H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Ishlab chiqarishning axborot omili
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
Ishlab chiqarishning axborot omili
Axborot atamasi keng ma’noda u yoki bu bilimlarni, ma’lumotlarni, uzatiladigan, odamlar va boshqa jonli mavjudotlar hamda maxsus qurilmalar tomonidan qabul qilinadigan turli xil signallarni anglatadi. Hozirgi zamon ishlab chiqarishida axborot salmokli va turli-tuman rollarni bajaradi. Jumladan, u texnikaning (ayniqsa, dastur bilan boshqariladigan texnikaning) ishlashini, bevosita ishlab chiqarishning eng maqbul tashkil etilishini va uning kechishi ustidan nazoratni, ishlab chiqarishni tezda qayta tashkil etish imkonini, xodimlar bilim darajasi va malakasi oshirilishini, ilg‘or g‘oyalar va texnologiyalarning tezda yoyilishini ta’minlaydi. Aynan axborot-kompyuter tizimini keng joriy etish 90-yillarda Amerika Qo‘shma Shtatlari iqtisodiyoti mislsiz o‘sishining bosh omili bo‘lib xizmat qildi, deb ta’kidlaydilar tadqiqotchilar. Ammo shu omilning qorong‘i tomonlari ham uchraydi. Ana shu tomonlar jamiyatning axborot xavfsizligi muammosini, ya’ni uning yashirin axborot oqimiga begona shaxslarning xavfli kirib borishidan himoya qilish muammosini nihoyatda keskinlashtiradi. Kompyuter sohasidagi jinoyatchilar (xakerlar) hukumat xizmatlarining yashirin ma’lumotlariga, harbiy buyruqlar va razvedkaning yopiq ma’lumotlariga, banklar, raqobatchi firmalarning hujjatlariga kirib borishlari, axborotlarni, moliyaviy va boshqa boyliklarni o‘g‘irlab, boshqaruv tizimi ishini, davlat faoliyatini izidan chiqarishlari mumkin. Bunday harakatlar kompyuter tizimlarini ishdan chiqarishda muholifatdagi davlatlar maxsus xizmatlarning qudratli axborot quroli bo‘lib xizmat qiladi. 147 Axborot - kompyuter texnologiyasining boshqa bir «salbiy ta’siri» shundan iboratki, ular o‘z ishlab chiqaruvchilariga – katta imkoniyat beradi. Axborot-kompyuter texnologiyasini ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlari orhali (aytaylik, kompyuter o‘yinlari orqali) uning millionlab iste’molchilari ongiga ta’sir o‘tkazishlari mumkin. Yoki bahaybat Internet kompyuter tarmog‘ini olaylik: ana shu sehrli «o‘rgimchak to‘ri» tobora ko‘p odamlarni o‘z domiga tortmoqda, axborotlar borasida o‘ziga «qaram» qilib, ularning hayotini bevosita ekran bilan bog‘lab qo‘yamoqda, «kerakli» chizmalarni, ma’lumotlarni, obro‘sizlantiruvchi xabarlarni sanoqli daqiqalarda butun dunyoga tarqatish imkonini bermoqda. Yangi texnologiyalarning yana bir ziddiyatli qirrasi – davlatning o‘z nazorat ruyxatiga millionlab fuqarolarni barcha zarur ma’lumotlar bilan (sog‘lig‘i, oilasining ahvoli, daromadlari, ko‘chmas mulki va hokazolar bilan) «kiritish imkoniyatidir». Bir tomondan, bu jinoyatchilikka va soliqlardan bo‘yin tovlashga qarshi kurashda, yordamga muhtoj fuqarolarni aniqlashda va hokazolarda ko‘mak berishi mumkin. Ikkinchi tomondan, ular davlat amaldorlarining, ayniqsa, «kuch tuzilmalari»ning suiste’mollari uchun: axborotlarni sotish, ulardan fuqarolarga zarar keltirish maqsadida foydalanish, tovlamachiliklar qilish, bo‘yin egmaganlarning amaldorlar tomonidan ta’qib qilinishi uchun imkoniyatlar yaratib beradi va hokazo… Nima bo‘lsa ham, fan-texnika inqilobi rivojlanib borgani sayin axborotlar oqimi kuchayib bormoqda. XIX asrda axborotlar oqimi ikki barobar ko‘payishi taxminan 50 yil talab qilingan bo‘lsa, bugungi kunda axborotlar oqimi har 20 oyda ikki barobar ko‘payib borayapti, ularning jamiyat hayotidagi ro‘li og‘ishmay oshib bormoqda. Bu olimlarga «axborot inqilobi» va rivojlangan mamlakatlarning «industurial jamiyat»dan «axborot jamiyati»ga (uni «postindustirial», deb ham atashadi) o‘tayotgani haqida gapirish imkonini berdi. Axborotlar jamiyatining asosiy jihatlari quyidagilardan iborat: • axborot ishlab chiqarishning asosiy mahsuliga va jamiyatning asosiy resursiga aylanadi; jamiyatda o‘ziga xos «axborotlar hukmronligi» tarkib topadi; • maorif va fan (axborotlarni ishlab chiqaruvchilar) – iqtisodiyotning asosiy sohalariga aylanadi, universitetlar (ilmiy bilim markazlari) va ilmiy- texnik mutaxassislar jamiyatda yetakchi rol o‘ynaydi; • har sohada axborot-kompyuter texnologiyasi va avtomatlar qo‘llaniladi, yangi ixtirolarni joriy etish tezlashadi; • ulkan aloqa tizimlari (qit’alararo telefon kabeli, yo‘ldoshlar orqali 148 televideniye va aloqa, jahon Internet tarmog‘i) rivoj topadi; • iqtisodiyotni tashkil etish rang-baranglashib, uning qayishqoqligi oshadi, bilimlar va odamlarning butun ijtimoiy hayoti uzluksiz yangilanib boradi. Axborotlar jamiyatining yuqorida aytib o‘tilgan so‘nggi jihati ayniqsa, salmoqli bo‘lib, uni millionlab kishilar his etadi. Amerikalik jamiyatshunos Elvin Toffler (1928 yilda tug‘ilgan)ning kuzatuvlariga qaraganda, hozirgi zamon insoniyat hayotdagi o‘zgarishlar tobora jadallashib boradigan davrga qadam qo‘ymokda. Bugungi kunda dunyoda o‘zaro bog‘liq uch asosiy omil ustuvorlik qilmoqda: birinchi omil – o‘tkinchi bo‘lib, u jamiyat hayotidagi (fan, texnika, ishlab chiqarish, turmush, moda, odatlardagi, hatto odamlarning o‘zaro munosabatlaridagi) o‘zgarishlar oqimi tobora tezlashib borishini anglatadi; ikkinchi omil – yangilanish, u tobora g‘aroyib, hayratda qoldiradigan, ilgari ko‘z ko‘rmagan buyumlarning yangidan-yangi namunalarini, jarayonlarni, vaziyatlarni, g‘oyalarni yaratadi; uchinchi omil – rang-baranglik bo‘lib, hayot shakllarining g‘oyatda ko‘psonligi, murakkabligi va ko‘rinishlari bilan lol qoldiradi, iste’mol ne’matlarining millionlab turlaridan boshlab din, fan, maorif, san’at, siyosat oqimlarining son- sanoqsizligi shular jumlasidandir. Ana shu omillarning qorishmasi odam asabini doimo tarang holda ushlab turadi. U hamma yerda ulgurishga harakat qiladi, natijada, uning bilimi sayoz, chala-chulpa, yuzaki va eskirgan bo‘lib chiqadi. Hayotiy vaziyatlarning yashin tezligida o‘zgarishi uni ana shu o‘zgarishlarga qayta va qayta moslashishga majbur qiladi. Xo‘jalik hayotida ham xuddi shunday manzara kuzatiladi: «pishiklik iqtisodiyoti» o‘rniga «qisqa muddatli iqtisodiyot» keladi. Gurkirab rivojlanayotgan fan-texnika taraqqiyotining bosimi ostida undagi hamma narsa – texnika, texnologiya, buyumlar va ehtiyojning o‘zi ham vaqtinchali bo‘lib qoladi. Kuni kecha Pentium IV shaxsiy kompyuterlarning «poshshosi» hisoblanar edi, hozir-chi, Pentium CXLIV nechanchi o‘rinda? Yoki kompyuterlarning dasturiy ta’minoti bo‘yicha qo‘llanma kitoblarni olaylik. Ular nashrdan chiqmay turib, eskirib qolayapti... Shuning uchun Toffler shundan bo‘lsa kerak: «bir marotabali ne’matlar, iqtisodiyotda «ishlatdingmi – tashlab yubor» tamoyili ustuvorlik qiladigan davr keladi» degandi. Bundan mahsulotlarning uzoq muddatli, g‘oyatda pishiq va qimmatbaho turlarini ishlab chiqarishga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq emas, ko‘p hollarda ta’mirlash ishlarini olib borish samarasiz, texnikadan yanada samarali foydalanish, uni ijaraga berish tizimini 149 takomillashtirish, dasgohlarni ish jarayonida yangilab borish zarur, degan muhim xulosalar kelib chiqadi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling