H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Fan-texnika inqilobi sharoitlarida inson omili


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Fan-texnika inqilobi sharoitlarida inson omili 
Hozirgi zamon gurkiragan fan-texnika inqilobi iqtisodiyotda ulkan 
o‘zgarishlarni 
keltirib 
chiqarmoqda. 
Kompyuterlar, 
elektronika, 
avtomatlashgan tizimlar, boshqa g‘oyatda unumli texnika ishlab chiqarishga 
joriy etilmoqda. Natijada, mehnatning texnika bilan jihozlanganligi, uning 
unumdorligini oshirmoqda, bevosita (jonli) mehnatni inson mehnati bilan 
yaratilgan mashinalar siqib chiqarmoqda. Bularning hammasi inson-
xodimning ishlab chiqarishdagi rolini tubdan o‘zgartirmoqda. U alohida bir 
mashina huzuridagi mexanik ijrochi bo‘lmay qolayapti, mashinalarning butun 
tizimini boshqarmoqda, texnologiya jarayonida asosiy bo‘g‘inga – uning 
nazoratchisi va boshqaruvchisiga aylanmoqda. 
Shaxs omili rolining bunday o‘zgarishi yangi tipdagi xodimga ehtiyojni 
izohlaydi, bunday xodim avvalgisidan davr bilan birga odim tashlaydigan va 
har tomonlama yuqori darajada ilmli, mahoratli va vakolatli, mustaqil ijodiy 
fikr yurita oladigan, faol va mas’uliyatli ekanligi bilan ajralib turadi. Mamlakat 
miqyosida yangi tipdagi xodimni shakllantirish – murakkab va uzoq davom 
etadigan jarayon, uning quyidagi to‘rt asosiy yo‘nalishini ajratib ko‘rsatish 
mumkin. 
Birinchi yo‘nalish hozirgi zamon xodimlarini o‘qitish va kasbiy 
tayyorlash – o‘sib boruvchi, keng ko‘lamli va uzluksiz ta’lim berish asosida 
olib borilishi bilan ta’minlanadi. Demak, yangi texnika va texnologiyalar 
zavodlardan oldin darsliklarda va o‘quv auditoriyalarida paydo bo‘lishi, 
xodimlar malakasini oshirish va takomillashtirish, fan-texnika taraqqiyotining 
rivojlanishi bilan birgalikda muntazam olib borilishi kerak. Bugungi kun 
alohida, rivojlanib boruvchi va yangiliklarni inobatga oluvchi ta’limning 
davridir. Bu bizni oldindan ma’lum bo‘lgan narsani shunchaki takrorlashga 
emas, yanada samarali yechimlarni mustaqil, ijodiy izlanishga, yangiliklarning 
uzluksiz oqimini boshqarishga tayyor turishga, «taraqqiyot bilan hamnafas» 
harakat qilishga, doimo bilimni oshirib borishga safarbar etadi. 
Yangi tipdagi xodimni shakllantirish uchun kadrlarni har tomonlama 
o‘qitish va kasbiy tayyorlash, mehnatni zakovat bilan birlashtirish, insonparvar 
qilish, ishlab chiqarishni demokratiyalashtirish zarur. 
Bunday sharoitlarda ishga joylashish vaqtida va bevosita mehnat 
jarayonining o‘zida odamlarning shaxsiy qobiliyatlari va yutuqlariga qarab 
baholash birinchi o‘ringa chiqadi. Ya’ni aqliy zakovat va yaxshigina ijodiy 
imkoniyatlar, bilimning yuksak darajasi va zamonaviyligi, keng doiradaligi va 
yuqori darajadagi mahorat, sidqidildan mehnat qilishga moyillik va uning 
natijasi uchun mas’uliyat kerak bo‘ladi. 


144 
G’arb tadqiqotchilarining fikriga qaraganda, ilg‘or jamiyatlarda «shaxsiy 
xizmatlar hukmronligi», ish o‘rniga nomzodni «boshliqlar» bilan aloqasiga 
yoki «yuqoridan» bo‘ladigan qo‘ng‘iroqlarga qarab emas, shaxsiy 
yutuqlaridan kelib chiqib ishga qabul qilish (yoki qabul qilmaslik) tamoyili 
qaror topib bormoqda. Bu, avvalambor, biznes uchun muhim: uni serg‘ayrat 
va olg‘a intiluvchi shaxslar olib borsa, biznes rivojlanadi. Har bir insonni 
«hayotining ko‘lami jamiyatga ko‘rsatayotgan xizmatlariga mos darajada 
bo‘lishi uchun» qilmishiga qarab baholash kerak, deb ta’kidlar edi XX asrning 
eng yirik ish beruvchilaridan biri Genri Ford. 
O‘z navbatida mehnatning zakovatlashib borishi mehnat tobora aqliy, 
tahliliy, tezkor ijodiy xususiyat kasb etib borayotganligida, odam qo‘li bilan 
emas, aqli bilan mehnat qilayotganligida, ishlab chiqarish vazifalarini mustaqil 
va oqilona hal etayotganligida, tobora ko‘proq axborotlar oqimi bilan ish olib 
borayotganligida, murakkab texnikani, hatto, mashinalarning yaxlit tizimini 
boshqarayotganligida namoyon bo‘lmoqda. 
Ishlab 
chiqarishni 
insonparvarlashtirish 
jarayoni 
go‘yo 
uning 
odamiylashtirilishini, xodimlarning ehtiyojlariga moslashuvini anglatadi. Bu 
«inson elementiga e’tibor» kuchaytirilishini va ergonomika (mehnat 
sharoitlarini yengillashtirish va sog‘lomlashtirish, mehnat jarayonlarini 
ratsionallashtirish va texnikalashtirish, xodimlar mustaqilligi va ijodkorligini 
oshirish) talablarining bajarilishini taxmin qiladi. 
Ford bunga qo‘shimcha qilib, mehnat sharoitlarining yaxshilanishi o‘zi 
bilan ishlab chiqarish chiqimlarining kamayishini ham olib keladi, deb 
ta’kidlaydi. «Yaxshigina mehnat sharoitlari va daromadlilik aslida bir-biri 
bilan uzviy bog‘liq», deydi sarmoyador. Bugungi kunda odamlar ko‘pincha 
eng qulay sharoitlarda – o‘z uyida mehnat qilayotgani, sexdagi ish joyi uning 
egasi didiga moslashtirib jihozlanishi, dastgohlar va mashinalar yonida 
manzarali daraxtlar va gullarning yashnab turishi tasodifiy emas. Buning 
oqibat-natijasida mehnatning jozibadorligi va samaradorligi oshib bormoqda. 
Nihoyat ishlab chiqarishni demokratiyalashtirish xodimlarning o‘z 
firmasi aksiyadorlik kapitalida, uni boshqarishda, olingan daromadlarni 
taqsimlashda ishtirok etishi, korxonaning moliyaviy ahvoli va ijtimoiy-
iqtisodiy istikbollarining oshkoraligi, ishlab chiqarishda «odamlarning o‘zaro 
o‘rtoqlik munosabatlari» qaror topishi orqali amalga oshirilmoqda. 
Iqtisodiyotda 
insonparvarlashtirish 
va 
demokratiyalashtirishning 
muhimligini «sog‘lom fikr yurituvchi ish beruvchilar» va olimlar anglab 
yetganiga ancha vaqt bo‘ldi. Yevropada ana shu ilg‘or g‘oyani ingliz 
iqtisodchisi Artur Pigu (1877 – 1959) ilgari surgan. AQShda esa XX asrning 
20 – 30-yillari oralig‘ida bir guruh jamiyatshunoslar va psixologlar «insoniy 


145 
munosabatlar», deb atalmish nazariyani ishlab chiqdi va uni tajribalar bilan 
tasdiqladi. Ana shu nazariyaga muvofiq har qanday ishlab chiqarish tizimining 
markazida inson-xodim turadi, u bilan «biologik mashina» sifatida emas, 
«ijtimoiy-ruhiy mavjudot» sifatida muomala qilish lozim. 
Xo‘jalik samaradorligini oshirish uchun birgina moddiy omillar muhim 
emas. Mehnatni rag‘batlantirish xilma-xil bo‘lishi kerak. Jumladan, ruhiy 
kayfiyat va mehnat jamoasidagi odamlarning munosabatlari bilan bog‘liq, 
ruhiy-ijtimoiy omillar (yunoncha psyche – qalb, pyh - socialis – so‘zlaridan 
tashkil topgan) ulkan ahamiyatga ega. Xodimlarning o‘z ishchi guruhlaridagi 
o‘zaro samimiyligi, jipsligi undagi qulay axloqiy muhit, rahbarlar bilan o‘zaro 
yaxshi munosabatlar, har bir xodim manfaatlarining hisobga olinishi, uning o‘z 
mehnatidan qoniqish hosil qilishi va hokazolar ana shunday omillar qatoriga 
kiradi.
Demak, ishlab chiqarishni boshqarishda xodimlar haqida g‘amxo‘rlik 
qilish, ularning o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro ishonch va totuvlik muhitini 
vujudga keltirish, mehnat uchun yakka tartibdagi mukofotlarni jamoa 
mukofotlari bilan to‘ldirish, boshqaruvda demokratiyani (oshkoralikni, 
odamlaring xabardorligini, boshliqlar bilan xodimlar o‘rtasida ishonch va 
hamkorlikni, qarorlarning birgalikda qabul qilinishini) rivojlantirish 
muhimdir. 
Ishlab chiqarishni insonparvarlashtirish samarali ekanligini Singapur, 
Tayvan, Janubiy Koreya va Osiyodagi boshqa mamlakatlarning tajribalari ham 
tasdiqlaydi. Ana shu mamlakatlarda Konfutsiy ta’limoti keng yoyilgan. 
Odamlarning o‘zaro munosabatlari konfutsiycha madaniyati zamirida xitoy 
tilidan tarjima qilganda, odamiylik, insonga hurmat, mehribonlik, rahmdillikni 
anglatuvchi tamoyil yotadi. Aynan ana shu hayotiy qo‘llanmalar korxonalarda 
o‘ziga xos hamjihatlik ruhini vujudga keltirish imkonini beradi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling