H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
-foyda me’yori yoki foizda ifodalangan foyda; R
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozorning kamchiliklari
1
-foyda me’yori yoki foizda ifodalangan foyda; R-foydaning mutlaq hajmi; K av -ishlatilgan kapital. 11.7. Bozorning afzalliklari va kamchiliklari Bozor, uning tarkibi va raqobat mexanizmi haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lib, uning afzalliklari va kamchiliklariga murojaat qlamiz. Bozorning afzalliklariga quyidagilarni kiritish mumkin: • jamiyatga zarur tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun kerakli resurslarni samarali taqsimlash va foydalanish imkonini beradi; • faqat cheklangan axborotga yo‘naltirilgan bozor muvaffaqiyatli faoliyat yurgazishi mumkin, turli resurslarga narxlar darajasi va sarflar darajasi turlicha bo‘ladi; • ishlab chiqarishning o‘zgaruvchan sharoitlariga qayishqoqlik va moslashish yuqori darajada bo‘ladi; • fan va texnika yutuqaridan tezlik bilan foydalanish imkoniyati; • tadbirkorlar va iste’molchilarni tanlash va harakat erkinligi; • turli-tuman ehtiyojlarni qondirishga, mahsulot sifatini oshirishga qobiliyatlilik; • buzilgan muvozanatni nisbatan tez tiklash. Bozorning kamchiliklari Bozorning asosiy kamchiliklari kuyidagilar bo‘ladi: • jamoa va jamoatchilikka mo‘ljallangan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun rag‘batlarning (stimullarining) yo‘qigi; 266 • atrof-muhitni ishlab chiqarish va boshqa turdagi faoliyatlardan himoya qilish mexanizmining yo‘qigi; • takror ishlab chiqarilmaydigan resurslarni saqlash borasidagi qobiliyatsizlik; • mehnatga kafolatning yo‘qligi; • fanda fundamental va amaliy izlanishlarni rivojlantirishga sharoit yaratishga qobiliyatsizlik; • Retsessiv va inflyatsion jarayonlarning rivojlanishiga va duchor bo‘lishga beqarorlik. Qisqacha xulosalar Haqiqat bahs-tortishuvda tug‘iladi, ammo hamma vaqt emas. Tarix o‘n yillab davom etgan juda ko‘p samarasiz munozaralarni biladi. Masalan, sotsializmda tovar ishlab chiqarishning mavjudligi to‘g‘risidagi bahs- tortishuv sovet tizimining birinchi kunidan boshlanib to oxirgi kunigacha olib borildi. Lekin bu munozaraning samarasizligi «tovar ishlab chiqarish» tushunchasi bu baxs qatnashchilarning har biri o‘zicha, o‘zining tushunchasi mazmunidan kelib chiqqan holda izohladi. Bunday bahs-tortishuvni olib borish – ma’lum masofani har xil o‘lchamda o‘lchab, bir xil natija olish bilan barobar edi. Hozirgi zamon so‘z boyligida, ehtimol, «bozor» so‘zidan ommaviyroq va keng tarqalgan so‘z bo‘lmasa kerak. U haqiqatan ham o‘z dalil-isbotini talab qilmaydi. Iqtisodiy adabiyotlarda shu qadar ko‘p tushunchaga ega ta’rifni topish qiyin. Hozir «bozor» to‘g‘risida yangi-yangi tushunchalar paydo bo‘lgan. Shulardan bir nechtasini keltiramiz: «Tovarning qayerda qo‘ldan-qo‘lga o‘tishi sodir bo‘lsa, shu yer bozor deb ataladi». Bozor -emoq-ichmoq uchun oziq-ovqatlar va boshqa tovarlar chakana savdosi joyi. Bozor - tovar muomalasi sohasi, tovar ayirboshlash. Bozor klassik bo‘lmagan tizim nuqtai nazarida har xil sohalar o‘rtasida qo‘llanadigan, natijada, iste’molchilar xohishi bilan iqtisodiy resurslarni, ishchi kuchi va kapitalni taqsimlash vositasidir. «Bozor bu tovarlar oldi-sotdisi amalga oshadigan, kishilar o‘rtasidagi umumiy aloqa shaklidir... Birinchidan, bozor -bu iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasidagi munosabatlar sohasi. Ikkinchidan, bozor -bu faqat bozor iqtisodiyoti elementi, unga tovar ishlab chiqarish sohasi, ularni iste’mol qilish va taqsimlash, programmalash va iqtisodiyotni tartibga solish kiradi». 267 «Bozor -bu har qanday o‘zaro harakat, ya’ni kishilar bir-biri bilan savdo qilish uchun muammoga kirishadi» va hokazolar. Bozor to‘g‘urisida gap ketganda, uning uch turini farqash kerak: Birinchisi -bozor sifatida, ya’ni savdo qilish joyi yoki tovarlarni ayirboshlash. Bunday tushuncha, qadimgi zamonda paydo bo‘lgan vaqtda «iqtisodiyot» atamasi hali hech kimning xayolida yo‘q edi. Ikkinchisi -bozor ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi asosiy sektor sifatida, ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilarni ishlab chiqarish anarxiyasi sharoitida bog‘lovchi muomala sohasidir. Bunday tushunchalar natural xo‘jalikni tovar ishlab chiqarish bilan almashtirishda rivojlangan. Uchinchisi - bozor mavhumlashtirish sifatida nazariy-iqtisodiy kategoriyadir. Bu holda «bozor» so‘zidan «stixiyalilik» so‘zining sinonimi sifatida foydalaniladi. Bu so‘z tovar ishlab chiqarishning hukmronligi natijasida paydo bo‘lgan. Natural xo‘jalikda nima ishlab chiqarilgan bo‘lsa, shu yerning o‘zidayoq iste’mol qilingan, ortiqchasi esa, shu xo‘jalikka kerak bo‘lgan qandaydir boshqa narsaga ayirboshlangan. Endi sobiq ittifoqda bozor bo‘lganmi, degan savol ham tug‘ilishi mumkin. Ha, buning birinchi va ikkinchi turida bo‘lgan. Mamlakatdagi dehqon bozorlari, bularning keng namunalisi Moskva, Toshkent, Samarqand shaharlaridagi bozorlar bo‘lib, bu bozorlarda atom bomoasidan boshqa hamma kerakli narsalar sotilgan. Shunday qilib, sobiq SSSR iqtisodiyotida bozorning uchinchi turi bo‘lmagan nazariy kategoriya sifatida ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning stixiyali munosabatlarini ifodalagan. Ishlab chiqarish ayarxiyasi va narxlarning stixiyali belgilanishi bo‘lmagan. Shuning uchun bozor, fan nuqtai nazaridan qaraganda, iqtisodiyotni rejali asosda boshqaruvni stixiyali ravishda tartibga solish bilan almashtirishni bildiradi. Endi, yuqorida aytilganlarni hisobga olgan holda, bozor ta’rifini aniqroq ko‘rib chiqamiz. «Bozor, uning hajmi va tuzilishini birinchi navbatda ijtimoiy ishlab chiqarish miqyosi bilan belgilanadi. Bozorga o‘tish xalq xo‘jaligining asosiy tarmoqari barqaror ravishda ishlab tursa va ularning mahsulot ishlab chiqarish hajmi ko‘payib borsa oson kechadi, agar mahsulot ishlab chiqarish hajmi kamaysa, bozorga o‘tish ancha qiyin bo‘ladi». Birinchi holda bozorning muomala sohasi ekanligi to‘g‘risida, ikkinchisi -rejali iqtisodiyotdan stixiyali tartiblanish bozoriga o‘tish to‘g‘risida gap ketayapti. Yana bir aniqlik: «Bozor keng ma’nodagi so‘z bo‘lib, tovarlarni ishlab chiqarish va taqsimlash jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimdir. Tor ma’noda bozor deganda tovar va kapitallarning hamda ishchi 268 kuchining va boshqa ishlab chiqarish omillarining erkin muomala sohasi tushuniladi. Shu bilan birga, tovarlar, xizmatlar, kapitallar (investitsiyalar), ishchi kuchi, g‘oyalar, axborot va boshqa bozorlar farqlanadi. Shunday qilib, bozorsiz iqtisodiyot hech qachon bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham, «iqtisodiyot» so‘ziga «bozor» so‘zini qo‘shilishi tasodifiy emas, bu hozirgi vaqtda ya’ni tarix sahnasida rejali iqtisod so‘zi paydo bo‘lganidan keyin, ularni farqash uchun qilingan. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling