253
xizmatlar realizatsiya qilinadi. Ushbu soha turli ijtimoiy guruhlar, har bir oila,
har bir kishining ehtiyojlari qondirilishini ta’minlaydi. Mazkur bozor talab va
taklif, pul muomalasi, inflyatsiya
tebranishlariga ayniqsa, sezgir. Pul
muomalasining yuqorida keltirilgan ko‘rinishlari unda g‘oyat yuksak darajada
o‘z aksini topadi. Mazkur bozor millatning farovonligiga bevosita ta’sir
o‘tkazadi. Tovarlar va xizmatlar bozori faoliyat ko‘rsatish uchun ulgurji va
chakana
savdoning, marketing xizmatining rivojlantirilishi talab qilinadi.
Iste’mol tovarlari va xizmatlar bozori doirasidagi oziq-ovqat mahsulotlari
bozorini hamda sanoat yoki oziq-ovqat tovarlari bozorini ajratib ko‘rsatish
zarur. Ularning har biri faqat o‘ziga
xos xususiyatlarga ega, buning boisi,
ularni turli sohalar ishlab chiqaradi, ularning ishlab chiqarishdan iste’molchi
tomon harakat qilish usullari va ko‘rinishlari ham bir-biridan farq qiladi.
Ishlab chiqarish omillari bozori ishlab chiqarishning mehnat, kapital, yer
kabi omillari oldi-sotdisini taklif qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: