H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

 
Asosiy tushuchalar 
Bozor -iqtisodiy agentlar o‘rtasidagi har xil moddiy boyliklarni oldi-sotdi 
yo‘li bilan ayirboshdagi iqtisodiy aloqalar shakli.
Bozor iqtisodiyoti - iqtisodiyotni tashkil etish tizimi bo‘lib, xo‘jalik 
taqdirini hal etuvchi qarorlar markazlashtirilgan holda qabul qilinmaydi
mahsulotlarni ishlab chiqarish va taqsimlash reja yo‘li bilan emas, balki ishlab 
chiqaruvchilar va iste’molchilar tomonidan aniqlanadi. U erkin tadbirkorlikka, 
raqobatchilikka va xususiy mulkchilikka asoslanadi. 
 
Seminar darslarida muhokama qilish uchun savollar 
1. Resurslarni tashkil etish muammolarini hal qilishga doir bozor tamoyillari. 
2. Bozor xo‘jaligini tashkil etish shartlari davlat qonunlari; xususiy mulkchilik 
va tadbirkorlik.
3. Raqobatli va raqobatsiz bozor. 
4. O‘zbekistonda bozor xo‘jaligini tashkil etish xususiyatlari: paydo bo‘lishi 
va rivojlanishi. 
 
Mustaqil ta’lim uchun savollar 
1. Bozor iqtisodiyoti tushunchasi. 
2. Bozor iqtisodiyotining umuminsoyligi. 
3. Bozor iqtisodiyotining sub’ektlari. 
4. Bozor turlari. 


269 
12 BOB. BOZORGA O‘TISH DAVRI VA UNING 
O‘ZBEKISTONDAGI XUSUSIYATLARI. 
 
12.1. O‘zbek modeli va uning tamoyillarini jahon tizimida tan olinishi 
O‘zbekistonning mustaqillik yillarida iqtisodiy rivojlanishi mamlakat 
rahbariyati ishlab chiqqan «O‘zbek modeli» markazlashgan rejali 
iqtisodiyotidagi erkin ijtimoiy-yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning 
to‘g‘riligini va asoslanganligining samaradorliligini namoyish etmoqda.
O‘zbekistonda qabul qilingan iqtisodiy rivojlanish modelining asosiy 
farqlanishi mamlakatni tashqi omillar hisobiga qaram qilib qo‘yadigan qisqa 
muddatli spekuyativ kreditlardan rad etishga qaratilgan chuqur o‘ylangan 
siyosati bo‘ldi.
Ushbu modelni izchil amalga oshirish tufayli mamlakat yuqori sur’atdagi 
iqtisodiy rivojlanishga erishdi. Masalan, 1997–2003 yillarda O‘zbekiston 
iqtisodiyoti o‘rtacha sur’at bilan yiliga 3,8–5,2% darajada rivojlanib keldi. 
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnikaviy va texnologik yangilash 
bo‘yicha ishchan muhitni yaratishga mo‘ljallanganligi tufayli 2004 yildan 
boshlab iqtisodiy islohotlar natijasi sifatida yuqori va mustahkam iqtisodiy 
o‘sish sur’atiga ega. YaIM hajmi sotib olish qobiliyati bo‘yicha 2021 yilda 
1990 yil bilan taqqoslaganda 2,5 baravar, 27,1 dan 69,2 mlrd. AQSh dollarida 
ko‘paydi.
Iqtisodiyotning yetakchi sohalarida yuksalishning asosiy omillari 
muhitlarining yaratilishi iqtisodiyot strukturasining asosan, sifatli o‘zgarishni 
ta’minlovchi investitsiyalarni kuchaytirish bo‘ldi. Shunday qilib, 2000–2020 
yillarda mamlakatda YaIMda qishloq xo‘jaligining ulushi 30,1% dan 28,2% 
gacha, o‘sha vaqtning o‘zida sanoat 14,2% dan 35,5% gacha ko‘paydi, xizmat 
ko‘rsatish ulushi esa, 37% dan 36,3% gacha qisqardi.
Agarda 1990 yilda eksport importdan 79,8 mln AQSh dollardan 
ko‘paygan bo‘lsa, 2020 yilda savdo balansida salbiy savdo -6043,8 mln AQSh 
dollarini tashkil etdi.
2000–2011 
yillarda 
iqtisodiyot 
tarmoqlarini 
industriyalash, 
modernizatsiyalash, texnikaviy va texnologik ta’minlash bo‘yicha, sanoatda 
avtomobil, neft va gaz, kimyo, temir yo‘l mashinalarini qurish kabi yangi 
tarmoqlar sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishning umumiy hajmi o‘sishini 
va sanoatning YaIM dagi ulushi 2020 yilda 35,5% gacha yetishi ta’minlandi.
Iqtisodiyotdagi sifatli o‘zgarishlarning boshqacha xarakterli xususiyati – 
bu xizmat ko‘rsatish sohalarining tezda rivojlanishi iqtisodiyot tarmoqlaridagi 
ko‘pincha kelajakda tez rivojlanadigan soha bo‘lib hisoblanadi.


270 
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida natijali investitsiya siyosatlari ishlab 
chiqildi va amalga oshirildi. Chet el investorlari uchun biznes muhiti, huquqiy 
kafolatlar va imtiyozlarning keng tizimi tufayli korxonalarning faoliyatini chet 
el ishtirokchilarining qatnashishi bilan butun tizimli choralar mamlakat 
iqtisodiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari oqimini jiddiy 
ko‘paytirishga yordam berdi. Natijada, 2020 yilda kapital qo‘yilmalarning 
umumiy strukturasida chet el invetitsiyalari ulushi 42,9%ni, shu jumladan, 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari 14,2%ni tashkil etdi.
Chet el loyihalarini realizatsiya qilish bo‘yicha yuqori texnologiyali 
mahsulotlarni yuqori qo‘shilgan qiymati bilan ishlab chiqarishda asosiy 
sherikchilar bo‘lib jahondagi yirik kompaniyalar – AQSh ning («GU», 
«Texaco»), YuAR («Sasol»), Ispaniyaning («Mahal»), Yaponiyaning 
(«ITOCHU», «MITSUBISHI»), Malaziyaning («PETRONAS»), Koreyaning 
(«Koreanair», «KNOC», «LG»), Xitoyning («CNPC»), Rossiyaning 
(«Lukoyl», «Gazprom») hamda xalqaro yirik moliya institutlari – Jahon banki, 
Osiyo rivojlanish banki, Islom rivojlanish banki, Janubiy Koreyaning
Yaponiyaning va bir qator boshqa davlatlarning investitsiya banklaridir.
Iqtisodiyotning rivojlanishida tanlab olingan «O‘zbek modeli» 
demokratik bozor islohotlarining keyingi vaqtda chuqurlashuvi va 
iqtisodiyotning erkinlashuvi chuqur o‘ylangan va izchil amalga oshirilayotgan 
ustuvor siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy qayta o‘zgarishlar bilan birgalikda 
mustahkam va ishonchli poydevorni yaratish, shu bilan birga, milliy 
iqtisodiyotning mustahkam va dinamik asosini qurish aholining izchil yashash 
darajasini oshirishni ta’minlanmoqda.
Bozor munosabatlari asosiga o‘tishdagi «O‘zbek modeli»ni amalga 
oshirishda beshta asosiy tamoyil (prinsip) belgilangan: iqtisodiyotni batamom 
siyosatdan holi etish; davlatning bosh islohotchi sifatidagi rolini saqlab qolish; 
hayotning barcha sohalarida qonun bosh ustuvor bo‘lishi shart; kuchli ijtimoiy 
siyosat realizatsiya qilinishi zarur; bozor iqtisodiyotiga tadjiriy yo‘l bilan xech 
qanday «inqilobiy sakrashlar», «shok terapiyasisiz», xalqning yashash darajasi 
uchun zararsiz bosqichma-bosqich o‘tish. O‘zbekistondagi iqtisodiy islohot 
modeli iqtisodiy tizimning tubdan o‘zgarishini ushbu o‘tishga nisbatan og‘ir 
tushmaydigan tarzda tashkiliy bozor raqobatini yaratish yo‘li bilan ta’minlash. 
Jahon iqtisodiyotida bunday o‘xshash yo‘l haligacha bo‘lmagan. 
O‘zbekistonning milliy iqtisodiyotini erkinlashtirish butunlay va uni 
muvaffaqiyatli amalga oshirish ko‘pincha bir qator ijtimoiy-iqtisodiy shart-
sharoitlarning naqdligiga bog‘liq. Bu yerda hal qiluvchi ahamiyatga, 
jamiyatning roziligiga erishish, ishonchli ijtimoiy sherikchilik mexanizmining 
shakllanishi, aholining eng keng qatlamlari orasida yangi yo‘lni ommaviy 


271 
qo‘llab-quvvatlashni yaratish. Erkinlashtirish strategiyasi umummilliy 
g‘oyalar darajasigacha ko‘tarilishi shart bo‘lishi kerak. Faqat mana shunday 
holatlarda u muvaffaqiyatga ega bo‘ladi. O‘zbekiston bozor islohotlari 
o‘zining modelini bosqichma-bosqich amalga oshirish asosida iqtisodiyotning 
tiklanishiga olib kelishga qobilyatli bo‘ladi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling