H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Ikkinchi omil – mehnat vositalarini zarur ko‘lamga ko‘paytirib borish 
mumkin. Ammo buni darhol amalga oshirib bo‘lmaydi. Sababi, ya’ni 
mashinalarni, binolarni yaratish uchun bir necha yillar ketadi va kapital 
mablag‘lar talab qilinadi.
Uchinchi omilavvalambor, yer va foydali qazilmalar mutlaqo 
cheklangan. Ayni vaqtda foydali qazilmalar topilib, hisob-kitob qilingan tabiiy 
boylik zaxiralariga va potensial (hali yetarli darajada hisob-kitob qilinmagan) 
resurslarga bo‘linada. Ko‘pgina mumlakatlarda olib borilgan tadkiqotlar shuni 
ko‘rsatmoqdaki, razvedka qilingan neft, gaz va ko‘mir zaxiralari XXI asrning 
o‘rtalarigacha yetishi mumkin. 
Shu sababli butun mamlakatning yoki alohida korxonaning ishlab 
chiqirish imkoniyatlarini aniqlash amaliy ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish 
imkoniyatlari deganda, resurslardan to‘la - to‘kis foydalanilganda 
erishiladigan mahsulot ishlab chiqarishning eng katta hajmi tushuniladi. 
Xo‘jalik resurslari yetishmagan taqdirda quyidagi yo‘llardan birini tanlash 
mumkin: ishlab chiqarish omillarini qo‘llashning yo‘l qo‘yilgan barcha 
variantlaridan eng ma’quli, eng hayotiyligi tanlab olinadi. Mashinasozlik 
zavodlarida:
a) fuqarolar ehtiyoji uchun (engil avtomobillar, sovutgichlar, 
changyutgichlar va hokazolar);
b) armiya uchun mahsulot (tanklar, raketalar va hokazolar) ishlab 
chiqariladi, deb taxmin qilaylik. Hukumat mashinasozlik korxonalarining 
egalari vujudga kelgan talabni hisobga olib, qanday qilsa ishlab chiqarish 
resurslardan to‘laroq foydalanish mumkin, degan masalani hal etishi kerak. 
Urush davrida mo‘ljallangan miqdor bo‘yicha ishlab chiqarishning barcha 
omillari 170 ming dona qurol - yarog‘ vositalarini tayorlash uchun mahsulot 
va 300 mingta buyum ishlab chiqarishni nazarda tutadi. Boshqa variantlarni 
tanlash imkoniyatlari 6.1- jadvalda yaqqol aks ettirilgan. Jadval resurslardan 
to‘la-to‘kis foydalanilgan taqdirda qanchadan-qancha , turli-tuman ne’matlarni 
yaratish mumkin ekanligini ko‘rsatadi.

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling