H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
O‘tish hozirgi jahon hamjamiyatining holati sifatida
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
O‘tish hozirgi jahon hamjamiyatining holati sifatida
Ming yilliklar sarhadi yangi darajadagi o‘tish holatini taqdim etdi. Ustuvor omilning o‘zgarishi nuqtai nazaridan olganda, inson (mehnat) birinchi o‘rinni egalladi. Agar ilgari inson tabiatga, industrial-bozor tizimida esa, moddiy boylikka tobe element sifatida namoyon bo‘lgan bo‘lsa, kelajak jamiyatda insonning bilimga asoslangan ijodiy faoliyati jamiyatning faoliyat yuritishi va rivojlanishini belgilovchi elementga anlanadi. Bugungi kunda bunday alomatlar xodimning roli hamda o‘z faoliyati samaradorligi uchun javobgarligi, ishlab chiqarish jarayonining kechishi ustidan nazorat, xodim malakasining ahamiyati oshib borishida namoyon bo‘lmoqda. «Inson kapitali» ga xarajatlarning roli oshib bormokda, mehnatga undovchi sabablarning yangidan-yangi ko‘rinishlari rivojlanib bormoqda. Aloqalar tabiatining o‘zgarishi nuktai nazaridan qaraganda, bozor xo‘jaligidan farqli ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborot aloqalari rolining oshib borish tamoyili ko‘zga tashlanadi, bozor xo‘jaligida bilvosita (bozor) aloqalari axborotlar vazifasini bajarar edi. Bo‘lajak jamiyatning axborotlar jamiyati, deb nom olgani ham tasodifan emas. Yuqorida aytib o‘tilgan fikr hozirgi dunyoning eng rivojlangan mamlakatlarida yorqin namoyon bo‘layotgan tamoyillar bilan tavsiflanadi. Umuman olganda, turli mamlakatlarning bir xilda rivojlanmaganligi bois, hozirgi jahon hamjamiyatidagi o‘tish nisbatan murakkab, ko‘p qirrali bo‘lib kelmoqda. Birinchidan, bu yuqorida aytib o‘tilgan «postindustrial» tamoyillardir. Ikkinchidan, tobora tarmoqlashib borayotgan jahon aloqalarida namoyon bo‘luvchi integratsiya jarayonlarining kuchayganligi; qit’alar va qit’alararo ko‘lamdagi turli xil birlashmalarning tashkil topishi; nisbatan «bo‘sh» mamlakatlar rivojlanishining jadallashuvi. Uchinchidan, «qoloq» mamlakatlarning jadal industrial rivojlanishi va bozor munosabatlarining ulkan ko‘lam kasb etishi asosida ro‘y berayotgan, mamlakatlar taraqqiyoti «turli darajadaligini» yengib o‘tishga urinish kuchayib borayotganligidir. Mazkur jihatlar bugungi kunda jahon hamjamiyatining barcha mamlakatlari rivojlanishini tavsiflaydi, shunga qaramay bir-biriga o‘xshamagan bir nechta guruhlar ko‘zga tashlanadi. Birinchisi -postindustrial (axborotlar) jamiyati sari harakat tamoyillarini yuksak darajada namoyish etayotgan yetakchi mamlakatlar. Boshqasi - yaqin o‘tmishda 297 «rivojlanayotgan» deb nomlanuvchi mamlakatlar. Va nihoyat, 90-yillarda shakllangan (sobiq sotsialistik) mamlakatlarning alohida guruhi, ana shu mamlakatlarda rejali iqtisoddan «voz kechish» o‘tish jarayonlarining idallosi bo‘ldi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling