H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Mulk tushunchasi. Mulk o‘zi nimadan iborat? Mulk ko‘proq 
umumlashgan shaklda – bu kishilarning moddiy boyliklarini o‘zlashtirish 
usullariga asoslangan munosabatlaridir. Boshqacha so‘z bilan aytganda, bu 
yerda munosabatlarning ikkita qatlami qatnashadi:
1) Kishilarning buyum, ashyolar bilan ob’ektiv-sub’ektiv munosabatlari 
(u bu narsalar bilan nima qila oladi va nima qila olmaydi). 
2) Sub’ektli – sub’ektga oid mulkdorlar va boshqa kishilar o‘rtasida yuz 
beradigan munosabatlar (mulkdorning atrofidagilarga nisbatan qanday huquq 
va majburiyatga egaligi).
Bir qancha ilmiy maktablar vakillarining munosabatlarni birinchi qatlami 
mustaqil emas, balki ikkinchisining bir qismi, deb taxmin qiladilar.
Ushbu munozaralarga mantiqiy berilmasdan hozirgi vaqtda umumqabul 
qilingan va iqtisodiy taxminlar uchun ko‘proq samarali yo‘nalishlarga XX 
asrning 60-yillarida birinchi Amerika iqtisodchisi R.Kouz shakllantirilgan 
mulkning huquqiy nazariyasiga (keyinchalik Nobel mukofoti sovrindori) 
to‘xtaymiz. Kouz mulkini emas, balki mulkka egalik qilish huquqining alohida 
elementlarini ko‘rib chiqishni taklif qiladi. Shu nuqtai nazardan u mulk yaxlit 
tosh emas, balki qandaydir to‘plangan (to‘xtam) huquqligini tasavvur etdi.
Boshqalarga nisbatan mulkka egalik qilish huquqi 11 elementni o‘z ichiga 
oladi: 
1. Egalik qilish huquqi. 
2. Foydalanish huquqi. 
3.Boshqaruv huquqi. 
4. Daromad olish huquqi. 
5. Sotish, o‘zgarish, o‘zgartirish, yo‘q qilish huquqi. 
6. Mulk xavfsizligiga oid huquq (ekspropriatsiyadan himoya qilish). 


244 
7. Vasiyat qilishga meros olish huquqi. 
8. Boylikka muddatsiz egalik qilish huquqi. 
9. Atrofdagilarga zarar keltiradiganni ta’qiqlash huquqi. 
10. Qarzni undirish huquqi. 
11. Mulk vakolatini qaytarish huquqi.
Moddiy boyliklarni o‘zlashtirish usullariga bog‘liq bo‘lgan kishilar 
o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlab berib, mulkka egalik qilish huquqi «mulk» 
tushunchalarining aniq mazmunini ochib beradi. Iqtisodiy tizimlar uchun 
haqiqatan ular «o‘yin qoidasini» aniqlab beradilar.

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling