H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Milliy bozor. Barcha moliyaviy munosabatlar o‘z iqtisodiy mazmun - 
mohiyatiga ko‘ra, agar ne’matga egalik huquqi va uning qiymati boshqa 
shaxsga o‘tadigan bo‘lsa, ana shunday beg‘araz munosabatlar qatoriga kiradi. 
Soliqlar, ijtimoiy to‘lovlar, yordam pullari, sovg‘a qilish, vasiyat va hokazolar 
shular jumlasidandir. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, bu munosabatlarning 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bevosita bozorga aloqasi bo‘lmasa ham, ular bozorning 
ahvoli va faoliyatiga bilvosita ta’sir etadi. 
Sog‘liqni saqlash tizimi o‘z ravnaqi uchun budjetdan qandaydir 
mablag‘larni, ishsiz qolgan odam ishsizligi uchun nafaqa oladi, deb taxmin 
qilaylik. Bu sof ko‘rinishdagi moliyaviy munosabatlardir, zero, huquqiy va 
jismoniy shaxslarni beg‘araz, bir tomonlama moliyaviy ta’minlash ro‘y 
bermoqda. Ammo ana shu xo‘jalik sub’ektlari mablag‘larni olib, ularni (pulni) 
o‘z hayotiy ehtiyojlari yoki vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan tovarlar 
va xizmatlarga almashish maqsadid bozorga yo‘l oladilar. Natijada, bozorda 
qo‘shimcha ehtiyoj paydo bo‘ladi, bu narx-navo ko‘tarilishini va hokazolarni 
keltirib chiqarishi mumkin. Demak, ijtimoiy muhitning o‘zi bozor 
munosabatlari faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishining omillaridan biri sifatida 
namoyon bo‘lmoqda.


251 
Boshqa, oddiy bir voqeani olaylik, ishga joylashishning bozorga aloqasi 
yo‘qdek ko‘rinadi vaholanki, bunday emas. Bu holda ishga qabul qiluvchi 
xaridor rolida, xodim esa, ishchi kuchini, ya’ni mehnatga layoqatini sotuvchi 
rolida munosabatga kirishadi. Bu mehnat bozoridagi bitimdir. Shuning uchun 
bozor haqidagi tasavvuringiz bilan bog‘liq pirovard xulosani chiqarishga 
shoshilmang.
Bozor ishlab chiqaruvchilar bilan ist’emolchilar o‘rtasida to‘g‘ridan-
to‘g‘ri va teskari aloqalar qaror topishini ta’minlaydi va qullab-quvvatlaydi. 
Ehtiyojning o‘zgarishi taklifning o‘zgarishini keltirib chiqaradi. Shu tarzda 
iste’molchilar ehtiyoj orqali ishlab chiqarishda jamiyat uchun zarur 
yo‘nalishda o‘zgarish ro‘y berishiga ta’sir o‘tkazadilar. O‘z navbatida, ishlab 
chiqarish, yangi tovarlar va xizmatlarni taklif etar ekan, shu yo‘l bilan ijtimoiy 
ehtiyojning tarkibiy o‘zgarishiga ta’sir etadi. Shunday qilib, bozor orqali 
ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibiy tuzilishining barcha ne’matlar yig‘indisiga, 
ijtimoiy ehtiyojning hajmi va tarkibiy tuzilishiga mutanosibligining tabiiy 
qaror topishi ro‘y beradi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling