H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Davlatning roli. Haqiqiy bozor tizimlari hamma vaqt davlat doirasida 
mavjud bo‘lib, u muqarrar ravishda iqtisodiyotga aralashadi. Bozor va davlat -
bu ikki qudratli kuchlar qanday qilib o‘zaro harakat qiladi? Bozor o‘zini-o‘zi 
tartibga soluvchi tizim sifatida ko‘p hollarda o‘zining vazifalarini butunlay 
mustaqil ravishda bajarishga qobiliyatlidir.


248 
Ammo bir qancha vaziyatlarda bozor qiyinchiliklarni uddalashga 
qobiliyatsizroq va bu yerda davlatning yagona faol harakati qiyin holatdan 
chiqish yo‘lini topishi mumkin.
Birinchidan, bu jamiyatga oid va notijorat moddiy boyliklarga tegishli. 
Masalan, sud, prokuratura (unda barcha qaror, yechimlar faqat boylarning 
foydasiga hal bo‘lishi mumkin) yoki xususiy armiyalarning yaratishlarni bozor 
tizimida o‘tazib bo‘lmaydi.
Ikkinchidan, (yana nima to‘g‘risida gapirish mumkin), bozor o‘z-o‘zidagi 
ijtimoiy muammolar bilan kelisha olmaydi.
Uchinchidan, juda ham ko‘p iqtisodiy muammolar mavjud bo‘lib, ularni 
hal etish bozor yo‘li bilan mumkin, ammo amaliyotda davlatning aralashuvini 
talab etadi, sababi haqiqiy bozor mexanizmlari (sof nazariy tasavvur qilishdan 
farqlanishida) mutlaqo mukammallashgan holda bo‘lmaydi.
Qanday bo‘lmasin, sof bozor tizimida davlatning roli cheklangan, davlat 
iqtisodiy sub’ektlarni boshqarish vazifasini o‘ziga olmaydi. Axir bunday 
tipdagi sivilizatsiyaning asosiy afzalligi bo‘lgan o‘zini-o‘zi tartibga soluvchi 
bozor mexanizmlari buziladi.
Biz bu yerda qo‘shimcha sharh beramiz: davlatning roli cheklangan 
deganimiz, kuchsiz, bo‘sh deganimiz emas. Iqtisodchilar bu atamani 
ishlatishda shunday demoqchilar, ya’ni asosiy iqtisodiy muammolarni asosan, 
bozorning o‘zi hal etadi, davlatning bunga aralashuvi faqat vaqtincha yoki 
qisman bo‘ladi, ya’ni davlat o‘zini bozorning o‘rniga almashtirishga 
urinmaydi, haqiqatan esa, faqat qat’iy zaruriyat tug‘ilganda harakat qiladi.

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling