H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Investitsiya tovarlari bozori
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
Investitsiya tovarlari bozori. Real kapital bozori ishlab chiqarish
omillari bozorining boshqa bir tarkibiy qismi hisoblanadi. Real kapital bozoriga, avvalambor, ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan tovarlar va xizmatlarni yoki aholi ehtiyojini qondirish uchun bevosita mo‘ljallanmagan, ammo bilvosita (etkazib beriluvchi dastgohlar, mashinalar, texnologiyalar, xom ashyo va materiallar orqali) jamiyatning zarur ne’matlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bo‘yicha vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan tovarlar va xizmatlarni kiritish lozim. Bunday bozor uchun ishlab chiqarish aloqalarining barqarorligi, tijorat operatsiyalarining keng ko‘lamligi va sheriklar o‘rtasidagi munosabatlarning uzoq muddatga mo‘ljallanganligi hosdir, chunki odatda, investitsiya yoki kapital mablag‘lar sarflash muammolarining hal etilishi ana shu bozor bilan bog‘liq. Bizning fikrimizcha, ilmiy-ishlab chiqarish mahsulini ham shu xildagi bozorning ko‘rinishlari qatoriga kiritish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Fan - texnika inqilobi sharoitida u texnologiyalarni, texnikani, xo‘jalik va ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlarni tashkil etish va boshqarish tizimlarini takomillashtirish borasida katta ahamiyat kasb etadi. Bu shunday bozorki, unga eng yuksak aqliy va ijodiy mehnat, o‘ta zamonaviy investitsiya tovarlari va materiallari, shuningdek, katta tavakalchilik bilan bog‘liq ayniqsa, muhim va amaliy taddiqotlar sohasidir. Mazkur bozorda mazmun - mohiyata yo texnika tamoyilida, yo texnikaning xizmat ko‘rsatish usulida, yo mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etish ko‘rinishida bo‘lgan ma’naviy mahsulot yoki xizmattovar vazifasini o‘taydi. Patentlar, litsenziyalar, nou-xau (bilim va tajriba), injiniring, tajriba namunalari va hokazolar oldi-sotdi ob’ekti hisoblanadi. Mazkur bozor mahsulotlarining investitsiya tovarlari ahvoli va sifatiga, ishchi kuchiga, boringki har qanday pirovard tovarlar va xizmatlarga ta’sir doirasi serqirraligi va serjabhaligi ta’lim, oliy maktab va fan tizimining faoliyati shart-sharoitlariga e’tibor qaratish zaruratini taqozo etadi hamda madaniyat-ma’naviyat bilan qo‘shilib, insoniyat manfaatlariga zid bo‘lmagan, chinakam ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashning yo‘l boshlovchi nuqtasiga aylanadi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling