H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
Erkin bozor belgilari. Bunday bozor talablariga, avvalambor, har qanday
tovar ishlab chiqaruvchining bozorga erkin kirishi va chiqishini kiritish lozim, bu uning qatnashchilari soni cheksiz bo‘lishini tahmin qiladi. Bunday ochiqlilik tufayli alohida olingan tovar ishlab chiqaruvchining bozordagi vaziyatga ta’siri umuman, shu qadar arzimagan bo‘ladiki, uni e’tiborga olmasa ham bo‘ladi. Bozorning bunday holati monopoliya ko‘rinishi bir sotuvchining yoki monopsoniya -bir xaridorning hukmronligi mutlaqo yo‘qligi bilan tavsiflanadi. Ammo erkin kirish va chiqishni ta’minlash uchun, bozor agentlari bunday qarorni bozordagi vaziyatga doir to‘liq axborotni (narx-navo va foiz darajasi, talab va taklifning ahvoli va hokazolarni) emin-erkin olib, so‘ngra qabul qilishi kerak. Bu bozorning har bir qatnashchisiga maqbul harakat qilish: kam sarf bilan ko‘proq foyda olish yo‘lini erkin tanlash imkonini beradi. Erkin bozorning boshqa bir belgisi ishlab chiqarish omillarining mutlaq safarbarligi hisoblanadi. Shunday deganda zarur hollarda kapitalni, moddiy va mehnat resurslarini xo‘jalik faoliyatining bir tarmog‘i va sohasidan boshqasiga yo‘naltirish imkoniyatining mavjudligi tushuniladi. Bozor sub’ektlarining iqtisodiy munosabatlariga davlatning aralashishiga yo‘l qo‘ymaslik, u yoki bu iqtisodiy siyosatni o‘tkazishdan voz kechish bozor faoliyatining muhim shartidir. Real voqelikda yuqoridagi shartlarning to‘liq bajarilishiga ishonish qiyin. Raqobatning to‘liq erkinligi haqida gapiriladigan bo‘lsa, bir narsa ayonki, xuddi shu raqobat natijasida bir xil tovar ishlab chiqaruvchilar xonavayron 263 bo‘ladi, boshqalari bozordagi mavqelarini mustahkamlaydi, bozordagi o‘rinlarini kengaytiradi, oxir-oqibatda uni monopoliya qilib olishi mumkin. Bundan tashqari monopoliya yangi mahsulot ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, ishlab chiqarishning yangi texnologiyasidan foydalanish asosida ham rivoj topishi mumkin. Bunday imkoniyat faqat bir tovar ishlab chiqaruvchida bo‘lishi mumkin, chunki uning huquqini kashshof sifatida xuquq patenti himoya qiladi. Agar erkin va teng miqorda axborot olish imkoniyata haqida gapiradigan bo‘lsak, bu ham haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, sababi, axborot ham qiymatga ega, tovar sifatida sotiladi. Shuning uchun u yoki bu bozordagi ahvol yoki uning rivojlanish istiqboli haqidagi batafsil axborotni xizmat haqini to‘lashga qodir bo‘lganlargina oladi. Kapital va resurslarning erkin ko‘chishiga kelsak, bu shartni ham bajarish mushkul. Birinchidan, ko‘pgina ishlab chiqarishlarning xilma-xilligi, chiqisha olmasligi bilan bog‘liq tabiiy cheklashlar mavjud. Shuning uchun ishlab chiqarishda foydalaniladigan vositalar va ishchi kuchi turli xususiyatga ega ekanligi sababli, ishlab chiqarish faoliyatini qayta ixtisoslashtirish anchagina murakkab muammoga aylanadi. Ikkinchidan, ishlab chiqarishning turli sohalari va tarmoqlari ishlab chiqarishni birinchi bor tashkil etishni investitsiya qilish uchun zarur bo‘lgan kapitalning katta-kichikligi jihatidan bir-biridan jiddiy farq qiladi. Shu munosabat bilan kapitalni, misol uchun, ko‘p kapital talab qiladigan ishlab chiqarishga va tarmoqlarga (kemasozlik, metallurgiya, samolyotsozlikka) yo‘naltirish uchun ko‘pgina firmalarga zarur miqordagi kapitalni jamlashga ancha- muncha davomli muddat kerak bo‘ladi. Yuqorida aytib o‘tilgan, erkin bozorning faoliyat ko‘rsatishini cheklovchi yana bir qator sabablarni eslatib o‘tish zarur. Erkin bozor ijtimoiy xususiyatga ega ehtiyojlarni: ijtimoiy ta’minotni, mamlakat mudofaasini, pul muomalasi me’yorida faoliyat ko‘rsatishini, ne’matlarning adolatli taqsimotini, fan va texnika strategik yo‘nalishlarining rivojini ta’minlashga qodir emas. Shunday qilib, aytish mumkinki, erkin bozor bu mavhum, nuqsoni yo‘q, degan tushuncha, u bo‘lmagan va unga erishib ham bo‘lmaydi. Muayyan, raqobat hukm suruvchi, ozmi-ko‘pmi boshqariladigan bozor bor, u o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmiga ega. Uning asosiy dasturi, avvalambor, narx-navo hisoblanadi, narx-navo iste’molchilarga ham, ishlab chiqaruvchilarga ham bozordagi ahvol haqida xabar beradi. Narx-navo orqali son-sanoqsiz yakka tartibdagi iqtisodiy qarorlar jamlanadi, kombinatsiya qilinadi va bir ko‘rsatkichga keltiriladi. Narx-navo sohasidagi raqobat ham, boshqa raqobatlar ham resurslardan to‘liq va samarali foydalnishga xizmat qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling