H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Jamiyat industrial (industrial - iqtisodiy) taraqqiyoti darajasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

3. Jamiyat industrial (industrial - iqtisodiy) taraqqiyoti darajasi. 
Ushbu tasnifda eng muhimi – jamiyat tarakkiyoti bosqichlarining industrial va 
iqtisodiy asoslarni mustahkamlanish (yoki bo‘shashish) darajalariga 
yig‘ilganidir. Natijada, uch yirik bosqich: industrlashtirishdan avvalgi jamiyat 
- industrlashgan jamiyat – industrlashtirishdan keyingi postindustrial jamiyat 
ajratib ko‘rsatiladi.
Ikki yiriklashtirilgan mezon aytib o‘tilgan har bir bosqichning majvud 
o‘ziga xos jihatlarini aniqlash imkonini beradi. Ulardan birinchisi – ishlab 
chiqaruvchi kuchlardir.
U ikki jihatga ega: birinchisi, ishlab chiqarish vositalari turlarini (qo‘l 
mehnati qurollari-mashinalar va informatika), ikkinchisi, «etakchi sektor» 
(dehqonchilik-industriya-fan) tavsifini beradi. Ikkinchisi jamiyat fe’l-atvori 
bilan «jamiyatdagi» inson fe’l-atvori bir-birini qanday izohlashini ochib 
beradi. Ana shu mezonga muvofiq jamiyat taraqqiyoti bosqichlari quyidagi 
ko‘rinishni: iqtisodiyotdan avvalgi (an’anaviy) jamiyat-iqtisodiy jamiyat – 
iqtisodiyotdan keyingi jamiyat ko‘rinishini kasb etadi.
Ularning har biri determinatsiyaning o‘z turiga ega: birinchi holda, 
ibtidoiy an’analar va iqtisodiyotdan tashqari mehnat qilishga majburlash; 
ikkinchi holda, tor iqtisodiy (moddiy, pul) omillari; uchinchi holda, insonning 
ijodiy rivojlanish ehtiyoji. Har bir jamiyatning o‘z «jamiyatdagi» inson turi 
mavjud: an’anaviy («patriarxal») inson, «iqtisodiy» inson, ijodiy («ijtimoiy», 
«sotsiologik» va hokazo) inson shular jumlasidandir, Aytib o‘tilgan tavsiflarni 
quyidagi jadval ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin: 


160 
7.1-jadval 
Mezonlar 
Jamiyat bosqichlari 
Industrlashti-
rishdan avvalgi 
(iqtisodiyotdan 
avvalgi) jamiyat 
Industrlashgan 
(iqtisodiy) 
jamiyat 
Industrlashtirishdan 
keyingi 
(iqtisodiyotdan 
keyingi) jamiyat 
1. Ishlab chiqarish 
vositalarining turlari. 
Qo‘l 
mehnati 
qurollari. 
Informatika. 
2. Yetakchi sektor. 
Qishloq xo‘jaligi. 
Fan-ijod. 
3.Determinatsiya turi. 
«Jamiyatdagi» inson 
turi. 
An’analar 
va 
iqtisodiyotdan 
tashqari mehnatga 
majburlash. 
An’anaviy. 
Ijtimoiy-ijodiy 
(«sotsiologik») inson. 
Jamiyatning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan barcha bosqichlari iqtisod 
fanining o‘rganish doirasiga kiradi, ammo har bir holda jamiyatning iqtisodiy 
masaladaligi darajasi har xil bo‘ladi. 
XX asrning 60-yillaridan boshlab postindustrial jamiyat atamasi va 
konsepsiyasi keng yoyildi. Uning ma’lum belgilari orasida – E.Tofflerning 
«uchinchi to‘lqin jamiyati», Yo.Masudaning «axborot jamiyati», J.Nesbitning 
«informatika va yuqori texnologiya jamiyati», J.Furastening «xizmatlar 
jamiyati», A.Pechcheining «yangi insonparvarlik jamiyati», R.Inglxartning 
«moddiy 
qadriyatlardan 
keyingi 
jamiyati» 
va 
hokazolar 
bor. 
Industrlashtirishdan keyingi jamiyat g‘oyasi urushdan keyingi davrda turli 
mamlakatlarda ko‘zga tashlangan hamda mutlaqo yangi texnika va 
texnologiyalarning rivojlanishi, ishlab chiqarishning tarkibiy shakllanishi
fanning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanishi, mehnatning ijodiy 
xususiyatlari va shaxsning o‘z ijodiy qobiliyatlarini namoyish etishining 
ko‘chayib borishi, mahsulotning ilmiy bilim, axborot, ma’naviy ne’mat va 
hokazo turlarini birinchi o‘ringa ko‘tarilishi bilan tavsiflanuvchi hayotiy 
jarayonlarni aks ettirdi. 
4. Sivilizatsiyalashgan madaniy tizimlar. Ijtimoiy fanlarda keng 
ishlatiladigan «sivilizatsiya» atamasi turli ma’nolarda qo‘llaniladi. Bizning 
ta’limimizga nisbatan sivilizatsiyaning jamiyat hayotida qayta tiklanishining 
o‘ziga xos usuli bilan ichki va tashqi omillarning tarixan vujudga keluvchi 
birligini tavsiflanuvchi ta’rifini qo‘llash nisbatan maqbuldir. Mazkur ta’rifning 
iqtisodiyotda turlicha talqin etilishi, iqtisodiyot nazariyasi fanini o‘rganadigan 


161 
ob’ekt sifatida tizim o‘z ichiga nafaqat iqtisodiy (ichki), shu bilan birga, 
iqtisodiy bo‘lmagan (iqtisodiyotga nisbatan tashqi) elementlarni (omillarni) 
olishida ifodalanadi. Bunday tizimda ijtimoiy-madaniy (milliy, diniy, axloqiy, 
«mental» va hokazo), ijtimoiy-siyosiy (demokratiya, fuqarolik jamiyati, 
huquqiy davlat qadriyatlari va hokazolar), iqtisodiyotdan keyingi (ijtimoiy-
ijodiy va kommunikativ), shuningdek, tabiiy-iqlimiy, geografik, geosiyosiy va 
boshqa omillar noiqtisodiy omillar sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. 
Shunday qilib, tahlilning hilma-hilligi, mezonlarning ko‘psonliligi, ularni tor 
iqtisodiy o‘lchamlar bilan ifoda qilib bo‘lmasligi iqtisodiy tizimlarni tadqiq 
etishga sivilizatsiyalashgan yondashuvning o‘ziga xos jihatlari hisoblanadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fani doirasidan tashqariga chiqmaydigan ko‘lamda 
sivilizatsiyalashgan tizimlarning bir nechta tasniflarini ajratib ko‘rsatish 
mumkin. Ular o‘rtasidagi tafovutlar zamirida u yoki bu mezonlarning 
foydalanilishi (nisbatan tor iqtisodiyotdan tashqari u yoki bu omillarning 
iqtisodiyot bilan aloqasi) yotadi. 
Birinchi tasnif – jamiyatning industrial (industrial-iqtisodiy) rivojlanish 
darajasiga mos keladi. U industrlashtirishga qadar (an’anaviy) sivilizatsiya-
industrial (iqtisodiy) sivilizatsiya-industrlashtirishdan keyingi (iqtisodiyotdan 
keyingi) sivilizatsiya ko‘rinishlarini qabul qiladi. Ularning tavsifi yuqorida 
berilgan. Mazkur sivilizatsiyalarni olamshumul va tarixan izchil («vertikal») 
sivilizatsiya sifatida talqin qilish mumkin. 
Ikkinchi tasnif – ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy omillar o‘zaro aloqasiga 
urg‘u bergan holda, olamshumullik va sivilizatsiyaning tarixiy jihatlariga ko‘ra 
birinchi tasnifga yaqin turadi. Jumladan, an’anaviy (patriarxal, avtoritar) va 
liberal (bozor, demokratik) sivilizatsiyalarni ajratib ko‘rsatishadi, bunda oraliq 
sivilizatsiyasi ham mavjud bo‘lishi mumkinligiga e’tibor qaratiladi. 
Uchinchi tasnif – ijtimoiy-madaniy omil va u bilan bog‘liq turli 
jamiyatlarning (xalqlarning, millatlarning, diniy va boshqa uyushmalarning) 
birmuncha barqaror qadriyatlar tizimiga urg‘u beradi. Shu toifadagi 
sivilizatsiyalarni hududiy cheklangan (masalan, Yevroosiyo va G’arbiy 
Yevropa sivilizatsiyasi, Islom sivilizatsiyasi, konfutsiy madaniyat mintaqasi 
sivilizatsiyasi va hokazo), bois cheklangan sivilizatsiya tinch-totuv yashash 
holatida bo‘lishiga qaramay (o‘zaro keng ko‘lamda hamkorlik qilishi va bir-
birining ichiga kirib borishiga qaramay), jamiyat taraqqiyotining tarixiy 
(«vertikal») o‘qida joylashmagan nisbatan barqaror bo‘lganligi, ko‘proq 
darajada konservatizmga egaligi bois «gorizontal» sivilizatsiyalar sifatida 
talqin qilish mumkin. Mazkur tasnifning eng muhim jihati -ijtimoiy-madaniy 
muhitning universal iqtisodiy jarayonlar harakatiga, u yoki bu xo‘jalik 
shakllariga, iqtisodiy fe’l-atvorning u yoki bu turiga ta’siri hisoblanadi. 


162 
Induvidual va jamoa (korporativ) shakllarining turli nisbati, davlatning 
roli va vazifalariga turlicha munosabat, ratsional-iqtisodiy va ratsional 
bo‘lmagan (ma’naviy) omillarning turli darajasi, ijtimoiy adolatning turlicha 
tushunilishi va hokazolar aytib o‘tilgan ta’sirning birmuncha aniq ifodalari 
sifatiga kiradi. Bularning hammasi umumiy iqtisodiy qonuniyatlar harakatini 
cheklab yoki unga tuzatishlar kiritib, iqtisodiy tizimlarda o‘z ifodasini topishi 
lozim. 
To‘rtinchi tasnif – bundan avvalgi tasnifga zid bo‘lib, dastlabki ikki tasnif 
tavsiflarini o‘z ichiga oladi, «umuminsoniy qadriyatlarga» urg‘u berib, ularni 
boyitadi. Jamiyat taraqqiyoti turli mamlakatlarda va regionlarda mavjud 
bo‘lgan tafovutlarni yo‘qota borib, umuminsoniy qadriyatlar hukmron bo‘lgan 
«yagona jahon sivilizatsiyasining» shakllanishi yo‘lidan bormoqda, deb 
hisoblanadi. Ammo umuminsoniy qadriyatlar mazmunining o‘zi bahsli 
masala.
Ular nimalarni ifodalaydi: nisbatan «olg‘a qadam qo‘ygan», har bir 
cheklangan sivilizatsiyaning eng yaxshi jihatlarini o‘zida to‘plagan G’arb 
sivilizatsiyasi qadriyatlarinimi yoki rang-barangliklar birliginimi? Bundan 
tashqari tarix jarayonini sun’iy ravishda jadallashtirish va cheklangan 
sivilizatsiyalarning tarixan tarkib topgan, ma’lum darajada barqaror o‘ziga xos 
jihatlarini yo‘qotib borish havfli, tarix buning jiddiy ijtimoiy oqibatlarga olib 
kelishini ko‘rsatadi. 
Talqin etishdagi tafovutlarga qaramay, tizimlar turiga sivilizatsiyalashgan 
yondashuv formatsiyali va boshqa yondashuvlarga nisbatan tahlilning rang-
barangligi, tarixiy jarayonning ko‘p qatlamliligi va izchilligi, sinfiy bir-biriga 
qarama-qarshi baholardan chekinish jamiyat taraqqiyotining ko‘proq insoniy 
o‘lchamlari va xokazolar kabi tasnif usullariga ko‘ra qator imtiyozlarga ega. 
Shu bilan birga, sivilizatsiyalashgan yondashuvga haddan tashqari urg‘u 
berish sharoitlarida iqtisodiyot nazariyasi uchun mavjud bo‘lgan havf-
xatarlarni nazarda tutish kerak. Iqtisodiyot nazariyasi fanining o‘zi siyqalashib 
borishi, uning o‘z iqtisodiy mazmunini yo‘qotish imkoniyatlari shular 
jumlasidandir. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling