H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Ingliz klassik siyosiy iqtisodi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Ingliz klassik siyosiy iqtisodi 
Qiymat nazariyasini ishlab chiqishga ingliz klassik siyosiy iqtisodi nomini 
olgan iqtisodiy maktab birinchi salmoqli hissa qo‘shdi. U.Petti, A.Smit, 
D.Rikardo shu maktabning vakillaridir. Ularning qarashlari keyinchalik 
K.Marks asarlarida o‘z rivojini topdi. Klassik maktab iqtisodiy tahlilning 
yagona boshlanuvchi kategoriyasi sifatida qiymatni tan olib, undan gnesologik 
daraxt sxemasi kabi boshqa kategoriyalar o‘sib chiqadi, deb qayd etadi. Ingliz 
klassik siyosiy iqtisodi moddiy ne’mat va ishlab-chiqarish jarayoniga mehnat 
sarflari natijasida yuzaga keladigan daromad manbalari belgilovchi 
qiymatining mehnat nazariyasini ilgari surdi.
«Boylikning otasi - mehnat, tabiat esa uning onasi», degan fikr U.Pettiga 
tegishli. Ammo U.Petti ham merkantilizm ta’siridan xalos bo‘la olmadi. Uning 
qiymat nazariyasi pulning qiymatiga asoslangandir.
U.Pettining fikricha, mahsulot uchun olinadigan pulning miqdori uning 
qiymatini belgilaydi, hatto to‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat sarflari orqali emas, balki 
bilvosita pul-kumush va oltin ishlab chiqarishga ketgan sarflar orqali 
belgilanadi. Uning fikricha, qiymatni har qanday mehnat emas, balki kumushni 
ishlab chiqarishga sarflangan mehnat barpo etadi.


226 
A.Smitning fikricha esa, qiymat sarflangan mehnat bilan belgilanib, 
bunda mehnat qiymatning umumiy o‘lchamidir. A.Smit ishlab chiqaruvchi 
mehnatning barcha turlari tengligini aytar ekan, qiymat alohida bir odamning 
sarflangan mehnati bilan emas, ushbu ishlab chiqarish taraqqiyoti darajasining 
o‘rtachasida belgilanadi, deb qayd qiladi. Narx tashkil qilish muammosini 
ko‘rib chiqar ekan, A.Smit ikki qoidani ilgari surdi. A.Smitga ko‘ra tovar 
narxi, birinchidan, unga sarflangan mehnat bilan belgilanadi; ikkinchidan, 
mehnat sarfi, daromad, kapitalga foiz, yer rentalaridan tashkil topadi, ya’ni 
ishlab chiqarish xarajatlari bilan belgilanadi.
D.Rikardo narxlarning yagona so‘nggi asosi, deb mehnatni hisoblagan. 
Uning nazariyasiga ko‘ra tovarning almashuv qiymati (ya’ni ayirboshlashda 
tovarlar miqdorining munosabati) ularni ishlab chiqarishga sarflangan mehnat 
miqdoriga to‘g‘ri proporsional, mehnat unumdorligiga esa teskari 
proporsionaldir. Mehnat sarflarining o‘lchovi sifatida D.Rikardo ish vaqtini 
belgiladi. A.Smit pozitsiyani aniqlashtirgan hol shu bo‘ldiki, tovarlar 
qiymatida nafaqat ularni ishlab chiqarishga sarflangan mehnatni, balki 
moddiylashtirilgan kapital tovarlar (ishlab chiqarish qurollari) ishlab 
chiqarishga sarflangan mehnatni ham hisoblash kerak. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling