H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


 Ichki iste’mol talablarini oshirish


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

 
12.5. Ichki iste’mol talablarini oshirish 
Buning uchun: 
•ishlab chiqarishni jonlashtirish va asosiy ishlab chiqarish salohiyatini 
saqlab qolish; 
•aholining real daromadlarini oshirish, shu bilan birga, yuqori daromad 
oladiganlarga emas, balki kam daromad oladigan aholi guruhlariga e’tibor 
berish; 
•iqtisodiy vaziyatni oldindan ko‘ra bilish; 
•xo‘jalikning ustuvor sektorlarida investorlarga kafolat berish; 
•import kilinadigan tovarlar sifati ustidan nazoratni tiklash va hokazolar 
lozim edi. 
Bu konseptual iqtisodiy o‘sishga mo‘ljallangan makroiqtisodiy 
ishlarning natijalari 90-yillarning oxirida O‘zbekiston milliy xo‘jaligini 
rivojlanishiga va iqtisodiy o‘sishining asosiy mezoni bo‘lgan yalpi milliy 
mahsulotining real o‘sishiga katta imkoniyat yaratib berdi. Shu bilan birga 
(yalpi milliy mahsulotning umumiy miqdori va uning jon boshiga o‘sishi), 
millatning, davlatning, mintaqaning iqtisodiy quvvatini yanada kuchaytirishga 
imkoniyat yaratildi. 
Agarda 90-yillarning boshlarida ishlab chiqarish hajmi asosan, uch omil 
hisobiga: a) asosiy kapital (fondlar); b) ishlab chiqaruvchi kuchlar; v) moddiy 
sarflar (tabiiy xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i) hisobiga oshgan bo‘lsa, 90-
yillarning oxirida makroiqtisodiy o‘sishga asosan, intensivlash asosida 
oshirildi, ya’ni texnologiya samaradorlikni oshirish omili bo‘ladi va iqtisodiy-
tabiiy resurslar tejalib zamonaviy fan-texnikani qo‘llash yo‘li bilan mahsulot 
yetishtirish ko‘paytirildi, jumladan, mehnat tejash, kapitalni tejash va har 
tomonlama intensivlash (iqtisodiy taraqqiyotda resurslarni tejashning hamma 
shakllaridan foydalanish) amalga oshiriladi, bu degani takror ishlab 
chiqarishning barcha jarayonlarida sifat o‘zgarishlariga erishiladi. Asaka 
shahrida avtomobil zavodi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Ko‘kdumaloq 


280 
va Mingbuloq konlari ishga tushdi, chet ellik sheriklar ishtirokida o‘nlab 
to‘qimachilik va ip yigiruv fabrikalari, Andijon, Qo‘qon, Yangiyo‘lda spirt 
ishlab chiqarish korxonalari, Xorazm viloyatida shakar zavodi, Qizilqum 
fosforit kombinati, Qoraqalpog‘istonning Qo‘g‘irot shahrida soda zavodi ish 
boshladi. 
Iqtisodiy o‘sish konsepsiyasi bilan bir qatorda, milliy mafkura, milliy 
g‘oya, milliy g‘urur, milliy iftixor degan tushunchalar xalqimiz ongiga singib 
bormoqda. Bu degani, shu hududda ishlab chiqarilayotgan moddiy 
boyliklarning har bir grammida, kilogrammida, tonnasida va hokazolarda 
milliy mafkura, milliy g‘oya, milliy g‘urur, milliy iftixor aks etgan. 
Sababi - iqtisodiyot taqdirini jismoniy va aqliy mehnat sarf qilish 
qobiliyatiga ega bo‘lgan, har tomonlama yetuk odamlar hal qiladi. Misol 
tariqasida keltirishimiz mumkin. 2021 yilda ishlab chiqarilgan yalpi ichki 
milliy mahsulot 734,6 trln. so‘mdan ko‘proqni tashkil etdi. Buning tarkibida 
neft, gaz, elektroenergiya, po‘lat, mineral o‘g‘itlar, sement, qurilish 
materiallari, poyafzal, paxta, bug‘doy, guruch, go‘sht, sut, yog‘, sabzavot va 
mevalar bor, umuman, O‘zbekiston milliy iqtisodi ishlab chiqargan moddiy 
boyliklar milliy iqtisodiyotdagi moddiy ishlab chiqarish ikkiga bo‘linadi: 
• birinchisi-ishlab chiqarish vositasini ishlab chiqarish; 
• ikkinchi-iste’mol buyumlarini ishlab chiqarish. 
Shuning uchun ham milliy iqtisodiyot konsepsiyasida milliy mafkuraning 
mezoni, deb shu millat manfaatlarining negizini nazariy asoslovchi va himoya 
qiluvchi falsafiy dunyoqarashga aytiladi. 
Milliy iqtisodiyot konsepsiyasidagi milliy g‘oyaning mezoni – bu shu 
millat uchun milliy xo‘jalik doirasida ishlab chiqarilayotgan, qanday tashkil 
etish kerak, «nima» ishlab chiqarish, ishlab chiqarish resurslari cheklanganligi 
sababli millat uchun birinchi navbatda nima ishlab chiqarish zarur, buning 
uchun yetarli darajada iqtisodiy resurslar bormi, degan masalani hal etish kerak 
bo‘ladi. 
Ishlab chiqarilgan mahsulot, tovar va xizmatlar hajmi va sifati millat 
mehnatini aks ettirgani va o‘zida mujassamlayotgani bois har bir shaxs 
o‘zining sarflagan mehnatidan g‘ururlanib, yutuqlaridan mamnuniyat hissini 
tuyadi (misol uchun, shu milliy mahsulot eksport qilinsa, jahon bozorlarida 
dunyo standarti talablariga javob berib, raqobatga bardosh bersa va teng 
huquqga ega bo‘lsa). 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling