H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
-chizma. Nomoddiy ishlab chiqarish
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- HOZIRGI ZAMON ISHLAB CHIQARISHI
6.4-chizma. Nomoddiy ishlab chiqarish.
4. Hozirgi zamon ishlab chiqarishining tarkibiy tuzilishida infratuzilmasi u bevosita moddiy ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatadi (avtomobil yo‘llari, kanallar, portlar, ko‘priklar, aerodromlar, omborxonalar, qurilish va ulardan foydalanish, energetika xo‘jaliklari, temir yo‘l xo‘jaligi, suv ta’minoti, kanalizatsiya va hokazolar) Ishlab chiqarish bog‘liq bo‘lmagan (yoki ijtimoiy) infratuzilma. Mazkur infratuzilma ishlab chiqarish jarayoni bilan vositalar orqali bog‘langan (kadrlar tayyorlash, maktab va oliy ta’lim, sog‘liqni saqlash va hokazolar). Infratuzilma hozirgi zamon ishlab chiqarishi va uning bo‘linmalari ich- ichidan bir-biri bilan g‘oyatda keng va mustahkam uzviy aloqalarda bog‘langanligidan guvohlik beradi. Mazkur aloqalar xo‘jalik faoliyatini ma’lum darajada yaxlit birlikka birlashtiradi va unga tizim tavsifini beradi. Tovar ishlab chiqarish va pul bozori bobida tadqiqotlarimizni davom ettiramiz, ammo bunga kirishishdan oldin yuqorida aytib o‘tilganlardan qisqacha xulosa chiqaramiz. 6.5. Ishlab chiqarishda inson omili Ishchi kuchi, mehnat va mehnat unumdorligi. Ishchi kuchi – bu insonning mehnat qilish kobiliyati, uning ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan jismoniy va aqliy kuch-g‘ayrati yig‘indisidir. Ishchi kuchining amalda Moddiy ishlab chiqarish Nomoddiy ishlab chiqarish Moddiy ne’matlarni yaratish Moddiy xizmatlarni ko‘rsatish Nomoddiy xizmatlarni ko‘rsatish Nomoddiy ne’matlarni yaratish HOZIRGI ZAMON ISHLAB CHIQARISHI 141 qo‘llanilishi mehnat jarayonida yuz beradi, shuning uchun «ishchi kuchi» va «mehnat» tushunchalari ishlab chiqarishning inson resursi sifatida bir-biriga tenglashtiriladi. Ammo bu tug‘ri emas. Mehnatni odamlarning hayot ne’matlarini yaratish bo‘yicha aniq maksadga qaratilgan faoliyati, deb ta’riflash mumkin. Bu faoliyatning ahamiyati beqiyos, chunki aynan mehnat ham alohida bir oilaning, ham butun millatning gullab-yashnashini ta’minlaydigan to‘kinchilik manbaidir. Petti «Mehnat boylikning otasi va faol tamoyili», deb bejiz aytmagan. Ammo bu hammasi emas. Engelsning fikriga qaraganda, mehnatning roli yanada kengroq: u inson hayotining asosiy sharti hisoblanadi, shu darajadaki, insonning o‘zini mehnat yaratgan, desa bo‘ladi. Aynan mehnat tufayli odam xayvonot dunyosidan ajralib chiqdi va ijtimoiy taraqqiyot pog‘onalari bo‘ylab ko‘tarila boshladi. Jamiyatning butun tarixi – bu mehnatning rivojlanish, mehnat ko‘nikmalarining, odamlar ijodiy qobiliyatining, ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasining takomillashib borish tarixidir. Mehnat unumdorligi, ya’ni uning samaradorligi, natijasi ishchi kuchi omilidan foydalanishning muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. U vaqt birligida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, yoxud mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarflangan vaqt miqdori bilan o‘lchanadi. Samaradorlikning o‘sishi tufayli mehnat resurslari iqtisod qilinadi, ishlab chiqarish arzonlashadi, jamiyat boyligi ko‘payadi. Mehnat unumdorligi darajasini belgilaydigan asosiy omillarni quyidagi olti bandga guruhlash mumkin: Mehnat unumdorligini quyidagilar belgilaydi: • xodimlar bilimi, malakasi va kasb mahorati darajasi, ularning mehnatini tashkil etish va mehnat madaniyati; • ishlab chiqaruvchilarning mehnat natijalaridan manfaatdorlik darajasi, ularning intizomliligi va mas’uliyatliligi; • fan, texnika, texnologiyaning rivojlanganlik darajasi va ularni ishlab chiqarishda qo‘llanish samaradorligi; • xom ashyo, material, yoqilgi, energiya va boshqa resurslardan oqilona va tejamli foydalanish; • mehnatning intensivligi, ya’ni uning tig‘izligi, shiddatliligi darajasi, mehnat operatsiyalarining tezligi darajasi; • tabiiy sharoitlar (foydali qazilma boyliklarining, o‘rmonlar, suvlarning mo‘l-ko‘lligi va qazib olish osonligi; tuproqning unumdorligi, iqlimning qulayligi). Mehnat sohasidagi tadqiqotchilar uning samaradorligini oshirish yo‘lida muntazam izlanishda. Jumladan, «Fanning ulkan taraqqiyoti» va «Inson 142 mehnati unumdorligini beqiyos oshirish yo‘lini ochib bergan» Teylor tizimi mana, yarim asrdan ko‘proq ma’lum. Mazkur mehnatni ilmiy tashkil etish va ishlab chiqarish boshqaruvini ratsionallashtirish bo‘yicha tadbirlarning yaxlit bir tizimi birinchi marta XIX – XX asrlar o‘rtasida AQShda amerikalik yangilik izlovchi muhandis Frederik Teylor (1856 – 1915) tomonidan ishlab chiqilgan va joriy etilgan edi. Jumladan, mehnatni ilmiy tashkil etish tizimi mehnatning chuqur taqsimotini [bunda xodimlar ayrim texnologiya operatsiyalariga safarbar etilgan (ixtisoslashgan) bo‘ladi], mehnat jarayonining batafsil tahlilini, ortiqcha, noqulay harakatlarni bartaraf etilishini, maqbul mehnat usullari belgilanishini va ularning avtomatik darajaga yetkazilishini, butun ish jarayonining qat’iy tartibga, mehnatning qat’iy me’yorga solinishini va yuqori ishlab chiqarish me’yorlari o‘rnatilishini, toliqishni kamaytirish uchun mehnat bilan dam olish almashib turishini va hokazolarni taxmin qilar edi. O‘z navbatida boshqaruvni ratsionallashtirish to‘rt asosiy bandni: (a) qattiq intizom va korxonada nazorat bo‘lishini; (b) unda xodimlar turi tanlanishi va joy-joyiga qo‘yilishini; (v) xodimlar malakasini oshirish va xizmat pog‘onalari bo‘yicha ko‘tarilishining aniq tizimini; va nihoyat, (g) ish haqini mehnat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirish (ya’ni har bir xodimning mehnat unumdorligidan kelib chiqib, uning turli darajalarini belgilash) asosida ularning ishlab chiqarish samaradorligidan moddiy manfaatdorligi tamoyilini nazarda tutar edi. Ishlab chiqarishni boshqarish tizimida kech qanday yon bosish bo‘lmasligi lozim, deb hisoblar edi, Teylor. Ishchi ko‘pincha omi, dangasa va loqayd bo‘ladi, yangiliklarni xush ko‘rmaydi, «o‘zini o‘rintirmay ishlashga» moyil. Shuning uchun odamlar ishlab topganlaridan ortiqcha haq olishlari kerak emas. Shunday qilish kerakki, har bir inson o‘z farovonligi uchun o‘zi javob bersin. Mehnat jarayoni maqsadga muvofiq, ishlab chiqarish me’yorlari yuqori bo‘lishi kerak. Kim o‘z ish me’yorini bajara olmasa, boshqalardan kam haq olishi kerak. Xodimning mehnat haqi uning ishlab chiqarishga qo‘shgan shaxsiy hissasiga mos bo‘lishi lozim. O‘zbekiston uchun mehnat unumdorligini oshirish – tub va uzoq davrga mo‘ljallangan vazifa. Mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyot peshqadamlaridan bir necha asrlardan beri ortda qolib keladi, o‘rtadagi tafovut hamon katta: Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra 1999 yilda mamlakatimizda har bir ishchi jon boshiga hisoblaganda tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish atigi bir necha ming dollarni tashkil etgan, ayni vaqtda bu ko‘rsatkich Chexiyada - 27 ming dollarni, AQShda esa, 62 ming dollarni tashkil etgan. Nega shunday? Buning sabablari ko‘p narsalarga bog‘liq. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling