H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Talab, taklif, narx-navo. Yuqoridagi bozor mexanizmining asosiy 
elementlari - bu narx-navo, talab va taklif, deb xulosa chiqarish mumkin. Talab 
aholi ehtiyojini to‘la-to‘kis emas, uning xarid qobiliyati bilan, ya’ni pul 
ekvivalenti bilan ta’minlangan qisminigina o‘zida aks ettiradi. Shuning uchun 
talab ijtimoiy ehtiyojning haqiqiy hajmini va tarkibini ifodalaydi. Taklif - bu 
indallosini aytganda, bozor jamg‘armalari (zahiralari), ya’ni uzil-kesil sotish 
uchun olinayotgan tovarlarning yig‘indisidir. Talab bilan taklif o‘rtasidagi 
nisbat pirovard natijada narx-navoni belgilaydi. Narx-navo, o‘z navbatida
iste’molchilar uchun ham, ishlab chiqaruvchilar uchun ham bozordagi ahvol 
haqida axborot tashiydi. Ular har bir xo‘jalik sub’ektning bozordagi xulqini 
belgilaydi. Yakka tartibdagi son-sanoqsiz iqtisodiy qarorlar narx-navoda 
jamlanadi va muvozanatga keladi. 
Bozor mexanizmining asosiy elementlari o‘rtasida ko‘p sonli 
ijtimoiy­iqtisodiy, siyosiy, ruhiy, tashkiliy – texnik, tashkiliy-boshqaruv va 
hokazo omillar ta’siri ostida tarkib topuvchi anchagina murakkab sabab - 
oqibatli va xizmat doirasidagi aloqalar qaror topadi. Buning ustiga turli 
guruhdagi tovarlarga talab narx-navo, daromadlar darajasi, taklif hajmi kabi 
omillarning o‘zgarishiga bir xilda bog‘liq emas. Bundan tashqari, u yoki bu 
omillarning talab va taklifga, qisqa muddatli va uzoq muddatli narx - navoga 
turlicha ta’sir etishiga e’tibor berish kerak. Agar bozor mexanizmiga 
umumlashgan tavsif beriladigan bo‘lsa, bu holda, u narx - navoni shaklantirish 
va resurslarni taqsimlash mexanizmidan yoki narx-navo, ne’matlar miqdori va 


252 
ularning tarkibi asosida iqtisodiy munosabatlarni (sotuvchilar bilan tovarlar va 
xizmatlarning xaridorlari o‘rtasida) o‘rnatish mexanizmidan iborat bo‘ladi.
Rivojlangan tovar ishlab chiqarishda ayirboshlash pul vositasida amalga 
oshiriladi. Pul mehnat faoliyati turli ko‘rinishlari o‘zaro hamkorligining va 
ularning ijtimoiy mehnat taqsimoti tizimiga qo‘shilishining zarur sharti bo‘lib 
xizmat qiladi. Aynan jamiyat tomonidan u yoki bu ne’matning foydali, deb 
e’tirof etilishi pul yordamida, oldi-sotdi vositasida sodir bo‘ladi. Tovarlarni 
pullash haqi naqd pul bilan to‘langanda T­P-T ko‘rinishida (bunda T-tovar, P 
-pul), tovarlar kreditga sotilganda esa, T-M-T-P bunda T va P ramzlarining 
ma’nosi saqlanib qoladi, M esa to‘lovning majburiyligi) ko‘rinishida sodir 
bo‘ladi.
Jamiyat uchun yaratilgan ne’matlarning ijtimoiy ahamiyati yoki qiymati 
pul yordamida aniqanadi. Ammo mazkur jarayonni bozorning bir tomonida 
yakka sotuvchi, ikkinchi tomonida-butun jamiyat turadi, deb tasavvur qilish 
yaramaydi. Ahvol nisbatan soddaroq. Har qanday xaridor o‘z shaxsi bilan 
jamiyatni ifodalaydi, chunki bizsiz jamiyatning o‘zi yo‘q. Jamiyat alohida 
shaxslardan tashkil topadi. Shuning uchun har qanday oldi-sotdi voqeasi - 
ijtimoiy voqeadir. Buning ustiga u jamiyatdagi har qanday ikki agent 
faoliyatining bir-biridan farq qilishini, ya’ni ijtimoiy mehnat taqsimotini aks 
ettiradi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling