H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eng yuksak naflilik nazariyasi
Birinchidan, har qanday jamiyatda «xarajatlar nazariya» sidan kelib
chiqqan ishlab chiqarishni cheksiz ko‘paytirish imkoniyati mavjud emas. Ikkinchidan, tovarga talabni belgilovchi asosiy omillar o‘rganilmay qolgan. Uchinchidan, klassik qiymat nazariyasi (erkin takror ishlab chiqaruvchi va takror ishlab chiqarilmaydigan ne’matlar uchun mutlaqo turlicha tushintirishlar) qiymatning mohiyatini ochib beradigan tekis, izchil va har tomonlama to‘liq nazariyani yaratishga intilayotgan olimlarga tinchlik bermasdi. Eng yuksak naflilik nazariyasi Yangi iqtisodiy konsepsiya eng yuksak naflilik nazariyasi vakillari qiymatni belgilashda boshlang‘ich holat sifatida insonning buyumga munosabatini turli ne’matlarning foydaliligiga shaxs tomonidan berilgan sub’ektiv bahoni tanladilar. 10.2. Marjinalistik inqilobning asoschilari va o‘tmishdoshlari Qiymat nazariyasida inqilob. «Qiymat» so‘zi XIX asrning oxirida va XX asrning boshlarida nemischa «qimmat baho», «baholi», degan so‘zdan tarjima qilingan edi. O‘tgan asrning keyingi uch yilligida qiymat nazariyasida chinakam inqilobiy voqealar sodir boldi. Inqilobni inglizlar Uilyam Stenli Djevons, Alfred Marshall, avstriyalik Karl Menger, Fridrix fon Vizer va Oygen fon Byom-Bа ́verk, shveysariyalik Leon Valras, amerikalik Jon Beyts Klark, shved Knut Viksell, italiyalik V.Pareto amalga oshirdilar. Qiymat to‘g‘risidagi masalani (chegaraviy naflilik nazariyasi) hal qilishga prinsipial yangicha yondashishni yaratish va rivojlantirish birinchi navbatda ularning nomi bilan bog‘liq. Bu yangicha yondashuv «marjinalist inqilobi» nomini oldi (marginal -inglizchadan chegaraviy degani) Marjinalist inqilobining mohiyati quyidagichadir: Birinchidan: konkret iste’molchi uchun uning sub’ektiv foydaliligi asosida qiymat nazariyasiga ne’matlarni baholashning yangi prinsipi kiritildi. 228 Ikkinchidan, chegaralik prinsipidan foydalanilgan bo‘lib, qo‘shma va o‘rtacha kattaliklar tahlilidan, eng yuksak tahliliga, ya’ni qo‘shimcha kattaliklar tahliliga o‘tish. Uchinchidan, eng yuksak kattaliklarning izchil o‘zgarishlari tahliliga o‘tish iqtisodiy nazariyada matematik uslublar qo‘llanilishiga yo‘l ochib, iqtisodiy tahlil taraqqiyotiga yordam berdi (albatta, bozorda ist’emolchilarning ishlab chiqarilgan mahsulotlariga bergan bahosisiz samarasi bo‘lishi mumkin emas edi. Shubhasiz qiymat bu avvalambor, almashuv kategoriyasidir). Qiymat nazariyasidagi yangi sub’ektiv yo‘nalishning ajdodi hamda iqtisodiy nazariyada matematik uslublarni keng qo‘llashning asoschisi O.Kurno (1801- 1877) bo‘lib, u «Boylik nazariyasida matematik prinsiplarning izlanishlari» (1838) asarining muallifidir. Funksional o‘zaro bog‘liqlik tahliliga asoslanib, O.Kurno iqtisodiy muvozanat tushunchasini shakllantirdi va birinchi bor Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling