H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Seminar darslarida muhokama qilish uchun savollar 1. Qanday iqtisodiy tizimlarni bilasiz Ularning hozirgi zamondagi farqlari nimada
- 8 BOB. MULKCHILIK VA MULKIY MUNOSABATLAR
Asosiy tushunchalar Iqtisodiy tizim. Industrial va industrialashtirishdan keyingi (post industrial) jamiyat. Iqtisodiy tizimlarning me’zonlari va turlari. Ijtimoiy – iqtisodiy farmatsiya. Oddiy va murakkab tizimlar. Sivilizatsiyalashgan tizimlar. Aralash iqtisodiyot. Milliy iqtisodiyot. Seminar darslarida muhokama qilish uchun savollar 1. Qanday iqtisodiy tizimlarni bilasiz? Ularning hozirgi zamondagi farqlari nimada? 2. Sivilizatsiyalashgan va qoloq tizimlarning farqlari. 3. Aralash iqtisodiyotni misol bilan aytib bering. Mustaqil ta’lim uchun savollar 1. Iqtisodiy tizimlarning xususiyatlari nimada? 2. Aralash iqtisodiyotning mezonlarini tushuntirib bering. 3. Inson jamiyatida qanday tizimlar ro‘y bergan? 171 8 BOB. MULKCHILIK VA MULKIY MUNOSABATLAR Biz doimo qatnashadigan mulkiy huquq, jamiyatning o‘zaro harakatidagi ko‘pincha tartibga soluvchi qoidalarini keng va asosiy qismini yuzaga keltiradi. Hamda mulkiy huquq odatdagi o‘yinlarida kim qanday sharoitlarda va qanday harakat qilishi mumkin va kimga nima kerakligini chegaralaydi. Shunday qilib mulkiy huquq va boshqa o‘yinlar qoidasi piravard hisoblarda individlar o‘zlarining manfaatlarini ko‘zlab qanday tanlov mavjudligini aniq ifoda etadi. Pol Xeyne 8.1. Mulkchilik munosabatlarining tarkibiy tuzilishi. Mulkning iqtisodiy mazmuni va mulkka egalik qilish huquqi Insoniyat sivilizatsiyasi, iqtisodiy tizimlar taraqqiyotida, tovar ishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanishida mehnat taqsimoti bilan bir qatorda, mulk hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ammo mulk o‘z borlig‘ining qo‘shaloq usuliga – iqtisodiy va huquqiy usullariga ega. Mulkning iqtisodiy va huquqiy munosabatlari bir-biri bilan mustahkam bog‘langan, ular bir-birini taqozo etadi. Mulkning huquqiy munosabatlari iqtisodiy munosabatlarning qonunlardagi va me’yoriy hujjatlardagi ifodasi, mavjudligi va mustahkamlanishining shakli sifatida namoyon bo‘ladi. Aytish mumkinki, mulkiy huquq mulk iqtisodiy munosabatlarining ham muqaddimasi, ham natijasi sifatida namoyon bo‘ladi. Muqaddimasi sifatida u iqtisodiy munosabatlarga kirishayotgan xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida huquqiy oraliq mavjudligi uni hisobga olish lozimligi bilan namoyon bo‘ladi. Bu huquqiy oraliq ma’lum darajada ular o‘zlarini qanday tutishi kerakligini taqozo etadi. Sub’ektlar xo‘jalik aloqalarini o‘rnatishar ekan, qonunlarda mustahkamlangan mulkiy huquqlarni yodda tutishilari lozim. Shu bilan bir qatorda, mulkiy huquq fan-texnika va ijtimoiy taraqqiyot hamda boshqa omillar ta’siri ostida chindan ham ob’ektiv ravishda o‘zgarib turuvchi iqtisodiy munosabatlarni mensimasligi mumkin emas. Mazkur munosabatlar o‘z taraqqiyotining u yoki bu bosqichlarida huquq doirasidan tashqari chiqishga majbur bo‘ladilar. Huquq o‘zgargan vaziyatni o‘zida aks ettirmayotgan va iqtisodiy rivojlanishga to‘siq bo‘lib qolgan hollar shular jumlasidandir. 172 Misol qidirib uzoqqa borib o‘tirmaylik. Bir necha yil muqaddam tovar olib sotganingiz uchun sizni chayqovchi sifatida javobgarlikka tortishlari mumkin edi. Mazkur misolda o‘ziniki qilib olish kabi iqtisodiy munosabatning mulkiy huquq bilan ziddiyatga kirishishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Zero, qonun ne’matining faqat undan foydalanish maqsadidagina mulk sifatida qo‘lga kiritilish ehtimolini tavsiya etar va qayta sotish yo‘li bilan mulkka egalik huquqining boshqa shaxsga berilishini taqiqlar edi. Ammo odamlar qonun bilan mustahkamlangan huquqiy me’yorlarni mensimay, vujudga kelgan ob’ektiv iqtisodiy munosabatlardan va o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib, u yoki bu tovarni olib sotishdan tushgan daromadning o‘zlashtirilishiga yo‘l qo‘ymoqdalar. Hozir amalda bo‘lgan qonunchilik olib-sotish hollarini qonuniylashtirdi va shunday qilib, o‘zlashtirishning mazkur ko‘rinishiga ruxsat beruvchi huquqiy me’yorni yuridik jihatdan mustahkamladi. Shunday qilib, mulk shu so‘zning iqtisodiy ma’nosida u yoki bu Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling