H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

 
11.5. Bozor infratuzilmasi 
Bozorning rivojlanishi va tarkibiy tuzilishining murakkablashib borishi 
ob’ektiv ravishda uning infratuzilmasini shakllantirishni talab qiladi. Bozor 
infratuzilmasi - bu alohida bozorlarning faoliyat ko‘rsatishiga yordam berishga 
da’vat etilgan ixtisoslashgan tashkilotlar tizimidir. Jumladan, tovarlar va 
xizmatlar bozorlarida ulgurji va chakana savdo tizimi, tovar birjalari faoliyat 
ko‘rsatadi. Savdo korxonalari bozor infratuzilmasining birinchi elementi 
sifatida namoyon bo‘ladi, ular tufayli tovarlar oqimi tartibga solinadi, ayrim 
tovarlar va xizmatlar bozorlaridagi ahvol haqida zarur axborotlar yig‘iladi. 
Tovarlar birjasi. Tovar birjalari, odatda, tovar guruhlarning turdoshlik 
va yaqinlik belgilariga ko‘ra (masalan, g‘alla, neft, paxta birjalari) shakllanadi. 
Ular nafaqat mavjud tovarlarning realizatsiya qilinishiga, shu bilan birga
kelajakda yetkazib beriladigan mahsulotlar yuzasidan bitimlar to‘zilishiga 
xizmat qiladi. Aytaylik, paxta yoki g‘alla yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi 
xo‘jaliklarga hosil olish bilan bog‘liq ishlar majmuini me’yorida amalga 
oshirish uchun mablag‘ yetishmaydi. Bunday holda ular tovar birjasiga 
murojaat etishlari va bo‘lajak hosil evaziga qarz olishlari mumkin. Ayni 
vaqtning o‘zida qarz oluvchi bilan qarz beruvchi o‘rtasida bir tonna bo‘g‘doy 
yoki paxtaning narxi xususida ahdlashuvga erishildi.
Fond birjasi. Bozor infratuzilmasining boshqa muhim elementi fond 
birjasi -qimmatbaho qog‘ozlar: aksiya va obligatsiyalarning oldi-sotdisi 


261 
amalga oshiriladigan va ularning kursi, ya’ni bozor bahosi belgilanadigan 
tashkilot hisoblanadi. Fond birjasi, o‘z navbatida, brokerlik kompaniyalari 
shohobchasidan iborat o‘z infratuzilmasiga ega. Brokerlik kompaniyalari 
mijozlarining topshirig‘i bilan birja operatsiyalarini amalga oshiradi.
Fond birjalari banklar o‘z operatsiyalarini amalga oshiradigan pul bozori 
bilan mustahkam bog‘liq. Pul bozori jamg‘armalari tizimi hamda aksiya kursi 
(fond birjasidagi) va foiz stavkasi (bank tizimidagi) o‘rtasidagi aloqalar 
vositasida fond birjalari bilan banklar o‘rtasida aloqalar o‘rnatiladi. Foiz 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling