H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

2. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar (yoki ishlab chikarish usullari). 
Ularni bir-biridan farqlovchi asosiy mezon – ishlab chiqaruvchilarni ishlab 
chiqarish vositalari bilan birlashtiruvchi usul yoki ishlab chiqarish vositalariga 
egalikning hukmron shaklidir. Formatsiyali yondashuv zamirida, uning 
nisbatan keng ma’lum bo‘lgan marksistik talqinida ishlab chiqarish 
munosabatlarining (o‘zlashtirish va mulkka egalik munosabatlari kabi) ishlab 
chiqaruvchi kuchlar darajasi va xarakteriga mosligi g‘oyasi yotadi. Ishlab 
chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi pirovard oqibatda formatsiyalarga 
o‘tishni izohlaydi. 
Formatsiyali yondashuvni amalga oshirishning eng keng tarqalgan talqini 
besh formatsiyani (ishlab chiqarish usullarini) ajratib ko‘rsatadi: ibtidoiy - 
jamoa, quldorlik, feodal, kapitalistik (burjua) va kommunistik (uning birinchi 
bosqichi sotsializm deb nomlangan) shular jumlasidandir. Ba’zi talqinlarda 
quldorlik o‘rniga ishlab chiqarishning antik va osiyocha usullari qo‘llaniladi. 
Formatsiyali yondashuvning ko‘rsatib o‘tilgan barcha talqinlari zamirida 
mulkka egalikning u yoki bu hukmron shakliga va shundan kelib chiquvchi 
mulk egasining iqtisodiy faoliyatidagi asosiy maqsadiga (jumladan, feodalizm 
davridagi ishlab chiqarish va feodal rentaning o‘zlashtirilishiga, kapitalizm 
sharoitida ishlab chiqarish qo‘shimcha qiymatining o‘zlashtirilishiga) ishora 
yotadi. 
Mulkdorlar va mulk egasi bo‘lmaganlarning munosabatlaridagi qarama-
qarshilikka haddan tashqari urg‘u berilishi tarixiy jarayondagi uzilishlar, 
ijtimoiy-madaniy va boshqa omillar rolini inobatga olmaslik, oldingi tarixiy 
bosqichlarni kommunistik formatsiyaga asos qilib keltirish formatsiyali 
yondashuvning kamchiliklari hisoblanadi. Shu bilan birga, formatsiyali 
yondashuv iqtisodiy tizimning hayotiy tomonlaridan birini aks ettirar ekan
hozirgi sharoitlarda ham mavjud. Ayni vaqtda fomatsiyalar izchilligi pirovard 
bosqichining turli talqinlari ajratib ko‘rsatiladi. Asosiy nuqtai nazarlar bunda 
quyidagi ko‘rinishni kasb etadi: 
a) kapitalizm-«tabiiy ongli tartib» bo‘lib, ichki evolyutsiyaga qodir va 
«sotsializmga o‘tishni» talab qilmaydi; 


159 
b) sotsializm (kommunizm) marksistik yondashuv ruhidagi tarixiy 
taraqqiyotning so‘nggi bosqichi sifatida; 
v) kapitalizmdan keyingi bosqich qandaydir kelajak jamiyatning ifodasi 
sifatida. Bunda industrlashtirishdan keyingi taraqqiyot zamirida boylik 
to‘plash jamiyatga qarama-qarshi ravishda ijodiy shaxs qadrining ustuvorligi 
vujudga keladi; 
g) aralash iqtisodiyot bo‘lib, u xususiy mulkchilik (hususiy tadbirkorlik) 
asoslarini mehnatkashlar ijtimoiy kafolatlarining rivojlangan tizimi bilan 
birlashtiradi va ikki jahon tamoyili-kapitalistik va ijtimoiy (sotsialistik) 
tamoyillarning o‘zaro hamkorligini aks ettiradi. 
Formatsiyali yondashuvning boshqa kengaytirilgan talqini xam mavjud 
bo‘lib, u ham K.Marks ta’limotiga borib taqaladi. Unga muvofik «ijtimoiy 
formatsiya»ning uch turi: boshlang‘ich (arxaik), ikkilamchi (iqtisodiy), 
uchlamchi (kommunistik) turlari mavjud. Mazkur talqin quyida bayon etilgan 
tasnifga ma’lum darajada mos keladi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling