H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
11.2. Bozor tushunchasi Avvalgi boblardan bizga shu narsa ma’lum bo‘ldiki, iqtisodiyotda ijtimoiy mehnat taqsimoti rivojining ob’ektiv qonuniyatlari ta’siri ostida xo‘jalik faoliyati ayrim turlarining u yoki bu shaklda ajralib chiqishi doimo ro‘y berib turadi. Bir vaqtning o‘zida mazkur jarayon mulk institutlarini vujudga keltiruvchi munosabatlar bilan mustahkamlanadi. Hamkorlikning turli-tuman ko‘rinishlarini o‘rnatish: ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash, jamlash va kombinatsiyalash, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash yo‘llarida mavjud zahiralardan foydalanishning eng samarali usullarini izlanish - alohida ajralib chiqan ishlab chiqarish birliklari o‘rtasida teng huquqli sheriklar orasida 250 bo‘lganidek ayirboshlash asosida xo‘jalik aloqalari o‘rnatilishini hamisha talab qilib kelgan. Bozor. Har biri o‘z iqtisodiy manfaatini amalga oshirishga intiluvchi ko‘p sonli xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida xuddi shunday aloqalarning o‘rnatilishiga bozor xizmat qiladi va u milliy iqtisodiyotning aniq maromda, uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. Shuning uchun bozorning eng asosiy tavsifini quyidagi ta’rif bilan ifodalash mumkin: «bozor - bu ayirboshlash munosabatlariga hamda barcha ne’matlar va xizmatlarning pulliligiga asoslangan xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar tizimidir». Bozorning bunday ta’rifi unga berilgan sodda va aslini olganda xato talqinlardan qochib qutilish imkonini beradi. Bozor deganda, nomi bozor bo‘lishiga qaramay, ayirboshlash jarayoni sodir bo‘ladigan joyni ham, tovarlarning oldi-sotdisi bilan bog‘liq faoliyatning bir turi sifatida savdoni ham tushunish kerak emas. Biz bozor haqida gapirganimizda, xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasidagi tovarlar va xizmatlar beg‘araz taklif etilmasligi tamoyiliga asoslangan iqtisodiy munosabatlar tuzilmalarining jami yig‘indisini nazarda tutishimiz lozim. Bu demak, agar biz milliy iqtisodiyotni to‘la-to‘kis olib, undan huquqiy va jismoniy shaxslarning beg‘arazlik soddaroq qilib aytganda, tekinlik tamoyiliga asoslangan iqtisodiy munosabatlarini chiqarib tashlasak, bu holda, milliy bozor tushunchasini olamiz. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling