H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
stavkasi – bu banklar tomonidan depozitlarga (omonatlarga) belgilangan
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
stavkasi – bu banklar tomonidan depozitlarga (omonatlarga) belgilangan
foiz. Bank tizimi. Bank tizimi -bu kredit tizimining bir qismi bo‘lib, u banklarni, sug‘urta kompaniyalari, pensiya fondlarini, kasaba uyushmalarining tijorat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega boshqa tashkilotlarining fondlarini o‘z ichiga oladi. Bu vaqtincha erkin pul mablag‘larini safarbar etish, jamlash va ularni kreditlar yoki kapital sarflar ko‘rinishida joylashtirishning tegishli shakllarini topishga qodir bo‘lgan muassasalar va tashkilotlar yig‘indisidir. Banklar-kredit tizimining o‘zagini tashkil etadi. Bank tizimi, odatda, ikki qavatli tuzilishga ega. Birinchi qavat markaziy (davlat) banki bo‘lib, u pul xo‘jaligining ahvoli va takomillashtirilishi uchun to‘la-to‘kis javobgardir. U bir tomondan, qulay investitsiya muhiti uchun shart-sharoitni ta’minlashga va kredit munosabatlarini rag‘batlantirishga; ikkinchi tomondan, inflyatsiya jarayonlari avj olishiga yo‘l qo‘ymaslikka da’vat etilgan. Banklar pul bozori agentlarining xatti-harakatiga ta’sir o‘tkazish uchun butun bir vositalar termasiga (banklararo kredit stavkasi, zaxiralar, ochiq bozordagi operatsiyalar) ega ekanligini biz keyinroq bilib olamiz. Ikkinchi qavat tijorat, investitsiya, ipoteka (garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk evaziga qarz beradi), innovatsiya (texnika yangiliklarining yaratilishi va o‘zlashtirilishi uchun qarz beradi) banklaridan iborat. Shuni qayd etish kerakki, hozir tijorat banklari ham, ixtisoslashgan banklar ham o‘z faoliyatlari doirasini ancha kengaytirishgan, turli-tuman operatsiyalarni amalga oshirishadi. Markaziy bank sog‘lom pul muomalasini ko‘llab-quvvatlash maqsadida o‘z ixtiyoridagi vositalar yordamida bank tizimining ikkinchi qavatiga ta’sir o‘tkazishga da’vat etilgan. 11.6. Erkin bozor Mazkur bozorda to‘la-to‘kis mustaqil agentlar faoliyat ko‘rsatadi, ularning har biri o‘z iqtisodiy manfaatini amalga oshirishga intiladi. Bozorning har bir agenti ayirboshlash munosabatlariga kirishar ekan, u yoki bu ne’matni 262 berib, buning evaziga boshqa ne’matni olishga intiladi. Shuning uchun, u yoki bu ehtiyojni qondirishga mo‘ljallangan va ayirboshlash qiymatiga ega har qanday ne’mat tovar hisoblanadi. Almashish qiymati ne’matning ma’lum nisbatlarda boshqa ne’matga ayirboshlash xususiyatini belgilaydi. Masalan «X» miqodoridagi A ne’mati «U» miqoridagi B ne’matga ayirboshlanadi. Agar tovarlar ayirboshlash munosabatlariga kirishar ekan, har bir «oldi- sotdi» jarayonida iqtisodiy manfaatlari mutlaqo qarama-qarshi ikki kontragent uchrashishini fahmlash qiyin emas. Taklifni o‘zida mujassam etgan sotuvchi tovarni qimmatroq sotishga intiladi, talabni mujassam etgan xaridor esa, uni arzonroq olishni istaydi. Kontragentlar xohish-irodasining erkin namoyishi iqtisodiy manfaatlarni amalga oshirishdan boshqa narsa emas, pirovard maqsad esa, iloji boricha ko‘proq foyda olish. Xohish-irodaning bunday namoyishi uchun, shubhasiz, bozorda to‘la erkinlik va oshkoralik bozor barcha agentlarining mutlaq tenglik muhiti hukm surishi lozim. Bozor munosabatlarining bunday holati «erkin bozor» tushunchasi bilan izohlanadi, u bir qator talablarga javob berishi kerak. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling