H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


 Rejali iqtisodiyot o‘tish jarayonlarining boshlang‘ich holati sifatida


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

13.2. Rejali iqtisodiyot o‘tish jarayonlarining boshlang‘ich holati sifatida
Aksariyat sobiq sotsialistik mamlakatlarda rejali tizimlarning qisqa 
vaqtda yemirilishi, ehtimol rejali iqtisod Rossiya bolsheviklari “sof” 
zo‘ravonlik xatti - harakatlarining natijasi sifatida paydo bo‘lgan, so‘ngra yana 
zo‘ravonlik yo‘li bilan boshqa mamlakatlarga tiqishtirilgandir, u hukm surgan 
yillarning hammasi «behuda sarflangan vaqt» bo‘ldi, degan fikrni keltirib 
chiqardi. Ammo amalda hammasi ham bunday bo‘lgan emas. 
Rejali iqtisod - XX asr muqobillaridan biri 
XIX -XX asrlar sarhadida bozor iqtisodining tangligi ko‘zga tashlandi. 
Buning ma’nosi shundan iborat ediki, bozor mexanizmining roli haqidagi 
A.Smit va A.Marshallning tasavvurlariga xilof ravishda jamiyat taraqqiyoti o‘z 
- o‘zini boshqaruvni ta’minlashga qodir emas ekan. Birinchi jahon urushi ana 
shu tanglikning butun dunyodagi ifodasi bo‘ldi. 
«Ko‘z ilg‘amas qo‘l» zamirida bozor o‘zini - o‘zi boshqarishga qodir 
emasligi nisbatan ko‘z ilg‘aydigan va xis etiladigan «qo‘l» yordamiga -davlat 
boshqaruviga murojaat qilishni talab etdi. Shu munosabat bilan nazariyada uch 
xil taxminiy fikr vujudga keldi. Birinchisi -bevosita bozor munosabatlarining 
davlat boshqaruvi o‘z ildizlari bilan V.Paretoning ta’limotiga borib taqalar va 
uning shogirdlari E.Barone, O.Lante va boshqalar tomonidan rivojlantirilgan 
edi. Mazkur taxminiy fikr «bozor sotsializmi», degan nom oldi. Ikkinchisi-
bozor mexanizmiga qo‘shimcha sifatidagi davlat boshqaruvidir. Bunday 


299 
ta’limot J.Keyns tomonidan ilgari surilgan edi. Uchinchisi -bozor 
munosabatlaridan foydalanilmagan holda xo‘jalikning davlat boshqaruvi 
bo‘ldi. Bunday ta’limot K.Marksning nazariyasida batafsil asoslab berilgan
majburan yo‘naltiriladigan xo‘jalik turi P.Struve, V. Oykenlarning asarlarida 
ko‘rib chiqilgan. Ana shu uch muqobil model XX asrda turli mamlakatlarda u 
yoki bu ko‘rinishda qo‘llandi.
Shunday qilib, rejali iqtisodning bolsheviklar tomonidan tanlangan 
variantga, jahon iqtisodining rivojlanish o‘zanida bo‘lib, boshqalariga nisbatan 
ma’qulrok ko‘rinarli, chunki «samarasiz» bozor munosabatlarini to‘liq istisno 
qilardi. Uning nisbatan yuqori tarixin samaradorligi, jumladan, markscha 
nazariyaga ko‘ra bir qator jihatlariga bog‘lik edi. 
Birinchidan, bilvosita bozor aloqalarini istisno qiluvchi ishlab 
chiqarishning bevosita ijtimoiy (rejali) xususiyati go‘yoki, mehnat va 
mahsulotning har bir turiga mehnatning ijtimoiy taqsimoti tizimida oldindan 
o‘rin ajratib qo‘yilgan, deb taxmin qilar edi. Amalda rejalashtirish teskari 
aloqalarni, jonlardagi tashabbuslardan fondalanish imkoniyatini istisno 
qiluvchi, xodimlarni mehnatga undovchi sabablarni bekor qiluvchi bir 
tomonlama ko‘rsatmali boshqaruvga aylandi. 
Ikkinchidan, ishlab chiqarish vositalariga xalqning egaligi go‘yo 
hammani xo‘jayinga aylantirishi, natijada, ishlab chiqarish samaradorligi 
keskin oshishi kerak edi. Aslida ishlab chiqarish vositalari aksariyatining 
davlat qo‘liga o‘tishi ulardan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanuvchi 
byurokratik partiya -davlat turlarini keltirib chiqardi, aholining aksariyatini 
totalitar tizim ko‘rsatmalariga bo‘ysunishga majbur bo‘lgan yollanma 
xodimlarga aylantirdi.
Uchinchidan, rejali iqtisodning oliy maqsadi - xalq farovonligini 
og‘ishmay oshirib borish bo‘lib, bu birinchi navbatda, uning tarixiy 
afzalliklarini namoyish etishi kerak edi. Amalda resurslarni chegaralash 
iqtisodi (Ya.Kornaining ta’biriga kura) sifatida tarkib topgan rejali iqtisod 
dastavval chindan ham rivojlanishning yuksak sur’atlarini ta’minladi, ammo 
bu «ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish» da, xalq iste’moli o‘sishining 
tobora cheklanishida, yalpi taqchillikning jadal sur’atlar bilan rivojlanishida 
namoyon bo‘ldi. 
To‘rtinchidan, moddiy va ma’naviy ne’matlarning mehnatga yarasha 
taqsimlanishi «eng adolatli» taqsimot, deb tasavvur qilingan edi. Aslida, 
pirovard (shaxsiy) iste’mol mahsulotlarining doimiy cheklanishi sharoitlarida 


300 
u aholining aksariyati uchun bir tekis taqsimlanishga, ayni vaqtda hukmron 
rahbarlar uchun cheksiz imtiyozlarga aylandi. Ayni vaqtda makroiqtisodiy 
muvozanatni ta’minlash zarurati aholi daromadlarining iste’mol ne’matlarini 
ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish hajmiga qattiq bog‘lab qo‘yilishiga 
olib keldi.
Beshinchidan, aholi davlat tomonidan yuksak darajada ijtimoiy himoya 
qilinishi kerak edi, aslida bu g‘oyatda qoloq darajadagi, bepul bilim berish, 
sog‘liqni saqlash, imtiyozli turar-joy berish va v.h.larda namoyon bo‘ldi. Shu 
sohadagi dastlabki ulkan yutuqlar ana shu maqsadlarga mablag‘larni ajratish 
qisqarib borgani sababli asta - sekin o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. 
Oltinchidan, O‘zbekistonda va boshqa mamlakatlarda rejali iqtisodni 
amalda shakllantirish, rivojlantirish hamisha sotsializm (kommunizm) 
qurilishi bilan «bog‘lanar» edi, bu rejali iqtisodga ega mamlakatlarni qolgan 
boshqa mamlakatlardan qo‘shimcha ravishda ajratib turardi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling