H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Davlat tasarrufidan chiqarish
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
8.4. Davlat tasarrufidan chiqarish
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish nisbati. Davlat tasarrufidan chiqarish deganda, shu iboraning eng keng ma’nosini, iqtisodiy munosabatlarning bevosita sub’ekti sifatida davlat xizmat rolining asta-sekin o‘zgarib borishiga, xalq xo‘jaligining u yoki bu sohasida, tovarlar, xizmatlar yoki boshqa ne’matlarning u yoki bu bozorida uning tadbirkorlik faoliyati qisqarishiga olib boradigan iqtisodiy o‘zgarishlar jarayonini tushunish lozim. Xususiylashtirish – ana shu jarayonning bir qismi. Uning mazmun- mohiyati har qanday mulkni xususiy mulkka aylantirishdan iborat. Bu turli ko‘rinishlardagi xususiy mulk institutining tarkib topish va rivojlanish jarayonidir. Shu bilan birga, odatda, davlat tasarrufidan chiqarish bevosita yoki bilvosita xususiylashtirish jarayonining rivojlanishi bilan bog‘liq. Davlat tasarrufidan chiqarishni milliylashtirilgan mol-mulkni egasiga qaytarish bilan tenglashtirib bo‘lmaydi, chunki milliylashtirilgan mol-mulkni egasiga qaytarish davlat tasarrufidan chiqarishning yo‘llaridan biri bo‘lib, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bevosita mulkchilik munosabatlarining o‘zgarishiga olib keladi. Milliylashtirilgan mol-mulkni egasiga qaytarish davlat korxonalarini mulkning boshqa ko‘rinishlariga asoalangan korxonalarga aylantirishdir, davlat tasarrufidan chiqarish esa, ularning fuqarolar xususiy mulki qilib o‘tkazilishini taxmin qiladi. Shuning uchun xususiylashtirishga davlat tasarrufidan chiqarishning yo‘nalishlaridan biri, deb qarash kerak. Mulkning serqirra ko‘rinishlari qaror topish jarayonining ana shu ikki jihati ajratib ko‘rsatilar ekan, shuni unutmaslik kerakki, mulkdorlar keng qatlamining shakllanishi fuqarolar jamiyatini, fuqarolar siyosiy erkinligini shakllantirishning, ularning shaxsiy imkoniyatlarini yanada to‘liq ochib berishning iqtisodiy poydevori hisoblanadi. Shuning uchun davlat tasarrufidan chiqarishni davlat mulkini boshqa ko‘rinishlarga aylantirish jarayoni xolos, deb talqin etish juda sodda talqin bo‘lar edi. Ishlab chiqarish jarayonida davlat rolining o‘zgarishi ikki yo‘l bilan kechishi mumkin, birinchi yo‘l -davlatning tadbirkorlik faoliyatini qisqartirish bilan bog‘liq. Ikkinchi yo‘l -davlat mulkining boshqa ko‘rinishlariga asoslangan bir-biriga o‘xshash ishlab chiqarish tizimlari shakllanishini rag‘batlantiruvchi shart-sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilgan kuch-g‘ayrat 185 bilan bog‘liq. Har ikki holda ham xo‘jalik faoliyatining u yoki bu sohasida davlat ulushining kamayishi ro‘y beradi. Albatta, bu har ikki holni bir vaqtning o‘zida uyg‘unlashtirib bo‘lmaydi, degan ma’noni anglatmaydi. Ayni vaqtda davlatning ishlab chiqarish faoliyati sohasidan asta-sekin siqib chiqarilishi yoki uning ko‘ngilli ravishda ketishi taqsimot sohasida davlatning roli, kuchayishi bilan birgalikda kuzatiladi. Davlat fan-texnika taraqqiyoti va ijtimoiy sohani rivojlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, daromadlarni taqsimlash, mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlash uchun shart-sharoitlarni ta’minlash maqsadida budjet siyosatiga birinchi darajali e’tibor bera boshlaydi. Mazkur holda davlat vazifasining o‘zgarishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ammo shuni unutmaslik kerakki, davlat mulki, ehtimol, ijtimoiy mulkning eng ko‘hna ko‘rinishlaridan bri bo‘lib, undan hukmron tuzilmalarning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga ta’sir o‘tkazishi uchun asos sifatida foydalanilgan. Mamlakatimizda davlat mulkining «ravnaq» etgan davri uning rasmiy- huquqiy emas, real-iqtisodiy ravishda ijtimoiy mulkning yagona, hukmron, o‘ziga xos ko‘rinishiga aylangan davriga to‘g‘ri keladi. Vaholanki, ana shu davrda ijtimoiy mulkning boshqa ko‘rinishlari (jamoa xo‘jaliklari, matlubot kooperatsiyalari) ham qonun yo‘li bilan mustahkamlangan edi. Aslini olganda, jamoa xo‘jaligining mulki ham, matlubot kooperatsiyasining mulki ham davlat mulki tarzida faoliyat ko‘rsatar edi. Faoliyatining dasturiyligi va ana shu mulk ko‘rinishlarining amalga oshirilishi xo‘jalik munosabatlarining butun tizimi va tarkibiga singib ketgandi. Shuning uchun ham jamoa mulki ana shu ko‘rinishlari faoliyatining samaradorlik darajasini baholash uchun hozirga qadar rosmana asos yo‘q. Hatto iqtisodiyotni isloh etish sharoitlarida ham mulkning ana shu ko‘rinishlari mulkchilik munosabatlarining inersion rasmiyatlashuvi bilan tavsiflanadi. Vaholanki, chinakam mulk egalari – ana shunday korxonalarning mehnatchilari va paychilari o‘zlashtirish munosabatlarini amalga oshirish jarayonining bir chekkadagi kuzatuvchilari bo‘lib qolaverdilar. Erkinlashtirish, tijoratni avj oldirish, davlat mulki ishtirokida aralash korxonalarni tashkil etish, milliylashtirilgan mulkni egasiga qaytarish davlat tasarrufidan chiqarishning yo‘nalishidir. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling