H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

 
Qisqacha xulosalar 
Albatta, 
qiymat 
nazariyasi 
iqtisodiyot 
fanining 
eng 
asosiy 
muammolaridan biri bo‘lib, uning asosiy yaratilish negizini isbotlab berish 
uchun iqtisodchi olimlar juda ko‘p yillar davomida urinib ko‘rganlar va 
haligacha urinmoqdalar. Tarixda juda ko‘p va katta ahamiyatga ega bo‘lgan 
iqtisodchi olimlar va iqtisodiy manbalar bu muammoni ijobiy hal etish uchun 
har xil xulosalarga kelganlar, buni biz mazkur bobda batafsil ko‘rib chiqdik. 
Agarda haqiqatan ham iqtisodiyot faniga asosiy fan nuqtai nazaridan kelib 
chiqqan holda yondashsak, birinchi navbatda, qiymatning mehnat 
nazariyasidan, ya’ni qiymatni yaratuvchi asosan mehnat omili, deb faraz 
qilinsa, qiymatni yaratishda hamma ishlab chiqarish omillari qatnashadi 
(kapital, tabiiy resurslar, yer), faqat mehnat emas.
Lekin shunday ilmiy haqiqat borki, mexnat – ishlab chiqarishning asosiy 
omili. Qolgan omillarni (kapital, tabiiy resurslar, yer) ham harakatga 
keltiruvchi omil bo‘ladi, mehnat bo‘lsa bu omillarsiz umuman, o‘zidan-o‘zi 
harakatga kelmaydi, bir oddiy ashyo bo‘lib qoladi. Kishilar mehnati bilan 
yaratilgan mahsulot xarid qilingandan keyin kapitalga aylanadi, tabiiy resurs 
ham shunday, mehnatsiz bu oddiy «o‘lik» holatdagi narsa. Endi 


240 
texnika­texnologiyalarga kelsak, ular ham kishilar mehnatini sarf qilish 
natijasida (aqliy va jismoniy turlari) yuzaga keladi.
Shuning uchun U.Petti, A.Smit, K.Markslar qiymatning mehnat 
nazariyasida – qiymatining birinchi yaratuvchisi mehnat, deganda katta haq 
edilar. 
Qiymat ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladi va muomala jarayonida 
amalga oshiriladi, bu kishilar mehnatining natijasi, ya’ni aniqrog‘i, tovar ishlab 
chiqaruvchilar mehnatining mujassam natijasidir.
Qiymatning 
mehnat 
nazariyasi 
tarafdorlari 
juda 
ham 
yaxshi 
tushunardilarki, ya’ni iste’mol qiymatsiz, moddiy ne’matlarning umumiy 
foydaligisiz, umuman, tovar kategoriyasining mavjud ekanligini. Gap bu yerda 
boshqa narsa to‘g‘risida ketayapti, ya’ni qiymat ularning fikri bo‘yicha faqat 
ishlab chiqarish jarayonidan yaratiladi, ya’ni bu-tovarning ob’ektiv 
xususiyatidir. Lekin agarda xaridorlarning bozor baosisiz ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarning foydali samarasini aniqlash mumkin bo‘lmasa, unda, ehtimol, 
qiymat (bahosi) eng avval almashuv kategoriyasidir. Shu jumladan, Avstriya 
maktabi ham, tovar qiymatini yaratishda uchta teng huquqiy ishlab chiqarish 
omillari: mehnat, kapital va yer qatnashadi, faqat mehnat emas, deb 
ta’kidlaganlar.
Eng yuksak foydalilik nazariyasi vakillari, qiymatni (bahoni) 
foydalilikdan chiqarib, uning ikkita foydalik turini yaratish zarur, degan 
xulosaga keldilar:
a)abstraktli yoki haqiqiy foydalilik, ya’ni moddiy ne’matlar kishilarning 
qanday bo‘lmasin biron ehtiyojini qondirish qobilyatiga ega bo‘lishi; 
b) aniq foydalilik, ya’ni shu moddiy ne’matning ushbu nusxasi foydaligini 
sub’ektiv baholashni bildiradi.
Bu sub’ektiv baholash ikkita omilga bog‘liq: ushbu moddiy ne’matlar 
zaxiralarining borligiga va ularga qondirilgan (to‘yingan) darajasiga.
G. Gossen qonunga binoan, ehtiyojlarning qondirilishi «qondirish 
darajasi» o‘sadi, aniq naflilik o‘lchami («qat’iy extiyoj» darajasi) pasayadi. Bu 
degani, har qaysi ushbu ehtiyojni qondira oladigan kelgusi ne’mat oldingiga 
qaraganda kamroq foydalilikka egadir, ya’ni «qat’i ehtiyojni» qondira 
oladigan ne’matlarning cheklangan zaxiralari uning «so‘nggi» nusxasiga 
egadir. Bu yerda shunday xulosa qilish kerak, eng kam qat’i ehtiyojni qondira 
oladigan ushbu ne’mat bahosi so‘nggi nusxaning foydaliligida aniqlanadi.
Bu yerda misol tariqasida tarki dunyo qilib o‘rmonda yashaydigan, besh 
qop bug‘doy egasi bo‘lgan cholni keltirish mumkin. Bu qoplardagi 
bug‘doyning foydaliligi kamayuvchi tartibda joylashgan: 
•birinchi qop eng kerakli ehtiyojni qondirish-oziq-ovqat uchun;


241 
•ikkinchisi, oziq-ovqatni yaxshilash uchun;
•uchinchisi, uy parrandalarini boqish uchun;
•to‘rtinchisi, piva tayorlash uchun;
•beshinchisi, ermak uchun (to‘ti qushni boqishga).
Bu tarki dunyochi qaysidir bir qopidan ayrilsa, faqat to‘ti qushni boqishni 
rad etar edi (ya’ni eng kam qat’i ehtiyojni qondirishdan). Shuning uchun xuddi 
shu yo‘l bilan har qaysi qopdagi bug‘doyning bahosi aniqlanadi.
Oygen fon Byom-Bа
́verkning aytishicha, moddiy ne’matlar bahosining 
o‘lchami ehtiyojlar qatorida oxirgi o‘rinni egallab turadigan ehtiyojlarda 
aniqlandi. Bu holat foydalilik nazariyasining markaziy punkti bo‘lib 
hisoblanadi. A.Marshall nazariyasi qiymat va baho bozor kuchlarining o‘zaro 
harakatini aniqlashga olib boradi, ya’ni talab (yuksak foyda) va taklif (tovar 
ishlab chiqarish sarf­xarajatlari) tomonidan yetadigan kuchlarga qaratilgan. 
A.Marshall 
nazariyasidan 
boshlab 
iqtisodiy 
nazariyada 
qiymat 
substansiyasidan uzoqlashish va funksional tahlilga, ya’ni bir vaqtda baho va 
talab-taklifning o‘zaro ta’sirini aniqlashga o‘tish boshlandi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling