H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Rejali tizimni o‘zgartirishning asosiy yo‘nalishlari
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
Rejali tizimni o‘zgartirishning asosiy yo‘nalishlari
Rejali tizim o‘rnini qanday tizim egallashi kerak? Shubhasiz, tizim rejali iqtisodning asosiy kamchiliklarini yenga olishi zarur. Ma’lumki, rejali iqtisod - ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishga, aholi pirovard iste’molini qondirish, uning farovonligini oshirishga zarar keltirsa ham, miqdor ketidan quvishga yo‘naltirilgan, resurslari cheklangan tizim. Bu demak, iqtisodiyotni o‘zgartirish, uning rivojlanishini aynan iste’molni qondirishga bo‘ysundirish zarur. Ammo bunga iste’molning o‘zi ishlab chiqarishni rivojlantirishning 302 haqiqiy chegaralovchisiga aylangan holdagina, ya’ni talab cheklangan (bozor) tizimga o‘tilgan taqdirdagina erishish mumkin. Ko‘rsatmalar bilan yo‘naltiriluvchi rejali iqtisod ayrim korxonalarning tashabbuskorligini, resurslardan yanada to‘la va samarali fondalanish, xodimlarni rag‘batlantirish imkoniyatlarini cheklar edi. Bu demak, ishlab chiqaruvchilarni har xil buyruqlardan ozod qilish, shu ma’noda iqtisodiyotni davlat tasarrufidan chiqarish, uning har bir bo‘g‘inini o‘z faoliyatini tavakkal qilib, talabni qondirish maqsadida olib boruvchi, uning natijalari uchun javobgar bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi mustaqil sub’ektga aylantirish zarur. Rejali iqtisod markazlashgan yagona tizim sifatida iqtisodiy musobaqani, ayrim bo‘g‘inlar o‘rtasidagi raqobatni istisno qilar edi, boshqarish oson bo‘lishi uchun bo‘g‘inlarning soni ham nisbatan ko‘p emasdi. Bu rejali tizim samaradorligini qo‘shimcha ravishda pasaytirardi, chunki ishlab chiqarish chiqimlarining kamaytirilishini, mahsulot sifatining yaxshilanishini, yangi mahsulotlar ishlab chiqarilishini, ilg‘or texnikaning joriy etilishini rag‘batlantirmas edi. Bu demak, iqtisodiyotni shunday o‘zgartirish zarurki, rosmana raqobat muhiti tarkib topishi, ya’ni yirik ishlab chiqarishni maydalashtirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar sonini sezilarli darajada ko‘paytirish, monopoliya borasidagi cheklashlarni bekor qilish zarur. Aytib o‘tilgan yo‘nalishlar o‘rtasida ma’lum farqlar bo‘lishiga qaramay, ularning u yoki bu darajada bozor iqtisodiyotiga o‘tish zarurati bilan bog‘liqligi ko‘rinib turibdi. Bu rejali iqtisodiyot mamlakatlar uchun umuman, xo‘jalikning industrial turi xos ekanligi bilan ham izohlanadi. Ammo amaliyotning ko‘rsatishiga – xo‘jalikning bu turiga aloqalarning ikki xili: to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatmali yoki bilvosita bozor aloqalari xos. To‘g‘ridan- to‘g‘ri ko‘rsatmali aloqalar tizimi samarali emas ekan, uni bilvosita bozor aloqalari tizimi bilan almashtirish lozim. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling