H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


 Aralash iqtisodiyot modellari


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

7.6. Aralash iqtisodiyot modellari. 
Aralash tizimni rivojlantirishga umumiy yo‘nalish bir xillik va 
standartlashtirishni anglatmaydi. Hayotda turli mamlakatlarda va turli 
mintaqalarda aralash iqtisodiyotning har xil modellari tarkib topgan. Ular bir-
biridan mulkchilikning, bozor va davlat boshqaruvining, kapital va 
ijtimoiylikning, iqtisodiy va iqtisodiyotdan keyingi jihadtlarning turli shakllari 
o‘ziga xos chatishish bilan farq qiladi. Bu xususiyatlar ko‘pgina omillarga: 


166 
moddiy-texnika bazasining darajasi va xususiyatiga, ijtimoiy tuzilish 
shakllanishining tarixiy va geosiyosiy sharoitlariga, mamlakatning milliy va 
ijtimoiy-madaniy xususiyatlariga, u yoki bu ijtimoiy-siyosiy kuchlarning 
ta’siriga vahokazolarga kup jihatdan bog‘liq. Buning ustiga, aralash 
iqtisodiyotda odatda, o‘lchamlarning u yoki bu ko‘rinishi ustuvorlik qilishi 
mumkin. 
Jahonda tarkib topgan aralash iqtisodiyotning nisbatan xarakterli ba’zi 
modellarini baxolashga harakat qilamiz. Amerika modeli – bu xususiy 
mulkning, bozor-raqobat mexanizmining, kapitalistik sabab-oqibatlarning
shuningdek, ijtimoiy tabaqalashtirishning yuksak darajasi ustuvorlik rolini 
taxmin qiluvchi liberal bozor – kapitalistik modelidir. Germaniya modeli – 
ijtimoiy-bozor xo‘jaligi modeli bo‘lib, u raqobat munosabatlari kengayishini 
bozor va kapitalning kamchiliklarini yumshatuvchi alohida ijtimoiy 
infratuzilma tashkil etilishi bilan, ijtimoiy siyosat sub’ektlarining ko‘p qatlamli 
institutlardan tashkil topgan tuzilmasi shakllanishi bilan bog‘laydi. Shvetsiya 
modeli – o‘zining klassik ko‘rinishida daromadlar qayta taksimlanishiga va 
rang-barang «erkin uyushmalar» keng yoyilishiga asoslangan ijtimoiy 
kafolatlarning yuksak darajasi xos bo‘lgan ijtimoiy modeldir. Yaponiya 
modeli – boshkariladigan korporativ kapitalizm modeli bo‘lib, unda kapital 
jamg‘arishning qulay imkoniyatlari iqtisodiy rivojlanishni rejalashtirish, 
tarkibiy, investitsion va tashqi iqtisodiy siyosat sohalarida davlat 
boshqaruvining faol roli va korporativ (firmalarning ichki) asoslarining 
alohida ijtimoiy ahamiyati bilan tutashadi. 
Aralash iqtisodiyotning shakllanishi uning davri iqtisodiyoti sharoitlarida 
ham kuzatiladi, bu holda uning turli modellari tarkib topadi. Masalan, Xitoy 
iqtisodiyotini qayta tashkil etish davomida bozor mexanizmi va 
iqtisodiyotning nodavlat sektori islohot yillarida o‘z rolini sezilarli darajada 
mustahkamladi. Ammo ijtimoiy-iqtisodiy siyosatda « yo‘naltirilgan 
rejalashtirish» va ijtimoiy kafolatlar shaklidagi davlat boshqaruvi ustuvor 
mavqeini saqlab qolmoqda. Bunday modelni aralash iqtisodiyotning ustuvor 
sotsialistik modeli sifatida ta’riflash mumkin. Aralash iqtisodiyotni 
shakllantirish imkoniyatlari O‘zbekistonda ham mavjud. Ular, avvalambor, 
industrlashtirishdan keyingi davrning alohida elementlari bilan chatishib 
ketgan, ma’lum darajada rivojlangan sanoat bazisi, mulkchilik va xo‘jalik 
yuritishning vujudga kelgan rang-barang shakllari hamda islohot yillarida jadal 
rivojlangan bozor va tadbirkorlik bilan bog‘liq. Bularning hammasiga 
texnologik ko‘p ukladlilik, uning aralash xususiyatini kuchaytiruvchi, hozirgi 
zamon mamlakat iqtisodiyotining ijtimoiy o‘tish xususiyati kelib qo‘shiladi. 


167 
Shu narsa ayonki, mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinsa, 
aralash iqtisodiyotning O‘zbekistan modeli tarkib topadi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling