H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Ijtimoiy - iqtisodiy mezonlar asosida tasnif
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
7.3. Ijtimoiy - iqtisodiy mezonlar asosida tasnif
Iqtisodiy tizimlarning fan uchun eng xarakterli tasnifi iqtisodiy tizimning quyidagi turlarini farqlashdan iborat: 1. Xo‘jalik shakllari (ishlab chiqarish shakllari yoki «iqtisodiyot turlari»). Ularni farqlashning asosiy mezoni ishlab chiqarish va iste’molning aloqa usuli yoki shaxs mehnatini jamiyat yalpi mehnatiga kiritish usuli yoki iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish usulidir. Xo‘jalikning tarixiy ilk shakli – natural xo‘jalikdir (patriarxal xo‘jalik yoki an’anaviy iqtisodiyot). Unda ishlab chikarish va iste’mol bir-biri bilan bevosita bog‘liq, faoliyatni muvofiqlashtirish esa, tarkib topgan an’analar va mehnatga iqtisodiyotdan tashqari majburlash asosida amalga oshiriladi. Natural xo‘jalik munosabatlarining qoldiqlari nisbatan kechki sharoitlarda, masalan, hozirgi kam rivojlangan qoloq mamlakatlardagi tartib ko‘rinishida uy xo‘jaliklarining va korxonalarning o‘z ta’minotini kuchaytirish, odat tarziga kirgan, hozirgi tanglik holatidagi o‘tish davri iqtisodiyotlari uchun xos bo‘lgan to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lamaslik ko‘rinishida ham yashab qolishi mumkin. Xo‘jalikning boshqa, nisbatan keng yoyilgan shakli-bozor iqtisodiyoti (yoki tovar xo‘jaligi). Unda ishlab chiqarish bilan iste’mol o‘rtasidagi aloqa yoki iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish tovarlarni bozorda raqobat sharoitlarida sotib olish va sotish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Xo‘jalikning uchinchi shakli – ehtimol mavjudligi bahsli masala. Asosiy nuqtai nazarlar quyidagilardan iborat: a) uchinchi shakl mavjud emas, chunki bozor iqtisodiyoti o‘zida «tabiiy va oqilona tartib»ni (A.Smit) yoki «insonning tabiiy me’yorlariga» muvofiq bo‘lgan (F.Xayek) «o‘z-o‘zidan tarkib topgan, kengaytirilgan tartib»ni aks etgiradi; b) bu – rejali iqtisodiyot (rejali xo‘jalik), iqtisodiyotning nisbatan yuqori darajasidir. Bunda ishlab chiqarishning oshib borayotgan umumlashuvi asosida ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xo‘jalik aloqalari mustahkamlanib boradi, faoliyatni muvofiqlashtirish esa ongli ravishda, ilmiy asoslangan xo‘jalik rejalari asosida amalga oshiriladi; v) bu – iqtisodiyotni boshqarishning buyruqbozlik (ma’muriy, buyruqlarga asoslangan, majburiy va hokazo) usullari hukmronlik qilishida ifodalanuvchi buyruqbozlik iqtisodiyoti (buyruqbozlik – ma’muriy tizim, 158 totalitar iqtisodiyot). Bu «tabiiy iqtisodiy tartib»dan chekinishning qonuniy oqibati sifatida tarixan boshi berk ko‘cha hisoblanadi; g) bu – bozordan keyingi iqtisodiyot, bunda industrlashtirishdan keyingi rivojlanish sharoitida bozor aloqalari sub’ektlarining o‘zaro hamjihatliligiga va «sub’ekt – sub’ekt»li munosabatlarga asoslangan maqbul aloqalar bilan almashuvi ruy beradi; d) bu - bozor mexanizmini va iqtisodiyotga davlat boshqaruvini (bozor va rejani) bir-biri bilan birlashtiruvchi aralash iqtisodiyot. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling