H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Fan hozirgi zamon ishlab chiqarishining asosiy omili sifatida


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Fan hozirgi zamon ishlab chiqarishining asosiy omili sifatida 
Ma’lumki, fan-tartibga solingan ob’ektiv nazariy bilimlardir. Hozirgi 
zamon ilmiy tadqiqotlari oqimida uning uch asosiy yo‘nalishini ajratib 
ko‘rsatish mumkin. Ana shu uch yo‘nalish quyidagilardan iborat: muhim 
tadqiqotlar; amaliy tadqiqotlar; ilmiy - tadqiqot tajriba-konstruktorlik 
izlanishlari. Muhim ilmiy tadqiqotlar – bu yangi asos soluvchi bilimlarni olish 
hamda o‘rganilayotgan hodisalarning qonuniyatlarini aniqlash maqsadida 
predmetni chuqur va har tomonlama tadqiq etishdir. O‘z navbatida amaliy 
tadqiqotlar deganda muayyan amaliy vazifalarni hal etish uchun jiddiy fanlar 
yutuqlaridan foydalaniladigan tadqiqotlar tushuniladi. Masalan, aynan 
atomlarni fizik jihatdan jiddiy tadqiq etishga asoslanib amaliyotchi olimlar 
atom energetikasini yaratishdi. Nihoyat, ilmiy - tadqiqot tajriba - 
konstruktorlik ishlari fanning ishlab chiqarish bilan bog‘lanishini nihoyasiga 
yetkazadi, shu yo‘l: bilan loyihaning ham ilmiy, ham texnik - muhandislik 
yechimini ta’minlaydi. 
Masalan, yangi buyumni ko‘plab ishlab chiqarish oldin odatda, ilmiy 
tadqiqot tajriba - konstruktorlik ishlarining quyidagi bosqichlari amalga 
oshiriladi: 
muhim 
tadqiqotlar; 
amaliy 
tadqiqotlar; 
loyihalashtirish; 
konstruksiyasini yasash; buyumni sinovdan o‘tkazish; uning tajriba 
namunalarini maromiga yetkazish. 
Fan azaldan rivojlanib keladi va ishlab chiqarishni yangi g‘oyalar bilan 
ta’minlaydi. Shuning uchun fan-texnika taraqqiyoti – ishlab chiqarish 
texnikasi va usullarini tadrijiy, asta-sekin yangilab borish u yoki bu darajada 
barcha texnologiya davrlariga hosdir. Fan-texnika inqilobining barcha 
sohalarda hujumga o‘tishi hozirgi davrning o‘ziga hos xususiyati hisoblanadi. 
U asta-sekinlik bilan kechuvchi qisqa taraqqiyotni emas, fan va texnika 
taraqqiyotidagi sifat jihatidan katta odimni, shu asosda jamiyat ishlab 
chiqaruvchi kuchlarining tubdan qayta tashkil etilishini anglatadi. 
Fan-texnika taraqqiyoti bilan fan-texnika inqilobi o‘rtasidagi farkni 
metallga ishlov berish misolida ko‘rgazmali kuzatish mumkin. Bu jarayon 
yo‘nish asosida asrlar mobaynida asta-sekin takomillashib bordi (ammo 
tubdan o‘zgargani yo‘q) – bu fan-texnika taraqqiyotidir. Bugungi kunda esa, 
metallni yo‘nish, kukunli metallurgiya (detallarni metall va qorishma 
kukunlardan yasash) va boshqa yangi usullar bilan tobora siqib chiqarmoqda – 
bu fan-texnika inqilobidir. 
Fan-texnika inqilobining muhim jihatlaridan biri – fan va ishlab 
chiqarishning integratsiyasi, ularning uzviy birlashishi hisoblanadi. Bamisoli 


150 
ishlab chiqarishni fan bilan to‘yintirish va fanni ishlab chiqarishning bevosita 
omiliga, iqtisodiy taraqqiyotning qudratli kuchiga aylantirish kechmoqda. 
Ishlab chiqarishning fan bilan to‘yinganlik darajasini ifodalash uchun alohida 
ishlab chiqarishning fan bilan to‘yinganlik ko‘rsatkichidan foydalana 
boshlanganligi bejiz emas. Bunda fan va ishlab chiqarishni rivojlantirishning 
ilgari tarqoq bo‘lgan jarayonlari yagona, bo‘g‘inlar bo‘yicha doimo taraqqiy 
etib boruvchi tizimga birlashadi: «fan + texnika + texnologiya + ishlab 
chiqarish». 
Shubhasiz, fan-texnika inqilobi ham ziddiyatlardan holi emas (6.5-
chizmaga qarang).
Bir tomondan u, odamlar imkoniyatini kengaytirishi, ular faoliyatining 
samaradorligini oshirishi, mehnatini yengillashtirishi va yoqimli qilishi, 
turmush sharoitini yaxshilashi bois odamlarning imkoniyatlarini kengaytiradi. 
Ammo boshqa tomondan, u qator muammolarni va salbiy hodisalarni keltirib 
chiqaradi. Masalan, ishsizlik muammolari (texnika, mashinalar va avtomatlar 
ishlab chiqarishdan odamlarni siqib chiqaradi); inson hayotining ekologiya va 
texnika xavfsizligi muammolari; yalpi qirg‘in qurollaridan muhofaza qilish 
muammolari; axborotlar urushi xavfi, «elektron ta’sir» shular jumlasidandir. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling