining 90 foizi erkinlashtirildi. Ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tovarlar 
aksariyatining narxi 5 barobar ko‘tarildi. Shundan keyin ham narx-navoning 


304 
ko‘tarilish jarayoni davom etdi. 1996 yilning boshlariga kelib narxlarni 
erkinlashtirish amalda tugallandi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish ishlab chiqarish sohasida keskin qarama-
qarshiliklarni keltirib chiqaradi. Birinchidan, bir talay korxonalar, ayniqsa 
harbiy-sanoat majmui tarmoqlaridagi davlat buyurtmasi bo‘yicha ishlashga 
ko‘nikkan korxonalar darhol o‘z mahsulotlariga xaridorlarni yo‘qotishadi. 
Ikkinchidan, bozor sharoitlariga tushib qolgan korxonalar ko‘pincha bozorda 
raqobatga, ayniqsa xorij mahsulotlari bilan musobaqalashishga qodir emasligi 
ma’lum bo‘lib qoladi. Uchinchidan, mahsulotni sotish borasidagi qiyinchiliklar 
xom-ashyo va materiallarni xarid qilish muammosini, ya’ni faoliyat yuritish 
muammosini keltirib chiqaradi. To‘rtinchidan, ishlab chiqaruvchilarning 
mushkul ahvoli aholi talabining qisqarishi natijasida yanada og‘irlashadi. 
Beshinchidan, ilgari davlatdan yordam olib turgan ishlab chiqarishlar (birinchi 
navbatda, qishloq xo‘jaligi) ayniqsa og‘ir ahvolga tushib qoladi. Oltinchidan, 
iqtisodiyotni erkinlashtirish rejali tizimning yuqoridan berilgan topshiriqlarini 
bajarishga, mahsulot realizatsiyasi va zarur resurslarni olish haqida o‘ylamaslik 
sharoitida tarbiyalangan eski direktorlar korpusiga g‘oyatda zid edi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling