Tinglovchilarining yozma nutq malakalarini baholash uchun yoziladigan esse va uning natijalari


Download 245.45 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi245.45 Kb.
#1122568
Bog'liq
Ahmedov Ravshan






ALISheR NAVOIY NOMIDAGI
O‘ZBeK TILI VA ADABIYoTI UNIVeRSITeTI HUZURIDAGI dAVLAT TILIDA ISh YuRITISh ASOSLARINI O‘QITISh VA MALAKA OShIRISh MARKAZI TINGLOVCHILARINING YOZMA NUTQ MALAKALARINI BAHOLASH UCHUN YOZILADIGAN ESSE VA UNING NATIJALARI

Esse hajmi – 250–300 ta so‘z


Ajratilgan vaqt – 90 daqiqa
Esse turi – mulohazali
Yuqori ball – 20


_____2020-yil _29-iyul____ Toshkent shahri


_______________Ahmedov Ravshan Sherali o'g'li, 22-yosh IT zam_____________________
Tinglovchi haqida ma’lumot (F.I.O., yoshi, sohasi)
Men qayta-qayta o'qiydigan kitob
Ba'zan insonlar qaysi mavzudagi kitoblarni tanlash kerakligida biroz o'yga tolib qoladi. Buning sababi ularning hali hanuz qaysi mavzu ular uchun qiziqligini bilmaganliklarida emas, asosiysi har kim har qanday tavsiya bwradi va o'qish uchun kitoblar talaygina bo'liqb ketadi. Bularning sirasiga men uchun muhim bo'lgan va fikr-u hayolimni olib, o'ziga asir qilgan kitob - O'tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romanidir.
Ushbu kitobni o'qishga tayyorlanayotganim mobaynida mutola qilganman va bu kitob menga boshqacha ta'sir qilgan va kitobga bo'lgan muhabbatimni oshirib, qayta- qayta mutola qilishga undaydi. Onamdan maslahat so'raganimda birinchi bo'lib ushbu kitobni aytgandi, o'sha paytda sababini bilmagandim va o'qib chiqqanimdan keyin tushundimki! Bu kitobda olam-olam ma'no bor va bu insonning qalbini o'g'irlab oladi. O'tkir Hoshimovning boshqa kitoblari ham juda saviyali va o'qiganing sari yana qayta-qayta o'qiging keladi kishi. Masalan, "Tushda kechgan umrlar", "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" va "Nur borki, soya bor" kabilardagi insonni ruhini seskantiruvchi qandaydir bir qo'zg'atuvchi kich bor. Uni bir so'z bilan tasvirlab, tushuntirib berish mushkul. Sababi har bir kitobxonning o'z olami va dunyosi bor. Har kim o'z olami va dunyosi qadar tushunadi. Men uchun borliqni go'zallikka burkagan kitob haqida ham qisqacha bayon qilsam: bu kitob nomi o'chsin urush haqida yozilgan bo'lib, urushdagi o'zbeklarning qahraton hayoti aks etgan. Undagi asosiy qahramonlar: Kimsan, Rano, Robiya, Shomurod, Muzaffar va Kimsanning onasi yani Qoraxotin, Oqsoqol, Hasan duma, Munavvar va shu kabilar his hayajon ila tasvirlangan. Romanning boshlanishi quyidagincha, rus qizi Feyaning maosh tarqatishi va Muzaffarning qurilish qilinayotgan joyda boshliq bo'lib oylik maoshnini taqsimlay bilmaganidan boshlanadi yani oylik maoshi bular qilgan mehnatga qaraganda oz beriladi. To'g'ri Muzaffarning oilasi yo'qdir, lekin u yerda 6ta bolasini boqish uchun ishlayotganlar bor ed va Muzaffarning vijdoni yo'l qo'ymay maoshidan berishni o'ylaydi. Keyin esa uyiga oyisi yani Ranoga limon olib bormoqchi bo'lib sotib oladi va hayoliga ukasining qizi ajib nom bn aytadigan shirinlikni olib bormoqchi bo'ladi va oladi. Mahallasiga yetib borgan Muzaffar ukasining qizini ko'radi va u qizcha yugurib kelib, "Katta dada buvim o'tib qoldilar" deydi. Qizchaning bu gapini eshitgan Muzaffarning qo'lidagi limonlari tushib, sochilib ketadi. Yugurib uyga kirsa onasi o'tirgan bo'ladi, va keyin biladiki, u Qo'qondagi oyisi bo'ladi. Shunday qilib roman boshlanadi. Romanda juda qaynoq qismlar ko'p misol uchun Oqsoqolning ikki o'g'lidan teng qora xat kelgani va Rashid abzining uydan qarg'ishlar ila quvilishi hamda, Ranoning hali uch oylik ham bo'lmagan bolasini tashab, mahallaga tayinlangan rais bilan qochib ketadi, shu o'rinda Kimsan va Robiya bir-birlariga ko'ngil qo'yishib unashtiriladi lekin taqdir ularni birga qilmaydi, Robiya Kimsanni yillar davomida kutadi biroq Kimsandan umuman darak bo'lmaydi keyin esa Qora ammaning majburlashi bilan Qora ammaning ukasi Shomurodga tegishga majbur bo'ladi axir jajji Muzaffar onasiz ancha qiynalib qolgandi. Shunday qilib romandagi har bir parchaning va har bir qahramon hayotining yo'llari ayricha, buning sababi ijodkorning jo'shqin fikrliligi va olovqalbligidir. Bu Romanni oqigan har bir inson undagi har bir detallarni va qahramonlarning hayotiga kirib, ularni o'ziday o'tkazadi. Ushbu kitobdan olgan tassurotlaringa kelsak, hayot mushkul shunga qaramay tinim bilmay ishlab urushdagi yaqinlariga oziq-ovqat kiyim-kechak yuborish ilinjida yurgan qahramonlarning tuyg'ulari bilan o'rtoqlashib juda katta hayot darsligi va o'zim uchun eslatmalar oldim.
Ushbu romaning xulosasiga keladigan bo'lsak, u qora kunlarda yashashning o'zi bo'lmagan axir osonmi, farzandi, zurriyodi, ko'xining oq-u qorasi bo'lmish jigarbandini begona yurtda dushman qo'lida kim bilsin ne qiynoqlar bilan vafot etishi, u ham yetmaganday bu yerda bolam medal olob keladi deya kutib ko'zlari to'rt bo'lgan ota-onalarning qalbidagi mungli iztiroblar so'ngsiz og'riqlar bilan yaralab qalbini bir chetini kemirib turadi. Bu romandagi ma'nolar insonga o'zgacha tuyg'u beradi, va hozirgi dorilamon kunlarni qadriga yetishga chorlaydi.


Yo‘l qo‘yilgan xatolar: a) imloviy __________;
b) ishoraviy __________;
d) uslubiy __________ .


Mazmuni uchun qo‘yilgan ball _____________
Imlosi uchun qo‘yilgan ball _____________
Umumiy ball _____________


Imtihon hay’ati raisi ____________________________________________
A’zolar ____________________________________________
____________________________________________
____________________________________________


Download 245.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling