H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
MUx,MUy,MUz bilan belgilaymiz. Shunda maksimallashuvi qoidasi quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi. MU x/ Px=MU y/ Py=MU z/ Pz
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘rin egallash chegaraviy normasini tenglashtirish tamoyillari
MUx,MUy,MUz bilan belgilaymiz.
Shunda maksimallashuvi qoidasi quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi. MU x/ Px=MU y/ Py=MU z/ Pz 10.5. Naflilikning umumiy maksimallashuvi Bunga Marshall sezilarli xissa qo‘shdi. Marshallning farovonlik nazariyasi pulning domiy o‘ta foydaliligini nazarda tutgan holda ne’matlar foydaliligining umumiy ko‘payishigacha aniqlikda o‘lchash imkonini berdi va u naflilik maksimallashuvida o‘z ifodasini topdi. Marshal o‘zining «Iqtisod fanining prinsiplari» da, Matematik ilova P naflilikni o‘lchash va maksimallashtirish muammosini hal qilishga A sida tovarni iste’mol qilganda muvozanat shartlarini quyidagicha xarakterlaydi: Mux=Px* Mun. Bu barcha tovarlarga qo‘llashda narxga nisbatan o‘ta naflilik nisbatining tenglik qonunini beradi. MUx /Px=MUy/Py=MUz/Pz=MUn. MUn ni Marshall pulning o‘ta foydaliligi, deb atab, pulga o‘ta nafliliklarni solishtirish imkonini beruvchi umumiy ko‘paytuvchi vazifasini bajaradi. Iste’molchining xarid vaqtida ma’lum daromadni taqsimlashdagi xatti-harakatini tahlil qilishda foydalanadigan maksimallashtirish prinsipi boshqa iqtisodiy konsepsiyalarda ham qo‘llangan, chunki tahlilning umumiy qoida va uslublari mavjuddir. Umumiy qoida–bu maksimallashtirilayotgan ko‘rsatkichning ma’lum belgilarida ifodalanayotgan qator yo‘l qo‘yilgan holatlarning tartibga solingan tanlovidir. Bu ko‘rsatkich naflilik, daromad yoki tabiiy ko‘rinishdagi mahsulot bo‘lishi mumkin. Optimal holat mazkur ko‘rsatkichning ahamiyati imkon darajada maksimal holatga yetganda erishiladi. O‘rin egallash chegaraviy normasini tenglashtirish tamoyillari Tahlil qilishning asosiy chegaraviy belgilarini tenglashtirish uslubi ham umumiy bo‘lib, agar tatbiq qilishning bir qancha raqobatlanuvchi o‘rtasida biron narsaning ma’lum miqdori taqsimlanar ekan, bo‘lishi mumkin bo‘lgan 236 taqsimot ichida ba’zi «samarasi» mavjud bo‘layotganining har bir birligi shunday taqsimlanadiki, uslublarning biriga qilingan foyda harakati boshqasidan chetlatish natijasida ko‘rilgan zararga aniq teng bo‘ladi. Ushbu uslub har qanday holatda ham, ya’ni iste’mol ne’matlarini bir qancha soni o‘rtasida belgilangan to‘lovlarda ham yoki mehnat va bo‘sh vaqt o‘rtasidagi vaqt taqsimlanganda ham bir xil bo‘ladi. Bundan tashqari taqsimot muammosini yechishda maksimallashtirishga erishish shartlaridan biri- kamayib boruvchi natija qonunining harakatidir. Bu shu jumladan, foydalikka ham taalluqli bo‘lib, u birgina yagona iste’mol uslubiga bo‘linadigan kattalik birliklarini berishda ifodalanadi. Iste’molchining xatti-harakati nazariyasida optimal holatga shunday erishiladiki, bunda iste’molchi xarid vaqtida o‘z daromadini taqsim qiladi: xar bir dollarning eng yuksak foydaliligi tenglashadi; kamayib boruvchi eng yuksak naflilik qonuni bunday ko‘tarinkilikning mavjudligini ta’minlaydi. Firma darajasida optimal natijaga shunda erishiladiki, bunda ishlab chiqarish omili qiymat bahosining har bir dollariga eng yuksak jismoniy mahsulotlar tenglashtiriladi. Kamayib boruvchi eng yuksak mahsulot qonuni ham xuddi shu vazifani bajaradi. Har ikki misol ham umumiy prinsipning amaliy qo‘llanilishi bo‘lib, uni o‘rin almashish chegaraviy normasining tenglik prinsipi, deb atash mumkin. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling