H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


 Marjinalizm: qanday yangilik bor?


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

10.7. Marjinalizm: qanday yangilik bor? 
1. Marjinalizm induvidual iste’molchilar uchun ne’matlar foydasini 
sub’ektiv baholash asosida qiymatini belgilaydi va bunda ne’matning 
qo‘shimcha birligi qo‘shilishi asosida aniq foydaning o‘sishini hisobga oladi. 
Klassik siyosiy iqtisodga asosan qiymatni belgilash asosida mehnat sarflari 
(yoki ishlab chiqarish sarflari) kiradi. Qiymatni aniqlashda sub’ektiv 
yondashish marjinalizmga xosdir. Aniq iste’molchining induvidual baholashi 
evaziga tovar o‘z qiymatiga ega bo‘ladi. 
2. Marjinalizm iqtisodiy hodisalar va jaryonlarning mohiyati hamda 
shakllarni xarakterlovchi o‘ta kattaliklardan foydalanuvchi iqtisodiy tahlilning 
yangi uslublariga asoslanadi. Klassik siyosiy iqtisod esa, iqtisodiy 
hodisalarning faqat mazmunini ko‘rib chiqib, ularni yo yig‘indi yo o‘rta 
kattalik bilan baholardi. 
3. Eng yuksak naflilik nazariyasi biron-bir ne’matlarning asliy 
foydaliligiga qurilgan emas, masalan, suv temirning insonlar iste’moli bilan 
bog‘liq foydaliligi emas, balki sotuvchi, ishlab chiqaruvchi va iste’molchi 
manfaatini tashkil etuvchi ne’matning aniq birligining foydaliligiga qurilgan. 
4. Nematning qiymati uning cheklanganligi bilan bog‘lanadi. Aralash 
ne’matning har bir bo‘lak foydaliligi bilan bevosita iste’molning intensivligi 
o‘rtasidagi bog‘liqlikka quriladi va shaxsning ixtiyoridagi ne’mat miqdori ham 
hisobga olinadi. 
5. Klassik siyosiy iqtisod shaxsiy iste’mol muammosini o‘rganmagan va 
uni iqtisodiy nazariya predmetiga kiritmagan. K.Menger tufayli, u esa, inson 
ehtiyojlari va ularni qondirish vositalari ustidagi hukumronligi bilan bu esa har 
qanday insoniy xo‘jalikning boshlanish tayanchi -iqtisodiy nazariya 
iste’molchilarning shaxsiy manfaatlari va harakat motivlarini o‘rganadi, deb 
qayd qiladi. Bu bilan iste’molchi xatti-harakati nazariyasi barpo etildi. 
6. Klassik siyosiy-iqtisod muomala sohasiga nisbatan ishlab chiqarish 
sohasining birlamchi qiymati ishlab chiqarish jaryonida shkllanadigan 
kategoriya, deb hisoblanardi. Marjinalizm o‘z taraqqiyotining birinchi 
bosqichida iste’mollar sohasini ilgari surdi. O‘z taraqqiyotining ikkinchi 
bosqichida esa, marjinalizm konkret ne’matlar ishlab chiqarish va iste’moli 
sohalarini bir ­ biriga qarama­qarshi qo‘ymadi, balki ularni o‘zaro bog‘ladi. 
A.Marshall tufayli talab va taklif o‘zaro harakati yagona mexanizmi orqali 
muvozanatli bozor narxinig shakllanishi ko‘rsatilgan.
7. Marjinal nazariya iqtisodiy tahlilning matematik uslublarini keng 
qo‘llaydi. Ne’matlar foydaliligi funksiyasi aniqlandi (naflilik funksiyasi 
mazkur shaxs bozoridagi qandaydir bir tovarlar miqdoridan olishi mumkin 
bo‘lgan foydananing kattaligini belgilaydi). 


239 
Iqtisodiy tahlilda iqtisodiy hodisalarni afzallik ko‘rsatkichidan, befarqlik 
egri chizig‘idan, elastiklik holatlaridan va boshqalardan foydalanildi.
Matematika marjinalizmga nafaqat o‘ta kattaliklarni tahlil qilish uchun, 
balki ro‘y berishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy jarayonlardan eng yaxshi 
variantlarini tanlashda qarorlarni asoslash uchun ham zarur bo‘ldi. 
8. O‘ta kattalik nazariyasi nafaqat ayirboshlash va iste’mol qilish 
sohasida, balki ishlab chiqarish sohasida ham qo‘llanildi ishlab chiqarish 
faoliyatini yangicha baholashda maksimallash va minimallash muammolarini 
yechishda, sarflar va natijalarni solishtirishda o‘ta kattaliklardan foydalanildi. 
9. 
Bozor 
muvozanati 
nazariyasi 
parpo 
etildi, 
marjinalchilar 
A.Marshallning qisman muvozanat nazariyasidan foydalanishi bilan birga
L.Valrasning umumiy muvozanat nazariyasidan ham foydalandilar. 
Iqtisodiy muvozanat muammosi iqtisodiy sub’ektlar xatti-harakatlaridagi 
manfaat va motivlarning birgalikdagi harakati prizmasi orqali qarab chiqildi. 
Marjinalizm iqtisodiy nazariya sifatida xo‘jalik sub’ektlari faoliyatining 
iqtisodiy manfaatlari va motivlarining o‘rganishni o‘z izlanishlari doirasiga 
kiritdi, u insonga – moddiy ne’matlarni iste’mol qiluvchi va yaratuvchi tomon 
yuz tutdi va inson bilan xo‘jalikni birlashtirdi. Iqtisodiy tahlilning yangi 
uslublari iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish taqsimotining va cheklangan 
resurslardan foydalanish optimal variantlarini topish imkonini berdi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling