H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

 
Asosiy tushunchalar 
Iqtisodiy islohotlar - ishlab chiqarish xo‘jaliklarini, umuman, iqtisodiy 
o‘zgartirish, yangilash ma’nosi anglatadi. 
Iqtisodiy latentlik – bu xufyona iqtisodiyotning bir turi bo‘lib, ochiq 
kriminal xususiyatini ifodalaydi. Iqtisodiy latentlik noqonuniy valyuta 


294 
jarayonlari, poraxo‘rlik, qo‘shib yozish, o‘g‘irlik, xoridorlarni aldash
ta’magirlik bilan yashashni bildiradi. 
 
Seminar darslarida muhokama qilish uchun savollar 
1. Mustaqillik davridagi hayot bilan sobiq ittifoqdagi hayotning farqi. 
2. Mustaqillik yilllarida erishilgan yutuqlar nimalardan iborat? 
3. O‘zgarishlarning ijobiy va salbiy tomonlari nimada? 
4. Biz shu yillarda nimalarga erishdik va nimalarni yo‘qotdik? 
 
Mustaqil ta’lim uchun savollar 
1. Iqtisodiyotda mustaqillik yillari erishilgan yutuqlarning asosiy sabablari. 
2. Mustaqil davlat va mustaqil iqtisodiy rivojlanish nima? 
3. Iqtisodiy islohot nima? 


295 
13 BOB. O‘TISH IQTISODIYOTI NAZARIYASI 
 
13.1. O‘tish jarayonlari va hozirgi O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘ziga 
xos jihatlari 
Iqtisodiyot nazariyasi, avvalambor, iqtisodiy faoliyatning qonuniyatlarini 
aks ettiradi. U masalan, muvozanatli narx-navo, eng katta chiqimlar, o‘sish 
modellari va boshqa kategoriyalar orqali bozor iqtisodiyoti tizimiga xos 
bo‘lgan ma’lum barqaror aloqalarni tavsiflandi. Ammo bozor iqtisodiyoti 
o‘zining barcha jihatlari bilan hamisha mavjud bo‘lgan emas. Hap qanday 
boshqa tizim kabi u ma’lum rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi, iqtisodiyot 
nazariyasi buni ham nazarda to‘tishi lozim. 
Iqtisodiy tizimning rivojlanish bosqichlari 
Iqtisodiy tizimning shakllanish va faoliyat ko‘rsatish jarayoni uch 
bosqichni o‘z ichiga oladi. Birinchisi - tizimning asta-sekin tarkib topishi 
(vujudga kelishi), bu uning jamiyatda hukmron tizim sifatida qaror topishiga 
olib keladi. Ikkinchisi - faoliyat jarayonida uning barcha imkoniyatlari, tarixiy 
afzalliklari turlicha namoyon bo‘ladigan yetuklik davri. Uchinchisi - yangi, 
bo‘lajak tizim elementlarining tug‘ilishi va rivojlanish sharoitlarida asta-sekin 
«rixlatga ketishi». 
Har qanday tizimning tarixiy tabiati (tarkib topishi, yetukligi va «rixlatga 
ketishi») jamiyatning rivojlanishida alohida o‘tish holatlari vujudga kelishini 
izohlandi. Quyidagilar ana shundan holatlarning o‘ziga xos jihatlari 
hisoblanadi:
1) eski va yangi tizim elementlarining birgalikda faoliyat ko‘rsatishi;
2) qarama-qarshiliklarning o‘ziga xos xususiyati o‘lib borayotgan va 
tug‘ilib kelayotgan iqtisodiyot elementlarining kurashi;
3) jamiyat o‘zgarishi bilan izohlanuvchi va uning kelajagi variantlarining 
muqobilligi (mavhumligi)da namoyon bo‘luvchi beqarorlik. 
Tizim iqtisodiyoti faoliyatidagi uch bosqichdan ikkitasini tashkil etuvchi 
o‘tish holatining moddiy asosi ikki tomonlamadir. Bir tomondan, tarixning 
ko‘rsatishiga qaraganda, bu ishlab chiqarish ustuvor omillarining o‘zgarishi. 
Agar jamiyatdan (ustuvor omil - yer) industrial jamiyatga (ustuvor omil - 
jamlangan mehnat, kapital) o‘tish tarixan ana shunday kechadi. Ikkinchi 
tomondan, o‘tish holati - bu odamlar o‘rtasidagi aloqalar tabiatining 
o‘zgarishidir. Shu ma’noda olganda, yuqorida aytilgan o‘tish an’anaviy 
jamiyatdan (urf-odatlarga, an’analarga asoslangan shaxsiy aloqalardan) bozor 


296 
jamiyatiga (buyumli, bozor aloqalariga) o‘tishning o‘zidir. Umuman olganda, 
o‘tmishning (XV – XVII asrlar) lirik o‘tish holati industrial-bozor tizimi 
vujudga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling