H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
Xususiy mulkchilik. Bozor iqtisodiyoti uchun ishlab chiqarishni amalga
oshirish borasida xususiy mulkchilik asosiy ahamiyatga ega. Barcha huquqiy tutam bitta jismoniy yoki huquqiy shaxslar qo‘lida to‘planganda mutlaqo xususiy mulkchilik haqida gapirish mumkin. Ammo mulkdor huquqiy mulkning bir qismini qandaydir aniq shartlar asosida boshqa shaxslarga bersa, masalan, korxona egasi moneterlarga uni boshqarish huquqi bilan berdaigan bo‘lsa. Huquqni taqsimlash kombinatsiyalarinig variantlari korxonalarning har xil shakllarini yuzaga keltiradi (xususiy korxonalarnig shaxsiyatparasligidan hissadorlik jamiyatigacha). Mulkchilik huquqining boshqacha to‘lmagan sharoitlari bo‘lishi ham mumkin. Ular mulkdor to‘plamiga kiradigan huquqlarining bir qismidan mahrum bo‘lsa yoki bu huquqlarning bir qanchasi boshqa shaxslar tomonidan qonunga hilof ravishda tartibga olingan bo‘lsa ham yuzaga keladi. Har bir mulkdorning huquqi aniq ifodalanishi, huquq to‘plami elementlarining farqlanishi, ularning qonuniy mustahkamlanishi va himoyasi aniq bo‘lishi lozim. Mulkdor huquqi iqtisodiyot nazariyasi fanida mulkdor huquqini tasniflash nomini oldi. Bu tushuncha teskari (qarshi) tushuncha bilan ifoda etilishi mumkin. Tasniflash deganda, iqtisodiy resusrlarga erkin kirish mulkdordan tashqari barcha uchun istisno etiladi, degan ma’noni anglatadi. Agar barcha uchun resurslarga erkin kirish bo‘lsa, unda ular hech kimniki bo‘lmay qoladi (egasiz bo‘lib qoladi). Bozor munosabati faqat tasniflash naqd bo‘lganda ishlay boshlaydi. Hozirgi vaqtda mulkdorning huquq to‘plashi aniq ifoda etilmagan shu tufayli yetarli darajada qonun bilan samarali himoya qilinishi kerak. Asosan, buni MDH mamlakatlarida xususiylashtirilgan korxonalar misolida ko‘rish mumkin. Mulkdor huquqi bu yerda uchta asosiy guruhlar -sub’ektlar o‘rtasida «bo‘lingan»: 1) korxonalar ishchilari o‘rtasida; 2) ushbu korxonalar rahbarlari o‘rtasida; 245 3) tashqi mulkdorlar o‘rtasida (ular o‘rnida ko‘proq xususiy firmalar va banklar chiqadilar). Ular o‘rtasida barcha huquq to‘plamiga ega bo‘lish yoki ularda bosh bo‘lish uchun kurash ketadi. Iqtisodiy kategoriyalarning tilidan foydalanib aytadigan bo‘lsak, ko‘p joylarda mulkdor huquqini rasman berishi sodir bo‘ldi, tasniflash esa, hali tashkil topish jarayonida turibdi. Bozorning rivojlanishi bilan tasniflash yangi fazaga kirishi kerak, qachonki, mulkdorlar huquqining to‘plami qayta taqsimlanishi natijasida (olib sotish, olib-sotarlik, qisman qarzni o‘zaro kechmoq, korxonalarning yomon boshqaruvi natijasida bankrot bo‘lishi) huquq mustahkamlanadi va ko‘proq samarali, resusrlardan ratsional ravishda foydalanishga qobiliyatli mulkdorga o‘tadi. Davlatning eng asosiy vazifalaridan biri-shunday rivojlangan voqealarni rag‘batlantirish bo‘ladi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling