H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

 
7.7. Milliy iqtisodiyot 
Milliy iqtisodiyot yoki milliy iqtisodiy tizim – bu mamlakatni 
rivojlantirish, faoliyat ko‘rsatish omillari (ichki va tashqi, iqtisodiy va 
noiqtisodiy) butun majmuini aks ettiruvchi va o‘zida umumiy iqtisodiy 
qonuniyatlar amalga oshirilishini izohlovchi xususiyatlarni mujassam etgan 
mamlakat iqtisodiy tizimidir. 
Tabiiy-iqlimiy, 
iqtisodiy-geografik, 
texnologik, 
ijtimoiy-madaniy 
xarakterdagi 
omillarni 
milliy 
iqtisodiyotning 
rivojlanishga 
faoliyat 
ko‘rsatishining o‘ziga xos omillari sirasiga kiritsa bo‘ladi. Ular, odatda, 
turg‘unligining uzoq muddatliligi va tezkor o‘zgarishlarga moyil emasligi 
bilan farq qiladi. Iqtisodiyot va ijtimoiy mahsulotning va mulkchilikning u 
yoki bu tarkibiy tuzilishi, davlatning u yoki bu roli, iqtisodiyotning tashqi 
olamga u yoki bu ochiqlik darajada, jamiyatdagi ijtimoiy adolatning qanday 
talqin etilishi, iqtisodiy siyosatdagi u yoki bu ustuvor jihatlar va hokazolar 
ularning oqibati hisoblanadi. 
Milliy iqtisodiyot xo‘jalikning u yoki bu shakli, formatsiya yoki 
industriyaning rivojlanish darajasi bilan bog‘liq emas. U jamiyatning turli-
tuman bosqichlarini o‘zida aks ettirib, ularga milliy xoslik bag‘ishlashi 
mumkin. U ko‘prok sivilizatsiyalashgan tizimlar bilan qiyoslanadi, u yoki bu 
cheklangan sivilizatsiya xususiyatlarining ma’lum ifodasi hisoblanadi. Hozirgi 
sharoitlarda milliy iqtisodiyot aralash iqtisodiyotning milliy modeli 
ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. 
Milliy iqtisodiyot uchun alohida bir maqsadni ko‘zlash, boshqacha qilib 
aytganda, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning odatdagi maqsadlari (samaradorlik, 
farovonlik va hokazolar)dan tashqari, har bir mamlakat iqtisodiyoti oldida 
uning rivojlanish shart-sharoitlari va darajasi bilan izohlanuvchi o‘ziga yarasha 
maqsadlar turishi hosdir. 
Milliy iqtisodiyotning faoliyat ko‘rsatishi mamlakat milliy iqtisodiy 
xavfsizligini ta’minlash va uning milliy iqtisodiy manfaatlarini amalga 
oshirish avfzalliklarini o‘zda mujassam etishi kerak. Milliy iqtisodiyotning 
raqobatbardoshligini oshirish va uning jahon xo‘jalik tizimidagi rolini 
kuchaytirish ana shunday manfaatlar sirasiga kiradi. 
Mamlakatning yagona iqtisodiy hududini ta’minlash iqtisodiyot 
umummilliy va mintaqaviy darajalarining maqbul nisbatga o‘rnatish milliy 
iqtisodiyotning muhim jihatlari hisoblanadi. Shuningdek, u mamlakat ilmiy 
an’analari va milliy iqtisodiy tafakkur xususiyatlarini o‘zida mujassam etishi 


168 
kerak. Jumladan, u mamlakatimiz iqtisod fani uchun iqtisodiyotning ijtimoiy 
jihatlariga, xalq xo‘jaligi vazifalariga alohida e’tibor hamisha xos bo‘lib 
kelgan.

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling