H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Ijtimoiy tengsizlik muammolari


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Ijtimoiy tengsizlik muammolari. Raqobatchilik bozor iqtisodiyotining 
shaxsiyatparastligiga qarama-qarshi xizmat qilishi shunday ma’noni anglatadi, 
ya’ni tadbirkorlar o‘zining kuchini, talabini qondirishga yo‘naltirishiga 
majburlaydi. Ammo u muvaffaqiyatli kapitalga, agar u bozor talabini to‘g‘ri 
tutadigan bo‘lsa, aslo boyib ketishga, hatto juda ham boy bo‘lishiga qarshi 
emas. Bu iqtisodiy taraqqiyotga yordamlashadi, tadbirkorlik faoliyatiga kuchli 
asos yaratadi. Ammo bir vaqtda bozor tizimi jamiyatning ijtimoiy 
qutblanishini rag‘batlantiradi.
Resurslar egalarining qo‘lida iqtisodiy hukmronlikni to‘plash ro‘y beradi. 
Aksincha, aholining ko‘pchilik qismi iqtisodiy resurslarga egalik qilishdan 
mahrum etilgan, bu o‘z navbatida unga iqtisodiy qaramlikni tug‘diradi. 
Jamiyatda biri ish beruvchi, boshqasi esa, yollangan ishchi sifatida chiqishi 
tasodifiy emas. Shu bilan birga, daromadlarning tabaqalanishi, mol-mulk 


249 
qatlamlarga bo‘linishi ro‘y beradi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, bozor tizimi 
o‘z-o‘zidan avtomatik ravishda ijtimoiy adolatlilikni ta’minlamaydi, aksincha, 
uning vektorlari qarama-qarshilik yo‘nalishlarga ega. Aynan shuning uchun 
ham bozor tizimi sivilizatsiyasi doirasida rivojlanayotgan ijtimoiy tengsizlik 
muammosi davlatning taqdirida katta rol o‘ynagan va kelgusida ham o‘ynaydi. 
Agar ijtimoiy tengsizlikning bir qancha tanqidiy choralari oshirilsa, 
mamlakatda ommaviy qo‘zg‘olon va to‘lqinlar boshlanadi, ko‘proq holatlarda 
esa, inqilobiy to‘ntarishlar ro‘y berishi mumkin. Aynan bozor sivilizatsiyasi
shunday kuchli ilmiy va g‘oyaviy davlat qobiliyati kabi oqimlar barcha 
imkoniyat tarixini, sinflarning kurashini o‘zining moddiy manfaatini himoya 
qilish prizmasi orqali ko‘rib chiqishni yuzaga keltirgan. Tarixiy tajriba 
guvohlik qiladi: mamlakatda qanchalik ijtimoiy adolatsizlik kuchli bo‘lsa, 
bunda insoniyat tarixida yuz bergan g‘oyalar va unga yaqin qarindosh 
ta’limotlar pozitsiyasi shunchalik mustaqil bo‘lgan. Qaysi jamiyatda moddiy 
muvaffaqiyat oliy darajadagi qadriyatlar soniga qarashli bo‘lsa, hamma 
narsadan mahrum qilingan qatlamlarning noroziligi muqarrar ravishda kesim 
shaklni tug‘diradi. Hozirgi zamondagi rivojlangan bozor jamiyatida bir qator 
ijtimoiy adolatsizlik darajasini cheklaydigan institutlar shakllangan. 
Davlatning roli ayniqsa, ijtimoiy sohada kuchli. Shunday progressiv soliq 
to‘lash tizimi boylarni kambag‘al-faqirlarga nisbatan ko‘proq soliq to‘lashga 
majburlaydi. Pensiya ta’minoti, tibbiyotni sug‘urtalash, ishsizlik bo‘yicha 
yordam berish, bepul ta’lim va aholining kambag‘al-faqir qatlamining 
munosib hayotlik ko‘pchilik boshqalar ma’lum iste’mol minimumini 
kafolatlaydi.
Mana shu yuqrida qayd etilgan ijtimoiy hayotga munosib barcha 
yo‘nalishlar uchun bizning mamlakatimizda sharoitlar yaratilgan.

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling